Jamg`arma haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste`dod” jamg`armasi 2003 yilning 1 iyulida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Jamg`armaning vazifalari:

  • - mamlakatimizning intellectual salohiyatini, fan, pedagogika va iqtisodiyotimiz rivojlanishi darajasini jahonning eng ilg`or ilmiy izlanishlari va yuqori texnologiya yutuqlari darajasiga ko`tarish, O`zbekistonda chuqur tarixiy ildizlarga ega va respublikamiz taraqqiyoti uchun muhim bo`lgan ilm-fan yo`nalishlarining barqaror rivojlanishini ta`minlashda faol ishtirok etish;
  • - dunyoda e`tirof etilgan nufuzli oliy ta`lim va ilmiy markazlar bilan amaliy hamkorlik o`rnatish, o`zaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni tashkil etish orqali istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar iste`dodining ochilishi va yuksalishiga ko`mak berish;
  • - mamlakat ta`lim va ilmiy muassasalarida pedagogik va ilmiy faoliyat borasida muayyan yutuqlarga erishgan, ilmiy izlanishlarni boshlagan, yuksak ijodiy salohiyat va qobiliyat sohiblari bo`lgan istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning iste`dodini rivojlantirish, ularning Jamg`arma grantlari asosida taraqqiy topgan davlatlarning ilg`or ta`lim va ilmiy muassasalarida nazariya va amaliyotining zamonaviy yo`nalishlari bo`yicha malaka oshirish hamda maqsadli tajriba orttirishiga, O`zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun ustuvor yo`nalishlar bo`yicha bilimini chuqurlashtirishiga, progressiv ilmiy izlanishlarda ishtirok etishiga ko`maklashish.

Rahbariyat

Hodiev Bakhodir Yunusovich
Boshqaruv Raisi
Oliy va O'rta maxsus ta'lim vaziri
Tel: 232-62-40, ichki tel. 100
Pardayev Abdunabi Xoliqovich
Ijrochi Direktor
Tel: 232-62-40, ichki tel. 101

Bo`limlar ro`yxati:

1. O`qish va malaka osirishni tashkil etish bo`limi

2. Monitoring bo`limi

3. Moliya va investiciyalar bo`limi

4. Masofali o`qitish markazi

Qidirish:

gov.uz