2003 yilning 26 avgustidan e`tiboran O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste`dod” Jamg`armasi qoshida Masofali o`qitish markazi tashkil etildi.
Masofali o`qitish markazi faoliyati O`zbekiston Respublikasida fan va maorif tizimini rivojlantirish hamda modernizatsiyalash, jamiyat ehtiyojlarini qondirish, axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun sharoit yaratish hamda malakali, madaniy va axloqan rivojlangan yetuk kadrlar tayyorlash maqsadida amalga oshirilgan.
Masofali o`qitish markazi Respublikadagi Oliy ta`lim muassasalari, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari hamda umum ta`lim maktablarining yosh va istiqbolli o`qituvchilarini hamda ilmiy tadqiqotchilarini o`qitish va malakasini oshirish borasidagi tashkiliy ishlar bilan shug`ullanadi. Jamg`armaning masofali o`qitish markazi bazasida har yili 700 dan ortiq iste`dodli o`qituvchilarni o`qitish rejalashtirilgan, ularga chet elga chiqmasdan guvoxnoma va diplom berilishi mo`ljallangan.
Mazkur dastur quyidagicha amalga oshiriladi:
- masofali o`qitish uchun moddiy va texnik bazani yaratish (Internet orqali o`qitish, televideniya yordamida konferensiyalar tashkil etish, xududiy seminarlardan ma`lumot to`plash va h.k.);
- quyidagilardan foydalanib, maorif sohasining ustuvor yo`nalishi bo`yicha masofali o`qitish kurslarini tashkil etish:
- Davlat ta`lim dasturi va standartlarini rivojlantirish va sifatini oshirish uchun mas`ul yosh va istiqbolli professor-o`qituvchilarning dunyoning rivojlangan mamlakatlarining institut va ilmiy markazlarida qisqa muddatli o`qitish yo`li bilan malakasini oshirish.
- Respublikada yosh va istiqbolli o`qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarni oliy o`quv yurtlari va ilmiy markazlar bazasida uzoq muddatli o`qitish yo`li bilan malakasini oshirish;
- nufuzli xorijiy ta`lim muassasalarida masofali o`qitish orqali bakalavr, magistr va PhD dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;
- dunyoning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlarining masofali o`qitish bo`yicha professor va ekspertlarini taklif etish;
- “Iste`dod” jamg`armasi bazasida masofali o`qitish bo`yicha tijorat markazlarini tashkil etish.
Masofali o`qitish markazi barcha sharoitlarga ega bo`lgan 30 dan ortiq o`quv xonalari, shu jumladan 4 ta zamonaviy kompyuter, 2 ta innovatciya va 2 ta multimedia xonalariga ega.
Markaz xodimlari haqidagi ma`lumotlar
| 1. Abduqodirov Abduqaxxor Abduvakil`yevich Markaz direktori Tel.: 232-61-84, 232-62-40 ichki tel. 126 E-mail:alik1946@rambler.ru |
![]() |
|
| 2. Hàmidîv Ismîil Axmådjànîvich Markaz direktori o`rinbosari Tel.: 232-61-84, 232-62-40, ichki tel. 227 E-mail:ismoil_khamidov@mail.ru |
![]() |
|
| 3. Tursunkhodjayev Hayrullokhuja Hodjiakbarkhodjayevich Masofali o`qitish markazi mutaxassisi Tel.: 232-62-40, ichki tel. 127 E-mail:khayrulla@istedod.uz |
![]() |
Bo`limlar ro`yxati:
1. O`qish va malaka osirishni tashkil etish bo`limi




