Monitoring bo`limi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 1 iyuldagi F-1798-sonli Farmoyishining ijrosini ta`minlash maqsadida bo`lim nufuzli chet el oliy o`quv yurtlarini bitirib kelgan “Umid” jamg`armasi granti sovrindorlarining mehnat faoliyati monitoringini olib boradi:

  • Stipendiatlarni ishga taqsimlash bo`yicha Maxsus ishchi guruhiga kerakli ma`lumotlarni tayyorlaydi, stipendiatlarning ishga joylashtirilishi rejalashtirilayotgan korxona va tashkilotlar bilan aloqa o`rnatadi, ularga yosh mutaxassislar to`g`risida ma`lumotlar beradi. Ularning ishga taqsimoti va qayta taqsimoti bo`yicha Maxsus ishchi guruhiga hujjatlarni tayyorlab beradi.
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus ishchi guruhi tahlili uchun materiallar tayyorlaydi, bayonnoma tayyorlashda ishtirok etadi.
  • Yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati monitoringini bevosita ular ishlayotgan tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o`tkazadi. Ishdagi yutuq va kamchiliklar, mavjud muammolarni maxsus tayyorlangan so`rovnomalar va suhbatlar orqali o`rganadi, ularning rahbarlari va hamkasabalaridan yaratilgan shart-sharoitlar, yosh mutaxassislarning ish faoliyatlaridagi samaradorlik, jamoat orasidagi mavqeyini ham maxsus so`rovnomalar yordamida o`rganadi. Ma`lumotlarni jamlaydi, tahlil qiladi va natijalarni Jamg`arma boshqaruviga taqdim etadi.
  • Yosh mutaxassislarning ilmiy-amaliy konferensiyasini o`tkazadi. Ularning ma`ruzalari tezislarini jamlab to`plam shaklida nashrga tayyorlaydi. Konfyeryensiyani yuqori saviyada o`tkazish uchun tashkiliy qo`mita bilan birgalikda barcha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.

Monitoring bo`limi xodimlari haqida ma`lumot

1. Obidov Doniyor Tojiyevich
Bo`lim boshlig`i
Tel: 232-62-18, 232-62-42, ichki tel. 106
2. Ergashyev Jahongir
Pardaboyevich

Bosh mutaxassis
Tel: 232-62-19, 232-62-40, ichki tel. 225
E-mail:jahongir@istedod.uz
3. Nasritdinova Ma`mura Karimovna
Yetakchi mutaxassis
Tel: 232-62-40, ichki tel. 131
E-mail:mamura@istedod.uz

Bo`limlar ro`yxati:

1. O`qish va malaka osirishni tashkil etish bo`limi

2. Monitoring bo`limi

3. Moliya va investiciyalar bo`limi

4. Masofali o`qitish markazi

Qidirish:

gov.uz