O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 1 iyuldagi PF-3272 sonli Farmoni hamda 2004 yil 12 martdagi Jamg`arma Boshqaruvining 2-sonli qarori asosida Jamg`armaning 4 funksional tashkiliy tuzilmasidan biri sifatida “O`quv va malaka oshirishni tashkil etish” bo`limi faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda bo`limda 5 nafar mutaxassis ishlab kelmoqda. Bo`limning tarkibiy tuzilishi quyidagicha: bo`lim boshlig`i (ijrochi direktor o`rinbosari), bosh mutaxassis va 3 yetakchi mutaxassis.
Hozirda bo`lim tomonidan dunyoning Harvard, Cambridge, Sorbonne, Waseda, Maryland kabi nufuzli ta`lim muassasalari va ACCELS, IREX, EUROPA HOUSE, JICA, DAAD, CNOUS kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o`rnatilmoqda va o`zaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni tashkil etish orqali istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar iste`dodining ochilishiga va yuksalishiga ko`mak berib kelinmoqda. 2004-2005 o`quv yilida jami 420 kishi O`zbyekiston Respublikasi Oliy ta`lim muassasalari iqtidorli yosh pedagog-o`qituvchilari Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya, Bolgariya, Rossiya Federasiyasi, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya, Malayziya kabi davlatlarning nufuzli ta`lim mussasalari va ilmiy markazlarida malaka oshirib qaytishdi.
Bo`lim vazifalari- O`zbyekiston Respublikasi Oliy ta`lim muassasalari iqtidorli yosh pedagog-o`qituvchilarining ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar olib borishlarini rivojlantirish maqsadida chet ellarda malaka oshirib qaytishlari uchun Jamg`arma grantlariga tanlov jarayonini tashkillashtirish va o`tkazish.
- Jamg`arma granti sovrindorlarini rivojlangan chet mamlakatlarning nufuzli ta`lim va ilmiy markazlariga jo`natishdan oldin tayyorlov ishlarini amalga oshirish va seminarlar tashkil etish.
- Grant sovrindorlari chet el mamlakatlarida malaka oshirib qaytganlaridan so`ng, malaka oshirish natijalari asosida grant sovrindorlari bilan birgalikda o`quv va metodik qo`llanmalarni yaratish va Respublika Oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilari uchun Jamg`arma bazasida, hamda Respublikamizning barcha viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida o`quv-seminarlarini tashkil qilish.
- Ilg`or ta`lim va ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar va jamg`armalar bilan o`zaro hamkorlik aloqalarini o`rnatish, rivojlantirish va grantlarda ishtirok etish.
- O`zbekistondagi chet el va O`zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari bilan ishlash.
- Chet ellik hamkorlar bilan ilmiy malaka oshirish xarajatlari ro`yxatini tuzish va kelishish, shartnomalar loyihasini tuzishni tashkillashtirish.
- Matbuot, televideniye, radio va boshqa shularga o`xshash ommaviy-axborot vositalari bilan Jamg`armaning doimiy aloqasini o`rnatish.
- “Iste`dod” jamg`armasining viloyatlardagi bo`limlari bilan hamkorlik qilish.
- Chet mamlakatlarning nufuzli oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan “Umid” jamg`armasi grant sovrindorlari monitoringini olib borish.
| 1. Mamatova Zulfiya Bafoyevna Ijrochi direktor o`rinbosari – bo`lim boshlig`i Tel: 232-61-79, 232-60-18, ichki tel. 104 E-mail:zulfiya@istedod.uz | ![]() |
|
| 2. Umarov Bekzod Botirovich Bosh mutaxassis Tel: 232-62-40, ichki tel. 107 E-mail:Bekhzod@istedod.uz |
![]() |
|
| 3. Khalilova Zukhra Polatovna Etakchi mutaxassis Tel: 232-62-40, ichki tel. 111 E-mail:zmadreimova@yandex.ru |
![]() |
Bo`limlar ro`yxati:
1. O`qish va malaka osirishni tashkil etish bo`limi




