Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Fond haqida


Fond haqida

 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «ISTE`DOD» jamg`armasi 2003 yil 1 iyulida PF-3272-sonli O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish «ISTE`DOD» jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida» 2017-yil 27-iyuldagi PF-5121-sonli Farmoniga muvofiq, jamg’armaning nomi «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka o’tashi va ta’lim olishini tashkil etish «ISTE`DOD» jamg’armasi» ga o’zgartirildi.

Jamg’arma faoliyatining maqsadi yuqori malakali, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh yetuk mutaxassislarni jahonning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarida magistratura va PhD dasturlari asosida tayyorlash orqali respublika iqtisodiyotining ustuvor sohalarini rivojlantirishga ko’maklashish, davlat va jamoat tuzilmalari xodimlarning, pedagog va ilmiy kadrlarning bilim va malakalarini oshirish darajasini yuksaltirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning hamkorlik asosida rivojlamgan mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka o’tash va ta’lim olishlariga ko’maklashishdan iborat.

  

Jamg`armaning vazifalari:

 

-  iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, davlat va jamoat tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan istiqbolli mutaxassislarning hamda ta’lim muassasalarining yuksak intelektual-ijodiy salohiyatga ega bo’lgan pedagog va ilmiy kadrlarning yangi kasbiy, ta’limiy va amaliyotga yo’naltirilgan dasturlarni o’zlashtirishlariga, kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarini zamon talablariga hamohang tarzda yangilash, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar va ilg’or ilmiy tadqiqotlar yutuqlari bilan tanishishlariga sharoit yaratish maqsadida rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish va stajirovka o’tashini tashkil etish; 

-  oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari orasidan, shunigdek, respublikaning iqtisodiyot tarmoqlaridan tanlov asosida saralab olingan malakali kadrllarni dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida magistratura va PhD dasturlari bo’yicha iqtisodiot tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalariga xozirgi kunda va kelajakdagi ehtiyojini inobatga olgan holda, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish;

-  chet ellardagi nufuzli ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro xamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish va izchiliik bilan rivojlantirish asosida oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlarining o’quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o’qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

-  vazirliklar, idoralar va muassasalarga ular tomonidan chet elda malaka oshirish, stajirovka o’tash hamda magistratura va PhD dasturlari bo’yicha ta’lim olishiga tavsiya qilinaotgan nomzodlarni Jamg’arma bazasida dastlabki tayyorlashni tashkil qilishda ko’maklashish;

-  iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi, davlat va jamoat tuzilmalaridagi istiqbolli mutaxassislarning, pedagog va ilmiy kadrlarning, iqtidorli yoshlarning ilmiy-pedagogik va intelektual salohiyatini rivojlantirish, xalqaro tajribalarni egallashlariga imkon yaratish uchun ularning nufuzli xalqaro simpoziumlar, anjumanlar, olimpiadalar va tanlovlarda ishtirokini tashkil etish;

-  chet elda malaka oshirgan va stajirovka o’tagan mutaxassislar, ilmiy pedagog kadrlar, shuningdek magistratura va PhD dasturlari bo’yicha ta’lim olganlar (keying o’rinlarda-stipendiatlar) hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida anjumanlar, seminarlar, mahorat darslari, trening va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali ilg’or xorijiy tajribalar hamda pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish va ommalashtirishni ta’minlash;

-  stipendiatlarning kelajakda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida, shuningdek, yangi, istiqbolli faoliyat sohalarida, shu jumladan, sifatli kadrlar va resurslar zaxirasini yaratish va tegishli yo’nalishlar bo’yicha ilmiy-ta’lim jarayonlarini har tomonlama rag’batlantirish orqali zamonaviy materiallar va ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqish sohasida eng yuqori darajada samarali faoliyat olib borishlarini ta’minlash maqsadida ular to’g’risidagi yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

-  iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalaridagi respublikaning istiqbolli mutaxassislari, pedagok va ilmiy kadrlarining xorijda malaka oshirish, stajirovka o’tash va ta’lim olish natijasida egallagan zamonaviy ilg’or bilim va ko’nikmalarini ularning mehnat, pedagogik va ilmiy faoliyatlarini tizimli monitoringini olib borish orqali amaliyotga joriy etilishini ta’minlash;

-  Stipendiatlarni respublika oliy ta’lim muassasalari, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining o’quv jarayonlariga izchillik bilan jalb etish.