|
 
 
 
|
Masofaviy kurslar saytiga xush kelibsiz! Agar siz birinchi bor saytga tashrif buyurgan bo’lsangiz va masofaviy kurslarda qatnashmoqchi bo’lsangiz, quyidagilarni amalga oshirishingiz lozim bo’ladi.
Avvalo, Siz tizimga a’zo bo’lishingiz, ya’ni ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Buning uchun Ro’yxatdan o’tish bo’limiga o’ting va o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni kiriting. Shundan so’ng Siz uchun tizimda akkaunt yaratiladi. Lekin hali sizning akkauntingiz aktivlashtirilmagan.
Akkauntingizni aktivlashtirish uchun elektron pochtangizga jo’natilgan gipermurojjatni ishga tushirishingiz lozim bo’ladi.
Demak, Siz tizimga a’zo bo’ldingiz. Sayt o’qish uchun bir qancha kurslarni taklif qiladi. Bular kurslar ro’yxatida keltirilgan.
Kursga yozilish uchun avvalo tizimga kiring. So’ngra kerakli kursni tanlang va maxsus tugma orqali kursga yoziling.
Faqatgina Siz yozilgan kurslardagina kursning mazmuni, ya’ni uning mavzular ro’yxati ko’rsatiladi.
Foydalanuvchi menyusida foydalanuvchi a’zo bo’lgan kurslar ro’yxatini ko’rsatuvchi bo’lim (Reyting daftarchasi) ham mavjud.
Bu bo’lim orqali Siz o’zingiz a’zo bo’lgan kurslar ro’yxati, kurslardagi o’zlashtirilgan (ya’ni test sinovi muvaffaqiyatli topshirilgan) mavzular ro’yxatini, shuningdek, agar kurs bo’yicha imtihon topshirgan bo’lgansangiz, o’zlashtirish ko’rsatkichlaringizni ko’rishingiz mumkin.
Shuni aytish kerakki, kursning mavzularini avvalgisini o’zlashtirmay turib, ya’ni shu mavzu bo’yicha test topshiriqlarini muvaffaqiyatli topishirmay turib, keyingi mavzuni o’qish va undan test topishiriqlarini topshirish mumkin emas. Sistema test natijalariga qarab Sizga keyingi mavzuga o’tganligingiz va yoki endi kurs bo’yicha imtihon topshirishingiz mumkin ekanligini ko’rsatib boradi.
Agar Siz biror mavzudan past ko’rsatkichga erishgan bo’lsangiz, imtihon topshirishdan avval, ya’ni kurs bo’yicha imtihon topshirishdan avval ushbu mavzu yuzasidan beriladigan testlarni qayta topshirishingiz mumkin. Qayta topshirish natijasi avvalgiga nisbatan pastroq bo’lsa, avvalgi natija, aks holda, ya’ni qayta topshirish natijasi muvaffaqiyatli bo’lsa keyingi natija yozib qo’yiladi.
Shuningdek, mavjud kurslar reytingi va kursga a’zo bo’lganlar reytingini ham ko’rishingiz mumkin.
Sizga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
|
|
|