Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Yosh olim va talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani haqida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 martdagi 57-sonli bayoni bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi»ning 32-bandi ijrosini ta`minlash hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 17 sentyabrdagi 239-sonli «Yosh olim va talabalarning «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanini o`tkazish to`g`risida»gi bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2013 yil 28-29 noyabr kunlari Termiz davlat universiteti bazasida yosh olim va talabalarning respublika ilmiy-amaliy anjumanini o`tkazish rejalashtirilgan.

Tadbirda shu yilning 4-18 iyun kunlari Andijon, Buxoro, Guliston, Urganch, Qarshi davlat universitetlari hamda Toshkent davlat pedagogika universitetida o`tkazilgan hududiy anjumanlarda faol qatnashib, sovrinli 1-, 2- va 3-o`rinlarni egallagan yosh olim va talabalar, shuningdek, respublikaning barcha oliy ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan «Yosh olimlar kengashi» raislari ishtirok etishadi.

Shu munosabat bilan, hududiy anjumanlarda qatnashib, sovrinli o`rinlarni egallagan yosh olim va talabalar:

- o`z maqolalarini ilmiy-amaliy jihatdan asoslanganligi, tahlillarga egaligi, taklif va tavsiyalarning aniq bayon etilganligi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy, g`oyaviy-mafkuraviy jihatdan puxta tayyorlanganligiga va sifatiga yana bir bor jiddiy e`tiborni qaratib qayta ko`rib chiqishi;

- mas`uliyat bilan ko`rib chiqilgan va tahrir qilingan maqolalarni A-4 kattalikdagi qog`ozga yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o`ngdan 1 sm. joy qoldirib rasmiylashtirish, maqolaning nomi bosh harflarda, 1,5 intervaldan so`ng muallifning ismi va otasining ismi hamda familiyasi bosh harfdan boshlangan holda 1 intervaldan keyin ta`lim muassasasi nomini ko`rsatish, so`ngra 1,5 interval qoldirib, matnni 1,5 interval oralig`ida yozish, elektron nusxasini MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 12 kegel kattaligida kamida 4 betda tayyorlashi;

- anjumanda qilinadigan ma`ruzalarga mos holda mavzu bo`yicha MS Power Point dasturida taqdimot tayyorlashi;

- ma`lumotnoma (ob`ektivka)larini, pasportlarining elektron nusxasi, ma`ruzasining elektron matni, ma`ruzaga mos taqdimotning elektron varianti va ma`ruzachining ishxona, uyali hamda uy telefoni raqamlari ko`rsatilgan holda konferensiya2013@rambler.ru manziliga joriy yilning 15 oktyabrigacha jo`natishi zarurligini ma`lum qilamiz.


Yosh olim va talabalarning «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostida 2013 yil 4-18 iyun kunlari o`tkazilgan hududiy ilmiy-amaliy anjumanlar sovrindorlari ro`yxatini shu erdan ko`rish mumkin.