Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Yosh olim va talabalar uchun «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi hududiy ilmiy-amaliy konferensiyalari haqida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi»ning «Iqtidorli yoshlarni qo’llab – quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo’lga qo’yish» borasidagi IV-yo’nalishining 35-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Is­te’dod» jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi va Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi bilan hamkorlikda joriy yilning 16 may kunidan e’tiboran yosh olim va talabalarning «XXI asr – intellektual avlod  asri» shiori ostidagi hududiy ilmiy-amaliy konferensiyalarini o’tkazish mo’ljallangan edi.

2014 yil 16-17 may kunlari O’zbekiston Milliy universitetida (Toshkent shahar va Toshkent viloyati uchun) o’tkazilishi mo’ljallangan konferensiyaga kelib tushgan maqolalar ekspertlar tomonidan ko’rib chiqildi va ularning eng yaxshilari 4 ta qismdan iborat konferensiya materiallari to’plamida chop etildi. Jumladan, 1-qismga  113 ta va 2-qismga  103 ta (1-seksiya), 3-qismga  103 ta (2 seksiya) hamda 4-qismga  75 ta (3- va 4- seksiya) maqolalar kiritildi. Shuningdek, konferensiya dasturi va taklifnomasi  tayyorlandi va chop etildi. Konferensiyaning dasturi va to’plamlari konferensiya ishtirokchilariga o’z vaqtida tarqatildi.

Konferensiyaning ochilishi 2014 yil 16 may kuni soat 10.00 da O’zMUning madaniyat saroyida bo’lib o’tdi. Konferensiya yalpi majlisini O’zMU ilmiy ishlari prorektori B.Shoimqulov ochdi va ishtirokchilarni tabrikladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi ijrochi direktori A.Pardaev konferensiya mohiyati, hozirgi kundagi ahamiyati va roli haqida chiqish qildi, so’ngra konferensiya dasturi bo’yicha belgilangan ma’ruzalar tinglandi.

Madaniyat saroyining o’zida tashkilotchi va ishtirokchilar uchun 12.00-13.00 gacha kofe-breyk tashkil etildi . Seksiyalar o’z ishini 13.00 dan boshladi. Ijtimoiy – gumanitar fanlar seksiyasi madaniyat saroyi kichik zalida , tabiiy fanlar seksiyasi namunaviy dekanatning majlislar xonasida , aniq va texnika fanlari seksiyalari esa mexanika-matematika fakultetidagi maxsus tayyorlangan xonalarda davom etdi. Ekspert komissiyasi a’zolari tavsiyasiga ko’ra eng sifatli va mazmunli maqolalar tanlab olindi hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish uchun taqdim etildi.


Seksiyalar bo’yicha sovrinli o’rinlarni egallagan ma’ruzachilar ro’yxati quyidagicha:


 1-seksiya. Ijtimoiy–gumanitar fanlar bo’yicha:

1-o’rin. O’rozmatov V. Milliy o’yinlar tarbiya vositasi. O’zDSMI talabasi.

2-o’rin. Ergashev A. Xalqaro fuqarolik protsessida chiqarilgan sud qarorlarini tan olish va ijro etishning o’ziga xos xususiyatlari. TDYUU o’qituvchisi.

3-o’rin. Orifjonova G. Haykaltarosh To’lagan Tojixo’jaev ijodida janr va mavzu xilma-xilligi. O’zMU talabasi.

 

2-seksiya. Tabiiy fanlar bo’yicha:

1-o’rin. Sherimbetov S. Janubiy orol bo’yi tuprog’ining kimyoviy tarkibi va uning bioxilma-xillikka ta’siri. O’zR FA Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi.

2-o’rin. Axmadova G. Aesculus hippocastanicum l. Urug’idan essin ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish, texnologik parametrlarini aniqlash. ToshFarmIns tabalasi.

3-o’rin. Sohibnazarova X. Mahalliy tabiiy manbalardan ajratilgan sut achituvchi bakteriya shtammlarining shartli-patogen mikroorganizmlarga qarshi faolligi. O’zMU magistranti.

 

3-seksiya. Aniq fanlar bo’yicha:

1-o’rin. Xolboev A. fazodagi muntazam ko’pyoqliklarning tuzilishi haqida. TDPU o’qituvchisi.

2-o’rin. Amonov K. Poluchenie i elektrofizicheskie issledovaniya pSi-n(Si2)1-x-y(Ge2)x(ZnSe)y geterostruktu. O’zR FA «Fizika-quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti kichik ilmiy xodimi.

3-o’rin. Rojkova A. Opredelenie gidrostaticheskogo davleniya vodi na krivolineynie trapetseidalnie zatvori. TTYMTI talabasi.

 

4-seksiya. Texnika fanlari bo’yicha:

1-o’rin. Abdusamadov X. Raschet otkosov na ustoychivost s uchetom vibrodinamicheskoy nagruzki. TTYMTI talabasi.

2-o’rin. Alimova D. K voprosu primeneniya gibkogo epigipotsikloidalnogo planetarnogo mexanizma dlya privoda shpindeley xlopkouborochnoy mashini. O’zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti kichik ilmiy xodimi.

3-o’rin. Abidov M. Voda – kak istochnik alternativnoy energii. TDPU talabasi.

 

Konferensiyada ommaviy axborot vositalari, ya’ni «Yoshlar», «Toshkent» va «O’zbekiston» telekanallari hamda «O’zbekiston», «Mash’al» va boshqa radiokanallari muhbirlari ishtirok etdilar.

Shuningdek, 2014 yilning 23-24 may kunlari Jizzax davlat pedagogika instituti bazasida o’tkazilishi rejalashtirilgan hududiy (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun) konferensiya bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- Jizzax davlat pedagogika instituti rektorining hududiy konferensiyani institut bazasida o’tkazish bo’yicha 14.03.2014 yil № 153-sonli buyrug’i chiqarildi va unda konferensiya tashkiliy qo’mitasi hamda ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi;

- yuqori saviyada o’tkazish chora-tadbirlari ishlab chiqildi va barcha fakultet kafedralariga ijro uchun yetkazildi.

- hududiy konferensiya axborot xati (10.04.2014 yil 01-150 raqamli) Jizzax viloyat hokimligi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i Sh.Turdievga, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i E.Jabborovga, Jizzax politexnika instituti rektori E.Solievga, Guliston davlat universiteti rektori A.Eminovga jo’natildi.

- institutning «Ziyo chashmasi» gazetasida konferensiya faoliyatiga doir  turkum maqolalar e’lon qilindi.

- konferensiyaning taklifnoma va dasturi Jizzax politexnika instituti, Guliston davlat universitetlariga va boshqa ta’lim va tarbiya tashkilotlariga jo’natildi.

Tashkiliy qo’mitaga 250 ga yaqin maqolalar  kelib tushdi. Kelib tushgan maqolalar ekspertlar tomonidan tahrir qilindi, talab darajasida yozilgan ilmiy maqolalar chop etishga tavsiya qilindi va to’plam holida nashr qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi,  O’zbekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi hamda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostida rejalashtirilgan yosh olim va talabalarning hududiy (Jizzax va Sirdaryo viloyatlari miqyosida) ilmiy-amaliy konferensiyasi 2014 yilning 23-24 may kunlari Jizzax davlat pedagogika instituti bazasida o’tkazildi .        

Konferensiya yalpi majlisini institut rektori O.Do’smatov kirish so’zi bilan ochib berdi . O.Do’smatov o’z so’zida davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilgan e’tibor va uning natijalari to’g’risida alohida to’xtalib o’tdi . Konferensiya yalpi majlisida JizDPI umumiy tarix kafedrasi mudiri A.Amanlaev «Globallashuv jarayonlari va yoshlar ijtimoiy qiyofasi» mavzusida, GulDU milliy g’oya va huquq ta’limi yo’nalishi 3-bosqich talabasi S.Karimova «Milliy mafkuramizning badiiy asoslari» mavzusida, JizDPI kimyo-ekologiya va uni o’qitish uslubiyati kafedrasi o’qituvchisi A.Ziyadullaev «Aholini toza ichimlik va xo’jalik suvlari bilan ta’minlashning muammolari» mavzusida, GulDU botanika ixtisosligi 1-bosqich katta ilmiy xodim-izlanuvchisi J.Qarshiboev «Astragallarning bioxilma-xilligini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish  masalalari» mavzusida, JizDPI ingliz tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistranti D.Bahriddinova «O.Henri satirasi matnining kognitiv tahlili (asliyat va tarjima misolida) mavzusida va JizDPI boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi  3-kurs talabasi K.Muhiddinova  «Bo’lajak mutaxassislarni milliy g’oya targ’ibotiga tayyorlashning pedagogik asoslari» mavzusida ma’ruzalar qilishdi.

Konferensiya ishi 4 ta seksiya davom etdi . Dasturga jami 158 ta ma’ruzalar tashkil topgan bo’lib, shu jumladan, «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» seksiyasi bo’yicha 110 ta, «Tabiiy fanlar» seksiyasi bo’yicha 25 ta, «Aniq fanlar» seksiyasi bo’yicha 14 ta hamda «Texnika fanlari» seksiyasi bo’yicha 9 ta ma’ruzalar kiritilgan. 23-24 may kunlari o’tkazilgan konferensiya ishi yakunida moderatorlar tomonidan berilgan hisobotga ko’ra 12 nafar ishtirokchi g’olib deb topildi va 2014 yil 27-28 noyabr kunlari Buxoro davlat universitetida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

JizDPIdagi konferensiyaning seksiyalari bo’yicha sovrinli o’rinlarni egallagan ma’ruzachilar ro’yxati quyidagicha:


1-seksiya. Ijtimoiy–gumanitar fanlar bo’yicha:

1-o’rin. Muqimov M. Ta’lim mazmuniga milliy qadriyatlarni singdirishga axborotli yondashuv. JizDPI o’qituvchisi.

2-o’rin. Karimova S. Milliy mafkuramizning badiiy asoslari. GulDU talabasi.

3-o’rin. Boltaeva B. O’zbek tili frazemalari transformatsiyasida frazemik  aktuallashtirish. JizDPI ilmiy ishlar bo’limi uslubchisi.

 

2-seksiya. Tabiiy fanlar bo’yicha:

1-o’rin. Avalboev O. Apiaceae L. oilasiga mansub zaharli o’simliklar. JizDPI o’qituvchisi.

2-o’rin. Qarshiboev J. Astragallarning bioxilma-xilligini     muhofaza qilish va ulardan  samarali foydalanish  masalalari. GulDU katta ilmiy xodim izlanuvchisi.

3-o’rin. yettiboeva L. «Mentha piperita»dan mentol ajratib  olishning samarali usuli. GulDU o’qituvchisi.

 

3-seksiya. Aniq fanlar bo’yicha:

1-o’rin. Allamurodova N. Differensial hisobining  mexanika  masalalariga  tadbiqi. JizDPI magistranti.

3-o’rin. Ibragimov J. Vzrivnaya  neustoychivost v sverxprovodnikax   II-roda. JizDPI assistenti.

 

4-seksiya. Texnika fanlari bo’yicha:

1-o’rin. Raxmatov O. Fermer xo’jaliklari bilan infratuzilma sub’ektlarining o’zaro aloqalarini tartibga solish mexanizmi. GulDU o’qituvchisi.

2-o’rin. Kim D. Ustanovlenie optimalnix srokov poseva semyan i visadki rassadi na poyavleniya massovix vsxodov i obrazovanie nastoyashix listev tomata v plenochnix teplitsax v zimne-vesennem oborote. GulDU o’qituvchisi.

3-o’rin. Fayziev K. Bonitirovki agroekologicheskix usloviy xlopchatnika. GulDU o’qituvchisi.

 

Har ikkala konferensiya ham ko’tarinki ruhda o’tdi. Ularda qilingan ma’ruzalardan respublika yosh olim va talabalari zamonaviy bilimlar egallash bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari borgan sari faollashayotganlikdan dalolat berayotganligi yaqqol namoyon bo’lishi kuzatildi.