Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

“Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida «Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalari» mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻz ishini boshladi.

Konferensiya Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, «Kamolot» YIH, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Konferensiyada yoshlar ta’lim-tarbiyasiga mas’ul vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlari mutasaddi rahbar va xodimlari, yoshlarga doir masalalar boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar, professor-oʻqituvchilar, nomdor stipendiya sohiblari, ijtimoiy faol yoshlar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etmoqdalar. Konferensiya oldidan Davlat boshqaruvi akademiyasida mamlakatimizda yoshlar siyosatining yutuqlarini aks ettirgan koʻrgazma oʻtkazildi. Unda yosh olimlar tomonidan yaratilgan ixtirolar, ilmiy yangiliklar, innovatsion ishlanmalar, iqtidorli yoshlarning ijodiy ishlari, «Oʻzbekiston muzeylarining eng sara 1000 asari» virtual muzey eksponatlari hamda ingliz tilini oʻqitishga ixtisoslashtirilgan «Mobil oʻyinlar»ning taqdimotlari oʻtkazildi.

Konferensiya davomida ishtirokchilar 6 ta shoʻbalarga boʻlingan holda taqdimotlarini namoyish etadilar. Konferensiya ishtirokchilari uchun shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari bilan ijodiy uchrashuv, teatr namoyishi hamda kontsert dasturlari tashkil etildi.


      



Konferensiya dasturini shu yerdan yuklash mumkin