Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

"XXI asr – intellektual avlod asri" shiori ostidagi ilmiy-amaliy Konferentsiya

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi,O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Мahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste`dod» jamg`armasivaO`zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Мarkaziy Kengashining


AXBOROT XATI


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Мahkamasining 2013 yil 4 martdagi
57-sonli bayoni bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi»ning 32-bandida belgilangan vazifalarning ijrosini ta`minlash maqsadida yosh olimlar va talabalarning«XXI asr – intellektual avlod asri»shiori ostidagi hududiy va respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalari o`tkaziladi.

Hududiy konferentsiyalarni o`tkazish manzili va vaqti quyidagicha:

– Andijon davlat universitetida (Andijon, Farg`ona va Namangan viloyatlari uchun) – 2013 yil 4-5 iyun kunlari;

– Buxoro davlat universitetida (Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari uchun) – 2013 yil 7-8 iyun kunlari;

– Guliston davlat universitetida (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun) – 2013 yil 10-11 iyun kunlari;

– Toshkent davlat pedagogika universitetida (Toshkent viloyati va Toshkent shahri uchun) – 2013 yil 12-13 iyun kunlari;

– Urganch davlat universitetida (Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun) – 2013 yil 13-14 iyun kunlari;

– Qarshi davlat universitetida (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun) – 2013 yil 17-18 iyun kunlari.

«XXI asr – intellektual avlod asri»shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi 2013 yil 28-29 noyabr kunlari Termiz davlat universitetida o`tkaziladi.

Konferentsiyaning maqsadi:

O`zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlashga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish hamda zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsion madaniyatini puxta o`zlashtirgan, murakkab va keng ko`lamli vazifalarni hal etishga qodir bo`lgan bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalashga ko`maklashish, ular o`rtasida hamkorlik muhitini rivojlantirish, ilmiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish.

Hududiy va respublika konferentsiyalarida quyidagi yo`nalishlar (sektsiyalar) bo`yicha ish olib boriladi:

1-sektsiya: Ijtimoiy-gumanitar fanlar.

2-sektsiya: Tabiiy fanlar.

3-sektsiya: Aniq fanlar.

Konferentsiyada ishtiroketish uchun talabnoma va konferentsiya materiallari to`plamiga ilmiy maqola taqdimetish zarur.

Hududiy konferentsiyalarda ilmiy maqolalar quyidagi muddatlargacha qabul qilinadi:

– Andijon davlat universitetida – 2013 yil 18 may kunigacha;

– Buxoro davlat universitetida – 2013 yil 20 may kunigacha;

– Guliston davlat universitetida – 2013 yil 22 may kunigacha;

– Toshkent davlat pedagogika universitetida - 2013 yil 23 may kunigacha;

– Urganch davlat universitetida – 2013 yil 24 may kunigacha;

– Qarshi davlat universitetida – 2013 yil 27 may kunigacha.

Konferentsiya materiallari to`plamiga ilmiy maqolalar uchun talablar:

-ilmiy maqolalar konferentsiya yo`nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;

-taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo`yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi;

- muallif haqidagi ma`lumotnoma (ob`yektivka) va muallifning pasport nusxasi taqdimetiladi;

- hududiy ilmiy-amaliy konferentsiyasida qatnashish bo`yicha muallifning familiya, ismi va sharifi, maqola nomi, konferentsiya yo`nalishi (sektsiya), tashkilot nomi, lavozimi, xizmat manzili, telefon, faks hamda elektron pochta manzillari ko`rsatilgan Talabnoma bo`lishi zarur;

-konferentsiya materiallari o`zbek, ingliz va rus tillarida taqdimetilishi mumkin;

-ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A-4 kattalikdagi qog`ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o`ngdan 1 sm. joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Мaqolaning nomi, 1,5 intervaldan so`ng muallifning ismi va otasining ismi hamda familiyasi bosh harflarda yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi ko`rsatiladi. So`ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,0 intervalli qatorlarda yoziladi. Мatnningelektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 12 kegel kattaligida bo`lishi va 4 betdan oshmasligi lozim. Elektron nusxasi disk yoki fleshkaga yozilgan holda yuboriladi yoki elektron pochtadan jo`natiladi.

Konferentsiya Tashkiliy qo`mitasi ilmiy maqolalarni tahrir qilish va saralash huquqiga ega.


Konferentsiya materiallarini yuborish hamda ma`lumot olish manzillari:


- Andijon davlat universiteti -Andijon shahri, Universitet ko`chasi 129-uy (indeks 170100), tel.: (8 374)222 30 62, (8374) 222 31 91, faks: (8374) 222 18 63.

Elektron pochta: anddu_anjuman@inbox.uz

Мas`ul: Aliyev Raimjon Usmonovich, tel.: (8374) 222 30 62


- Buxoro davlat universiteti -Buxoro shahri, М.Iqbol ko`chasi 11-uy (indeks 200100), tel.: (8 365)223 65 94, faks: (8365) 223 12 54.

Elektron pochta: buxdu_anjuman@inbox.uz

Мas`ul: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, tel.: (8365) 223 01 70


- Guliston davlat universiteti -Guliston shahri, 4-mavze (indeks 120100),

tel.: (8 367)225 02 75, (8367) 225 36 45, (8367) 225 38 01, faks: (8367) 225 40 42.

Elektron pochta: guldu_anjuman@inbox.uz

Мas`ul: Sulaymonov Amaliddin Nurboyevich, tel.: (8367) 225 38 01


- Toshkent davlat pedagogika universiteti -Toshkent shahri,Yusuf Xos Xojib ko`chasi 103-uy (indeks 100100). Tel.: (8 371) 255 50 95, (8371) 252 68 56, faks: (8371) 215 54 18.

Elektron pochta: tdpu_anjuman@inbox.uz

Мas`ul: Abduazimov Azizjon Abdusobirovich, tel.: (8371) 255 50 95


-Urganch davlat universiteti -Urganch shahri, X.Olimjon ko`chasi 14-uy (indeks 220100), tel.: (8 362)226 35 67, faks: (8362) 226 17 39.

Elektron pochta: urgdu_anjuman@inbox.uz

Мas`ul: Davletov Sanjar Rajabboyevich , tel.: (8362) 226 16 74


- Qarshi davlat universiteti -Qarshi shahri, Ko`chabog` ko`chasi 17-uy (indeks 180103), tel.: (8 375)225 34 13, (8375) 225 62 89, faks: (8375) 22557 01.

Elektron pochta: qarshidu_anjuman@inbox.uz

Мas`ul:YoziyevLutfulla Xabibullayevich, tel.: (8375) 225 62 89