Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

“XXI ASR – INTELLEKTUAL AVLOD ASRI” shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Yosh olimlar va talabalarning «XXI ASR – INTELLEKTUAL AVLOD ASRI» shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi haqida

(2015 yil, 19-20 noyabr)

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari A. Ikromov tomonidan 2015 yil 3 aprelda tasdiqlangan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015 yil 31 martdagi majlisining 40-sonli Bayonnomasi «O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi»ning IV bo‘limdagi 39-sonli bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning may-iyun oylarida yosh olim va talabalarning «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi hududiy ilmiy-amaliy konferensiyalarini o‘tkazish mo‘ljallangan bo‘lib, ular «Ijtimoiy-gumanitar fanlar», «Tabiiy fanlar», «Aniq fanlar» hamda «Texnika fanlari» yo‘nalishlari bo‘yicha respublika miqyosida 13 ta hududda bo‘lib o‘tdi (O’zMU, AndDU, FarDU, NamDU, GulDU, JizDPI, SamISI, NavDPI, BuxMTI, QarDU, TermDU, UrgDU, QQDU). Hududiy konferensiyalarda qatnashish istagini bildirgan yosh olim va talabalar soni jami 2344 nafar bo‘lib, ulardan ekspertlarning tavsiyasiga binoan jami 1468 nafarining ilmiy maqolalari to‘plamga kiritildi. Natijada jami 15 tomlik 253 shartli bosma taboqdan iborat konferensiyalar materiallari to‘plami chop etildi va ular respublika ta’lim muassasalariga tarqatildi. Hududiy konferensiyalarda jami 1468 nafar ilmiy maqola mualliflaridan 151 nafar sovrindorlarni respublika bosqichida qatnashishga tavsiya etildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2015 yil 24 oktyabrdagi 41-sonli majlisi bilan tasdiqlangan ««Ertangi kun bizniki, marra bizniki!» shiori ostida «Yoshlar haftaligi»ni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi bayonidagi vazifalarni bajarish maqsadida 2015 yil 19-20 noyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 18 noyabr kuni Toshkent davlat texnika universitetining talabalar turar joyida 114 nafar konferensiya ishtirokchilari kutib olindi va universitet talabalar turar joyiga joylashtirildi. Konferensiya ishtirokchilari 18 noyabr kuni «Yoshlar haftaligi» doirasida «Turkiston» saroyida tashkil etilgan «Quvnoqlar va zukkolar» ko‘rik-tanlovi final bosqichiga tashrif buyurdilar. «Ezgu» restoranida tashkil qilingan kechki ovqatdan so‘ng, anjuman ishtirokchilari talabalar turar joyiga bordilar.

2015 yil 19 noyabr kuni «Ezgu» restoranida tashkil etilgan nonushtadan so‘ng, konferensiya ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga keldilar. Akademiyaning foyesida konferensiyaning barcha ishtirokchilari viloyatlar kesimida ro‘yxatga olindi va ularga konferensiya dasturi, materiallar to‘plami, ruchka va bloknotlar va badiiy kitoblar solingan sumkalar taqdim etildi.

Konferensiya o‘z ishini soat 10.00 da yalpi majlis yig‘ilishi bilan boshladi.

Konferensiya prezidiumida 4 nafar vakillar ishtirok etdilar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shu’ba mudiri Q.Quranboyev, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari B. Usmonov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev va O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi B. Ganiyev.

Shuningdek, yalpi yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi masofali o‘qitish markazi direktori A.Abduqodirov va markaz direktori o‘rinbosari I.Xamidov hamda 12 nafar ekspert komissiyasi a’zolari ishtirok etdilar.

Konferensiya yalpi yig‘ilishini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev olib bordi. Shuningdek, konferensiyaning yalpi yig‘ilishida tabrik so‘zi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shu’ba mudiri Q.Quranboyev, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari B. Usmonov va O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi B. Ganiyev so‘zga chiqdilar.



 

Yalpi yig‘ilishda Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti I. Bobojonov «O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarda yoshlarning o‘rni» mavzusida, Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi O. Avalboyev «G’arbiy Pomir-Oloyda ayrim Ferula L. turlarining reproduktiv biologiyasi» mavzusida, Toshkent davlat texnika universiteti katta ilmiy xodim izlanuvchisi I. Xoliddinov «Past kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi, yuklamalar nosimmetriyaligida qo‘shimcha isroflar va elektr energiyasini sifat qo‘rsatkichlarini qayd qiluvchi «MALIKA» deb nomlangan qurilmani ishlab chiqish» mavzusida, Buxoro davlat universiteti talabasi S. Ibragimov «Ingliz tilini o‘rgatuvchi dastur» mavzusida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi Amaliyot boshqarmasi 1-toifali inspektori E. Turdiyev «Korxonalarda strategik boshqaruv hisobini tashkil qilishning nazariy jihatlari» mavzusida, Toshkent tibbiyot akademiyasi magistranti B. Egamov «Ichki uyqu arteriyalari okklyuziyasi bilan kasallangan bemorlarda tashqi uyqu arteriyalarida rekonstruktiv amaliyotlar» mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi.

       

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi «Uchquduq» kafesida tashkil etilgan tushlikdan so‘ng soat 14.00 dan 17.00 ga qadar konferensiya ishtirokchilari TDIUning 1-binosida 4 ta auditoriyaga bo‘lingan holda seksiya yig‘ilishlarida qatnashdilar.

18.00 da konferensiya ishtirokchilari «Yoshlar haftaligi» doirasida O’zbekiston Milliy akademik drama teatrida tashkil etilgan «Talabalar teatr studiyalari festivalining tantanali yopilish marosimi»ga tashrif buyurishdi. «Ezgu» restoranidagi kechki ovqatdan keyin, ularni TDTUning talabalar turar joyiga olib borildi.

20 noyabr kuni konferensiyaning seksiya ishlari 9.00 dan boshlandi va 13.00 gacha davom etdi. Konferensiyaning respublika bosqichiga tavsiya etilgan 151 nafar yosh olim va talabalardan jami 127 nafari konferensiyada ishtirok etdilar, ekspertlarning tavsiyasiga ko‘ra materiallar to‘plamiga 60 ta eng saralangan ilmiy maqolalar kiritildi. Xususan, konferensiya materiallar to‘plamiga kiritilgan 60 ta ilmiy maqola mualliflardan ijtimoiy-gumanitar fanlar seksiyasida 11 nafar, tabiiy fanlar seksiyasida 11 nafar, aniq fanlar seksiyasida 13 nafar va texnika fanlari seksiyasida 18 nafar ishtirokchilarning ma’ruzalari tinglandi va muhokama qilindi.

     

Konferensiya moderator hamda ekspertlari seksiya yig‘ishlari yakuni bo‘yicha xulosalar tayyorlashdi hamda sovrindorlarni aniqladilar.

Respublika konferensiyasi yakuniy yalpi majlisi o‘z ishini 14.00 da boshladi. Konferensiya prezidiumida 4 nafar mas’ul xodimlar ishtirok etdilar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari B. Usmonov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev, O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi B. Ganiyev va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori M.Boltabayev.


Konferensiyaning yakuniy yalpi yig‘ilishini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev olib bordi. Yalpi majlisda seksiya moderatorlarining seksiya ishlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Respublika konferensiyasida faol qatnashgan va sovrinli o‘rinlarni egallagan yosh olim va talabalarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi, jumladan:

 

ijtimoiy-gumanitar fanlari seksiyasida

«Korxonalarda strategik boshqaruv hisobini tashkil qilishning nazariy jihatlari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi Amaliyot boshqarmasi 1-toifali inspektori Turdiyev Eralijon Muxtorovichga sovrinli 1-darajali diplom va kompyuter;

 

«Yosh avlodni tarbiyalashda marosimlarning ahamiyati («Avesto» kitobi misolida)» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Urganch davlat universiteti talabasi Egamberganova Matluba Jobborgonovnaga 2-darajali diplom va ARTEL televizori;

 

«Inklyuziv ta’lim tizimining rivojlanishida pilot (tayanch) maktablarning o‘rni va ular bilan hamkorlik yo‘llari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Namangan davlat universiteti talabasi Rustamov Sardor Muydinxon o‘g‘liga 3-darajali diplom va DVD qurilmasi berildi.


 

tabiiy fanlar seksiyasida

«G’arbiy Pomir-Oloyda ayrim Ferula L. turlarining reproduktiv biologiyasi» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Avalboyev Olimjon Norqo‘ziyevichga sovrinli 1-darajali diplom va kompyuter;

 

«Ichki uyqu arteriyalari okklyuziyasi bilan kasallangan bemorlarda tashqi uyqu arteriyalarida rekonstruktiv amaliyotlar» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi magistranti Egamov Bexzodbek Yuldashaliyevichga 2-darajali diplom va ARTEL televizori;

 

«Rol virusa papillomы cheloveka (VPCh) v razvitii raka sheyki matki i spetsificheskaya profilaktika protiv VPCh» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, talaba Mengliyeva Bibijon Baxromovna ga 3-darajali diplom va DVD qurilmasi berildi;

 

aniq fanlar seksiyasida

«Ingliz tilini o‘rgatuvchi dastur» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Buxoro davlat universiteti talabasi Ibragimov Samandar Iskandar o‘g‘liga sovrinli 1-darajali diplom va kompyuter;

 

«On an inequality in 2-darajali diplom va ARTEL televizori;

 

«Atmosfera optik aloqa sistemalarida maydon tranzistorlari asosidagi ko‘p funksional datchiklardan foydalanish» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi To‘raev Akmal Atayevichga 3-darajali diplom va DVD qurilmasi berildi.

 

texnika fanlari seksiyasida

«Past kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi, yuklamalar nosimmetriyaligida qo‘shimcha isroflar va elektr energiyasini sifat qo‘rsatkichlarini qayd qiluvchi «MALIKA» deb nomlangan qurilmani ishlab chiqish» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Toshkent davlat texnika universiteti katta ilmiy xodim izlanuvchisi Xoliddinov Ilxombek Xosiljonovichga sovrinli 1-darajali diplom va kompyuter;

 

«Ruda oqimidan metall elementlarni ushlab qolish va maydalagichni avtomatik tarzda ravon yuklash usuli va moslamasini yaratish» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Navoiy davlat konchilik instituti magistranti Polvonov Nurbek Omonboyevichga 2-darajali diplom va ARTEL televizori;

 

«Keramik koshinlarni yarim quruq usulda shakllash texnologiyasini takomillashtirish» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Urganch davlat universiteti katta o‘qituvchisi Jumaniyozov Hurmatbek Palvannazirovichga 3-darajali diplom va DVD qurilmasi berildi.

   

 

Shuningdek, seksiya ishlarida faol qatnashgan yana 8 nafar yosh olim va talabalarga O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining qimmatbaho sovg‘alari berildi.

Konferensiyada qatnashgan barcha yosh olim va talabalarga anjuman ishtirokchisi sertifikatlari topshirildi. Shuningdek, konferensiyaning barcha ishtirokchilariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayyorlangan «Yoshlar haftaligi» sertifikati berildi.

Yalpi yig‘ilishdan keyin konferensiya ishtirokchilari «Yoshlar haftaligi» doirasida Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan «Yosh dizaynerlar gala-defilesi, festival g‘oliblarini taqdirlash marosimi»ga bordilar.

Shuningdek, 40 nafar ishtirokchilar teleradiokompaniyaga taklif etildilar va «Munosabat» teleko‘rsatuvi s’yomkalarida faol qatnashdilar.

Ishtirokchilar uchun soat 20.00 dan 21.00 gacha «Ezgu» restoranida kechki ovqat tashkil etildi. Kechki ovqatdan so‘ng ishtirokchilarni turar joylariga olib borildi.

20 noyabr kuni «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi konferensiya o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

Konferensiya haqida videorolik va rasmlar tasvirga olindi. Tadbir borishi haqidagi ma’lumotlar respublikamizdagi barcha ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

21 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlardan Toshkentga kelgan konferensiya ishtirokchilari o‘z uylariga jo‘nab ketdilar.

Tashkiliy qo‘mita