O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

“XXI asr – intyellyektual avlod asri” shiori ostida yosh olim va talabalarning V respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi

O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashi majlisining 2015 yil 10 dekabrdagi 65-sonli majlis bayoni qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi»ning 14-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2016 yilning may-iyun oylarida «XXI «Ijtimoiy-gumanitar fanlar», «Tabiiy fanlar», «Aniq fanlar» hamda «Texnika fanlari» yo‘nalishlari bo‘yicha respublikaning 10 ta OTMlarida (TDIU, AndDTI, FarPI, NamMPI, JizPI, SamDChTI, BuxDU, QarMII, TATU Urganch filiali, NukusDPI) bo‘lib o‘tdi. Hududiy konferensiyalarda qatnashish istagini bildirgan yosh olim va talabalar soni jami 2834 nafar bo‘lib, ulardan ekspertlarning tavsiyasiga binoan 1576 nafarining ilmiy maqolalari to‘plamga kiritildi. Natijada 11 ta to‘plamdan iborat materiallar chop etildi hamda ta’lim muassasalariga tarqatildi. Hududiy konferensiyalarda qatnashgan 1576 nafar ilmiy maqola mualliflaridan 122 nafar sovrindorlar respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2017 yil 6 yanvardagi «Yosh olim va talabalarning «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risida2017 yil 11 yanvar kuni hududlardan tashrif buyurgan konferensiya ishtirokchilari kutib olindi va «Yoshlik» talabalar shaharchasida joylashgan O’zMU, TDTU va TMIning talabalar turar joyiga joylashtirildi.

11 yanvar kuni soat 15.00da Toshkent moliya institutining kichik konferensiyalar zalida matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari M.Karimov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, ijro apparati rahbari O.Parpiyev, O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari S.Ashurov, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari Sh.Ayupov, B.Nazarov, J.Azimov, R.Mo‘minovlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimlari, konferensiyaning ekspertlar komissiyasi a’zolari, yosh olim va talabalar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Soat 18:00 dan 20:00 gacha konferensiya ishtirokchilari uchun rejalashtirilgan madaniy tadbirlar doirasida 90 nafar yosh olim va talabalar O’zbek Milliy akademik drama teatrida «O’tgan kunlar» spektaklini  tomosha qildilar. Spektakldan so‘ng konferensiya ishtirokchilari uchun «Yoshlik» talabalar shaharchasidagi «Ezgu» kafesida kechgi ovqat tashkil etildi, kechki ovqatdan so‘ng, konferensiya ishtirokchilari talabalar turar joyiga qaytdilar.

2017 yil 12 yanvar kuni «Ezgu» kafesida tashkil etilgan nonushtadan so‘ng konferensiya ishtirokchilari Toshkent moliya institutiga yo‘l oldilar. Soat 09.00 dan 10.00 gacha institut foyesida konferensiyaning barcha ishtirokchilari viloyatlar kesimida ro‘yxatdan o‘tdilar. Ularga konferensiya materiallar to‘plami, ruchka va bloknotlar solingan sumkalar taqdim etildi.

Soat 10.00 da konferensiya yalpi majlis yig‘ilishi bilan o‘z ishini boshladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari M.Karimov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, ijro apparati rahbari O.Parpiyev, O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari S.Ashurovlar konferensiya prezidiumiga taklif etildilar.

Yalpi majlis ishida Fanlar akademiyasi a’zolari, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi mas’ul xodimlari, ekspert komissiyasi a’zolari ishtirok etdilar.

                   Konferensiya yalpi majlisi ishini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev olib bordi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari M.Karimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, ijro apparati rahbari O.Parpiyev, O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari S.Ashurovlar so‘zga chiqdilar.

Yalpi yig‘ilishda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti  Sh.Ruziyev «Tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda «Yurtim bo‘ylab» veb sayohat dasturining o‘rni» mavzusida, Buxoro davlat tibbiyot instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi I.Sa’dullayeva «Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ilgan bolalarda tezkor jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgandan keyingi davrda immunitet va ichki sekretsiya bezlari holatining xususiyatlari» mavzusida, Andijon davlat universiteti talabasi N.Abdullayeva «Respublikamiz ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishda sharq allomalarining meroslaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari» mavzusida, Samarqand davlat universiteti assistenti O.Yusupov «Tasvirlardagi  ko‘zning rangdor pardasi joylashgan sohani avtomatik topish metodlari» mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi.

Munozara va savol-javoblarda Fanlar akademiyasi akademiklari B.Nazarov, Sh.Ayupov, Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori O.Teshayev, shuningdek yosh olim va talabalar faol qatnashib o‘z fikrlarini bildirdilar. Yalpi majlisda jami 200 nafardan ziyod kishi ishtirok.


Yalpi majlis o‘z ishini yakunlaganidan so‘ng konferensiya ishtirokchilari soat 13.00 da Toshkent moliya institutining oshxonasida tushlik qildilar.

Toshkent moliya institutining oshxonasida tashkil etilgan tushlikdan so‘ng soat 14.00 dan 16.30 ga qadar konferensiya ishtirokchilari institut «Ye» binosining 4 ta auditoriyasiga (301-, 303-, 401-, 403-xonalari) bo‘lingan holda seksiya yig‘ilishlarida qatnashdilar.

17.00dan 19.00gacha konferensiya ishtirokchilari konferensiya dasturi doirasida kinochilar uyida tashkil etilgan «Ustyurtga yo‘l» badiiy filmiga namoyishiga tashrif buyurdilar. «Ezgu» kafesidagi kechki ovqatdan so‘ng, hududdan kelgan yosh olim va talabalar O’zMU, TDTU, TMIning talabalar turar joylariga olib borildi.


2017 yil 13 yanvar kuni soat 09.00da «Ezgu» kafesida tashkil etilgan nonushtadan so‘ng, konferensiya ishtirokchilari Toshkent moliya institutiga keldilar. Konferensiyaning seksiya ishlari institut  «Ye» binosining  301-, 303-, 401-, 403-xonalarida 09.00dan boshlandi va 11.40gacha davom etdi. Seksiya ishlarida tinglangan ma’ruzalar bo‘yicha munozaralar va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning respublika bosqichiga tavsiya etilgan jami 122 nafar yosh olim va talabalardan 111 nafari konferensiyada ishtirok etgan bo‘lib, ulardan 30 nafari ijtimoiy-gumanitar fanlar seksiyasida, 29 nafari tabiiy fanlar seksiyasida, 26 nafari aniq fanlar seksiyasida va 26 nafari texnika fanlari seksiyasida qatnashdilar. Ekspertlarning tavsiyasiga ko‘ra konferensiyaning materiallar to‘plamiga 88 ta eng saralangan ilmiy maqolalar kiritildi. Seksiyalar yig‘ilishida esa barcha 111 nafar ishtirokchilarning ma’ruzalari tinglandi va muhokama qilindi.

Seksiya yig‘ishlari yakunlari bo‘yicha konferensiya moderatorlari hamda ekspertlari o‘z xulosalarini chiqarib sovrindorlarni aniqladilar.

Soat 14.00 da Respublika konferensiyasi yakuniy yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev, O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari S.Ashurov va Toshkent moliya instituti rektori B.Begalovlar prezidiumga taklif etildilar.

Yakuniy majlisni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev olib bordi. Yakuniy majlisda moderatorlarning seksiya ishlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Respublika konferensiyasida faol qatnashgan va sovrinli o‘rinlarni egallagan 12 nafar yosh olim va talabalarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi, jumladan:

 

ijtimoiy-gumanitar fanlari seksiyasida

«Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash: o‘tmish va kelajak chorrahasi» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Buxoro davlat universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi Klichev Oybek Abdurasulovichga sovrinli 1-darajali diplom va 1 mln.so‘m pul mukofoti;

 

«Ingliz frazeologiyasida muzakkar va muannas obrazlar va ularni boshqa tillarga tarjima qilish usullari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Samarqand davlat chet tillar instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi Nasrullayeva Nafisa Zafarovnaga 2-darajali diplom va 900 ming so‘m pul mukofoti;

 

«O’zbekistonning izchil rivojlanish asoslari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Abdullayeva A’loxon Atamuratovnaga 3-darajali diplom va 800 ming so‘m pul mukofoti berildi.

 

tabiiy fanlar seksiyasida

«Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ilgan bolalarda tezkor jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgandan keyingi davrda immunitet va ichki sekretsiya bezlari holatining xususiyatlari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Buxoro davlat tibbiyot instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi Sa’dulloyeva Iroda Kurbonovnaga sovrinli 1-darajali diplom va 1 mln.so‘m pul mukofoti;

 

«Nikelning piridoksin va nikotinamidli kompleks birikmasining fizik va kimyoviy xossalari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Toshkent farmatsevtika instituti magistratura  talabasi Shamshiddinova  Maftunaxon Xusnidin qiziga 2-darajali diplom va 900 ming so‘m pul mukofoti;

 

«Yuz asab tomiri nevropatiyasi: klinikasi va davolash usullarining hususiyatlari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Buxoro davlat tibbiyot instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi Axrorova Shahlo Botirovnaga 3-darajali diplom va 800 ming so‘m pul mukofoti berildi;

 

aniq fanlar seksiyasida

«Fazasi ko‘pxad bo‘lgan trigonometrik integrallarning invariant baholari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Samarqand davlat universiteti katta ilmiy xodim- izlanuvchisi Safarov Akbar Raxmanovichga sovrinli 1-darajali diplom va 1 mln.so‘m pul mukofoti; 

 

«Bernulli tenglamasiga keltiriladigan tenglamalar» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Farg‘ona davlat universiteti talabasi Rustamova Sayoxat To‘ychiboy qiziga 2-darajali diplom va 900 ming so‘m pul mukofoti;

 

«Respublikamiz ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishda sharq allomalarining meroslaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Andijon davlat universiteti talabasi Abdullayeva Nigoraxon Dilshodbek qiziga 3-darajali diplom va 800 ming so‘m pul mukofoti berildi.

 

texnika fanlari seksiyasida

«Funksional faol polimerlar bilan kraxmalni modifikatsiyalash va uni ohorlovchi sifatida  qo‘llash texnologiyasini yaratish» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Buxoro yengil sanoat va pedagogika kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi Nazarova Nafosat Hamroqul qiziga sovrinli 1-darajali diplom va 1 mln.so‘m pul mukofoti; 

 

«Vertoletni boshqarishning tizimlari va mexanizmlari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursanti Abdurazaqov Begzod Maxmudjon o‘g‘liga 2-darajali diplom va 900 ming so‘m pul mukofoti;

 

«Sug‘orishda suvni tejovchi yangi texnologiyalardan foydalanish» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali talabasi Genjemuratov Abdiqadir Saylao‘bayevichga 3-darajali diplom va 800 ming so‘m pul mukofoti berildi.

Shuningdek, konferensiyada sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 12 nafar yosh olim va talabalarning har biriga O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining 25 donadan iborat badiiy kitoblar to‘plami taqdim etildi.

Konferensiyada qatnashgan barcha yosh olim va talabalarga anjuman ishtirokchisi sertifikatlari berildi. Shuningdek, ekspertlar tavsiyasiga binoan konferensiyada faol qatnashgan ishtirokchilarning 22 nafariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 10-innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida ishtirok etish uchun sertifikatlar berildi.

 

 

Yakuniy majlis yig‘ilishi 16.00gacha davom etdi.

Yakuniy majlis yig‘ilishidan keyin konferensiya ishtirokchilari uchun 16.00dan 18.00gacha Toshkent moliya instituti oshxonasida kechki ovqat va madaniy tadbir tashkil etildi.

 Kechki ovqatdan so‘ng ishtirokchilarning bir qismini o‘z uylariga kuzatib qo‘yildi, qolganlarini talabalar turar joylariga olib borildi.

13 yanvar kuni «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostida o‘tkazilgan yosh olim va talabalarning V respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

Konferensiya haqida videorolik va  rasmlar tasvirga olindi. Tadbir borishi haqidagi ma’lumotlar respublikamizdagi barcha ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

14 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlardan Toshkentga kelgan konferensiya ishtirokchilarining asosiy qismi ham o‘z uylariga jo‘nab ketdilar.
        

Konferensiya kun tartibi va dasturini shu yerdan yuklab olishingiz mumkin.