Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

“Iqtisodiy rivojlanish va biznes bo‘yicha Koreya istiqbollari” mavzusidagi seminar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi va Koreya Respublikasining Xandong universiteti bilan hamkorlikda joriy yilning 12 fevral kuni «Iqtisodiy rivojlanish va biznes bo‘yicha Koreya istiqbollari» mavzusida bir kunlik seminar-trening o‘tkazildi (seminar-trening uzbek va ingliz tillaridagi dasturi).

Seminar-treningning ochilish marosimida Koreya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Li Vuk-xeon tabrik so‘zi bilan qatnashdi.
 

So‘ngra O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori Abdunabi Pardayev so‘zga chiqdi.

Xandong global universiteti professorlari Ki-Seong Yo, Jayexong Kim va Jinvon Annlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminar-treningda respublikamizdagi iqtisodiyot sohasidagi oliy ta’lim va ilmiy muassasalari, jumladan, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 65 nafar professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy xodimlari faol qatnashdilar.