Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

«Doktorlik dasturlari bo`yicha Yevropa ittifoqining tajribasi» mavzusidagi videoanjuman bo`lib o`tdi

2013 yil 27 avgust kuni «Iste`dod» jamg`armasi hamda Bosh ilmiy-metodik markaz bilan hamkorligidagi «Doktorlik dasturlari bo`yicha Yevropa ittifoqining tajribasi» mavzusidagi videoanjuman bo`lib o`tdi. Kirish so`zida «Iste`dod» jamg`armasi ijrochi direktori professor A.Pardaev va Masofali o`qitish markazi direktori professor A.Abduqodirovlar O`zbekiston Respublikasidagi doktorlik dasturlari haqida qisqacha ma`lumot berdi. TYeMPUS dasturi loyihasi koordinatori A.Abduraxmanova, O`zbekiston oliy attestatsiya komissiyasi bosh kotibi, professor A.Daminov va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi vakili X.Kushievlar o`z ma`ruzalari bilan faol qatnashdilar. Videoanjuman davomida ushbu tadbir mehmonlari bo`lmish Zagreb Universiteti professori, Doktorlik ta`limoti bo`yicha Yevropa assotsiatsiyasi komissiyasi raisi Melita Kovachevich (Xorvatiya) hamda Turin politexnika universiteti professori, Avtomobilsozlik injiniringi markazi prezidenti Jankarlo Jenta (Italiya) bilan interfaol muloqotlar bo`lib o`tdi. Videoanjumanda optik tolali Milliy tarmoq yordamida respublikamizdagi barcha oliy ta`lim muassasalarining professor-o`qituvchilari to`g`ridan-to`g`ri onlayn rejimida faol qatnashdilar. Qarshi davlat universiteti, Samarqand iqtisod va servis instituti va boshqa ta`lim muassasalarinining professor-o`qituvchilar o`zlarining qiziqarli savollari bilan qatnashdilar hamda ular mexmonlardan qoniqarli javob oldilar.