Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ISTE’DOD” jamg’armasi tanlov e’lon qiladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka o’tashi va ta’lim olishini tashkil etish «ISTE’DOD» jamg’armasi chet elda malaka oshirish, stajirovka o’tash shuningdek magistartura va PhD dasturlari bo’yicha ta’lim olish uchun stipendiyalarga

TANLOV E’LON QILADI

 

Tanlovga ariza va xujjatlar Toshkent shahri, Furqat kochasi,

171-uyda joylashgan «ISTE’DOD» jamg’armasi binosida

2017 yil 14 sentyabrdan 14 oktyabrgacha qabul qilinadi.

 

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar:

 

-    O’zbekiston Respublikasi Fuqarosi bo’lishi;

-    chet (ingliz, fransuz, rus va boshqa) tillaridan birini mukammal bilishi;

-    magistratura dasturi uchun bakalavr yoki oliy ma’lumotli mutaxassis, PhD dasturi uchun magistrlik diplomiga ega bo’lishi;

-    malaka oshirish va stajirovka o’tash uchun tavsiya etilgan nomzodlarning maqsadli dasturlarini (OTM rahbari tomonidan tasdiqlangan) taqdim etishlari shart.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan xujjatlar ro’yhati:

 

1. Oliy ta’lim muassasalarining (OTM) mutaxassislari, pedagog va ilmiy kadrlari orasidan chet elda malaka oshirish, stajirovka o’tashga tavsiya etilayotgan nomzodlarining quyidagi xujjatlari Jamg’armaning Qabul komissiyasiga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o’tkazilgan dastlabki tanlov natijalari ilova qilingan holda taqdim qilinadi:

а) belgilangan shakldagi ma’lumotnoma-obye’ktivka*;

b) Qabul komissiyasi raisi nomiga ta’limning shakli va yo’nalishi ko’rsatilgan, belgilangan tartibdagi ariza*;

v) OTM rahbarining imzosi bilan nomzod haqidagi chet elda malaka oshirishi va stajirovka o’tashi zarurligi ko’rsatilgan tavsiyanomasi;

g) OTMni tugatganligini, shunigdek, ilmiy darajasi (fan nomzodi, PhD va fan doktori) va ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplomlarning nusxasi;

d) mehnat daftarchasi nusxasi;

e) passport nusxasi;

j) 6 dona 3 х 4 sm. hajmdagi fotosurat;

z) chet tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro setifikat (IELTS, TOEFL kabi), agar mavjud bo’lsa;

 2. Chet elda magistratura va PhD dasturi bo’yicha ta’lim olishga tavsiya etilayotgan nomzodlar tomonidan yuqorida ko’rsatilganlarga qo’shimcha ravishda quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:

i) nomzodni keyinchalik ish bilan ta’minlash to’g’risidagi muassasa rahbarining kafolat xati;

k) chet el ta’lim yoki ilmiy muasasasiga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xujjat («Letter of acceptance»), agar mavjud bo’lsa;

 Chet elda magistratura va PhD dasturlari bo’yicha ta’lim olish uchun xujjatlarni topshirgan paytda ishlamayotgan nomzodlar ushbu tartibning «v» va «d» qismlarida ko’rsatilgan xujjatlarni taqdim qilishdan ozod qilinadilar.


Eslatma: Yuqorida ko’rsatilgan barcha hujjatlar alohida fayllarga solinib, reestr papkaga (qalinligi 5 sm) joylashtirilgan bo’lishi va xujjatlar ro’yhati A4 qog’ozda reestr papkaning ichki chap tomoniga yelimlangan holda Jamg’arma Qabul komissiyasiga taqdim qilinishi zarur.

 

Ma’lumotlar uchun:

 

-  telefonlar: 232-60-18, 232-62-40;

-  electron manzil: istedod@edu.uz.

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi,

stajirovka otashi va ta’lim olishini tashkil etish

«ISTE’DOD» jamg’armasi

12.09.2017, PDF, 334.69 KB
12.09.2017, PDF, 332.58 KB
12.09.2017, PDF, 405.45 KB
12.09.2017, PDF, 207.08 KB