Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Trenerlar tayyorlash kursi tashkil etildi


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi «Oliy ta`lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 278-sonli Qaroridan kelib chiqadigan vazifalar asosida 2013 yil sentyabr oyidan e`tiboran Oliy ta`lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi hamda «Iste`dod» jamg`armasi bilan hamkorlikda trenerlar tayyorlash kursi tashkil etildi. Trenerlar tayyorlash kursi yo`nalishi «Ta`limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari»ga qaratilgan bo`lib, tinglovchilar kontingenti asosan oliy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilaridan iboratdir.
«Ta`limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» kursining maqsadi — bo`lajak trenerlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter tizimlari, kompyuterlarning dasturiy ta`minoti, amaliy dasturiy vositalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga hamda ulardagi trenerlik mahorati, treninglarni tashkil etish va o`tkazish texnologiyasi sohasidagi ko`nikmalarini rivojlantirishga yo`naltirilgan.
«Ta`limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» kursining vazifasi — oliy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilarida kompyuter va uning dasturiy ta`minoti, axborot xavfsizligi, Internet va elektron pochta asoslari, Microsoft Office dasturlari, elektron hujjat almashishini tashkil etish, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan amaliy ko`nikma va malakalarini shakllantirish bo`yicha faoliyat olib borish uchun trenerlarni tayyorlashdan iborat.