Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o`qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o`qituvchilariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o`rgatish va pedagogika fanlariga oid bilimlarni yanada mustahkamlash, ularga pedagogik mahorat sirlarini ochib berish va olgan bilimlarini o`quv-tarbiya jarayoniga qo`llay olishga o`rgatish maqsadida 2013 yilning 28 oktyabridan 9 noyabrgacha «Innovatsion texnologiyalar» mavzusi bo`yicha Jamg`arma bazasida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Kurslar «Milliy ta`lim taraqqiyotining hozirgi bosqichi va pedagogik muammolar. Ta`limda innovatsuya», «O`qituvchining innovatsion faoliyati va pedagogik mahorati», «O`quv jarayonida pedagogik texnologiya va interfaol usullar», «Muammoli o`qitish texnologiyasi» hamda «Pedagogik kvalimetriya: tinglovchilarning mualliflik himoyalari» kabi mavzularni o`z ichiga olgan bo`lib, ushbu kurslarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 45 nafar yosh va istiqbolli pedagog-o`qituvchilari qatnashmoqdalar.