Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

“XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 martdagi 57-sonli hamda 2013 yil 17 sentyabrdagi 239-sonli bayonlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida hamda O`zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlashga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish hamda zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsion madaniyatini puxta o`zlashtirgan, murakkab va keng ko`lamli vazifalarni hal etishga qodir bo`lgan bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalashga ko`maklashish, ular o`rtasida hamkorlik muhitini rivojlantirish, ilmiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruva akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste`dod» jamg`armasi, O`zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va Surxondaryo viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda 2013 yil 28-29 noyabr kunlari Termiz davlat universitetida «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkaziladi. Anjumanda ijtimoiy-gumanitar, tabiiy hamda aniq fanlar yo`nalishlari bo`yicha ish olib boriladi.