Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

“XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani Buxoro shahrida o'tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi Qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi»da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20-21 noyabr kunlari «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani Buxoro shahrida tashkil etildi va o‘tkazildi.

Hududiy anjumanlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 81 nafar olim va talabalar respublika anjumanida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Respublika anjumanida qatnashgan yosh olim va talabalarga sertifikatlar topshirildi. Tadbir davomida ekspert komissiyasi tomonidan anjuman g‘oliblari aniqlandi va ularga maxsus darajali diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.