Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

"Yilning eng yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti muallifi - 2014" Respublika tanlovi

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish "Iste'dod" jamg'armasi tomonidan ta'sis etilgan "Yilning eng yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti muallifi - 2014" Respublika tanlovi g'oliblarini tantanali taqdirlash tadbiri joriy yilning 16 dekabr kuni soat 10:00da O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida o'tkaziladi.

Ma'lumot uchun tel.: 233-34-02, 233-34-20, 233-34-22
(Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini rivojlantirish markazi).

O'zDSMI manzili: Toshkent shahri, M.Ulug'bek tumani, Yalang'och dahasi, 127A-uy,
tel.: 230-28-03.