Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

“Iqtisodiy rivojlanish va biznes bo‘yicha Koreya istiqbollari” mavzusidagi seminar haqida

Iqtisodiy yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va qolaversa, magistrantlar uchun 2015 yil 12 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi hamda Koreya Respublikasining Xandong global universiteti bilan hamkorlikda «Iqtisodiy rivojlanish va biznes bo‘yicha Koreya istiqbollari» mavzusida seminar tashkil etiladi (seminarning uzbek va ingliz tillaridagi dasturi). Seminar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi binosida o‘tkaziladi.

Seminarda Koreya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Li Vuk-xeon, Janubiy koreyaning yetuk olim va mutaxassislaridan Xandong Global universiteti professorlari Ki-Seon Yu, Jayexong Kim hamda Jinvon An o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.