Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Jamg‘arma grant sovrindorlarining Buyuk Britaniya davlatida malaka oshirishlari bo‘yicha

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 1 iyuldagi «Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish» to‘g‘risidagi PF-3272 sonli Farmonida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish hamda Jamg‘arma grant sovrindorlari – respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ingliz tili sohasida ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish, til ko‘nikmalari bilan birgalikda metodik tayyorgarligi hamda kasbiy mahoratini oshirish maqsadida «Iste’dod» jamg‘armasi 2015 yil 3-17 iyul kunlari Buyuk Britaniyaning Norvich til o‘qitish institutida malaka oshirish kurslarini tashkil etadi.
Rejaga asosan Jamg‘arma 16 nafar grant sovrindorlari uchun Jamg‘arma bazasida 30 iyundan 2 iyulgacha maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Mazkur kurslarda quyidagi grant sovrindorlar ishtirok etishlari rejalashtirilgan:

1. Xodjayeva Dilafruz Izzatulloyevna - Buxoro davlat universiteti

2. Yunusova Aziza Axmedjanovna - Buxoro davlat universiteti

3. Ashurova Dildora Gafurovna - Buxoro davlat universiteti akademik litseyi

4. Tabak Gulzade Abduramanovna - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

5. Nurmatova Guzal Xakimovna - Navoiy davlat konchilik instituti

6. Xarchenko Larisa Viktorovna - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

7. Kaneyeva Renata Erkinovna- Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

8. Abdikarimova Dinara Rustamxanovna - Toshkent moliya instituti

9. Inagamov Temur Maxamadjonovich - O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

10. Kvitkova Xalima Maxkamovna - O’zbekiston milliy universiteti

11. Djumabayeva Jamila Sharipovna - O’zbekiston milliy universiteti

12. Soliyeva Malika Abduxuzurovna - O’zbekiston milliy universiteti

13. Kaxarova Nafisa Ikramovna - O’zbekiston milliy universiteti

14. Kodirova Shaxnoza Burxanovna - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

15. Xoshimova Nargis Abdullayevna - Farg‘ona davlat universiteti

16. Samiyeva Dildora Axmadjonovna - Chust akademik litseyi

Ana shu grant sovrindorlari uchun Buyuk Britaniyaning Norvich til o‘qitish institutida «Material Design», «Trainer Development» va «Language awareness» kabi mavzularida institutning professorlari tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.