Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Jamg‘arma grant sovrindorlarining Germaniya davlatida malaka oshirishlari bo‘yicha

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 1 iyuldagi «Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish» to‘g‘risidagi PF-3272 sonli Farmonida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2014 yil 22 dekabrdagi 72-sonli bayoni bilan belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida nemis tili sohasida ta’lim berayotgan 20 nafar Jamg‘arma grant sovrindorlarining yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish, til ko‘nikmalari bilan birgalikda metodik tayyorgarligi hamda kasbiy mahoratini oshirish uchun «Iste’dod» jamg‘armasi tomonidan 2015 yil 27 iyul – 10 avgust kunlari Germaniyaning Bremerxafen universitetida malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Rejaga asosan Jamg‘arma 20 nafar grant sovrindorlari uchun Jamg‘arma bazasida 23 – 25 iyul kunlari maqsadli malaka oshirish kurslari o‘tkaziladi.

Mazkur kurslarda quyidagi grant sovrindorlar ishtirok etishlari rejalashtirilgan:

 

1. Jafarov Botir Sattarovich - Namangan davlat universiteti

2. Sodiqova Nazokat G’afforovna - Samarqand davlat chet tillar instituti

3. Tursunov Akmaljon Hamidjonovich - Namangan davlat universiteti

4. Tursunov Zoxidjon Zokirjonovich - Namangan davlat universiteti

5. Jo‘rabayev Baxodir Raximovich - Namangan davlat universiteti

6. Nishanova Tursunoy Abdivoxidovna - Namangan davlat universiteti

7. Tojixodjayev Musa Muydinbayevich - Namangan davlat universiteti

8. Axmedov Anvar Botirovich - Qarshi davlat universiteti

9. Berdimuratov Dauletniyaz Uteniyazovich - Qoraqalpoq davlat universiteti

10. Paluanov Baxыtbay Nurlыbayevich - Qoraqalpoq davlat universiteti

11. Xoliyarov Lutfulla Tashquvatovich - O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

12. Mamatova Yakuta Maxamadjonovna - O’zbekiston milliy universiteti

13. Sulaymanova Saida Ravshanovna - O’zbekiston milliy universiteti

14. Hamdamov Yusuf Qudratovich - O’zbekiston milliy universiteti

15. Davirova Shahlo Shukurullayevna - Toshkent moliya instituti

16. Biturayev Uktamjon Bazarbayevich - Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

17. Xamidov Obidjon Xafizovich - Toshkent davlat iktisodiyot universiteti

18. Avazov Komil Raxmatovich - Toshkent to‘qimachilik va yengilsanoat instituti

19. Xamidov Ulug‘bek Abdulazizovich - Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Agrosanoat va servis kolleji

20. Asqarova Shaxnoza Ismoilovna - Farg‘ona davlat universiteti

Jamg’arma grant sovrindorlari uchun Germaniyaning Bremerxafen universitetida maxsus tashkil etilgan ushbu malaka oshirish kurslarida universitetning salohiyatli professorlari tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.