Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

«XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 oktyabrdagi «Ertangi kun bizniki, marra bizniki!» shiori ostida «Yoshlar haftaligi»ni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 41-sonli majlisining bayoni e’lon qilinishi munosabati bilan 2015 yil 19-20 noyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostida yosh olimlar va talabalarning respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

«XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi konferensiyaning respublika bosqichiga joriy yilning may-iyun oylarida bo‘lib o‘tgan o‘n uchta hududiy (O’zMU, AndDU, FarDU, NamDU, GulDU, JizDPI, SamISI, NavDPI, BuxMTI, QarDU, TermDU, UrgDU, QQDU) konferensiyalarda sovrinli o‘rinlarni egallagan eng yaxshi maqola mualliflari tavsiya etilgan.