Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

“Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostidagi “Yoshlar haftaligi” boshlandi!

2015 yil 16 noyabr kuni «Yoshlar ijod saroyi»da qalbida vatanparvarlik tuyg’usi, nigohlarida kuch-g’ayrat va shijoat jo’sh urib turgan yoshlar bilan gavjum bo’ldi. Orziqib kutilgan lahzalar — «Yoshlar haftaligi» boshlandi.

«O’zbekiston Respublikasida 2015-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi»ga muvofiq joriy yilning 16-22-noyabr kunlari Toshkent shahrida «Ertangi kun bizniki, marra bizniki» shiori ostida ushbu festival tom ma’noda yoshlar bayramiga aylanmoqda.

Ushbu «Yoshlar haftaligi» O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, «O’zbekkino» Milliy agentligi hamda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda oliy ta’lim muassasalarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar, davlat mukofoti, nomdor stipendiyalar sohiblari, ijtimoiy faol yoshlar, san’at, madaniyat kino va moda sohasi vakillari, taniqli ilm-fan arboblari, milliy va xorijiy ekspertlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqdalar.

«Yoshlar haftaligi» – bir necha yo’nalishdagi tadbirlarni o’zida mujassamlashtirgan yirik loyihalardan bo’lib, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga, ularning ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish va rag’batlantirishga, mamlakatimizdagi islohotlarda yetakchi kuch sifatida o’zini namoyon etishiga xizmat qiladi.

«Yoshlar haftaligi» brifing bilan boshlandi. Unda tashkilotchilar OAV haftalikning mohiyati, yoshlar hayoti va intilishlariga ta’siri xususida atroflicha ma’lumot berdilar. Uni «Kamolot» YIH Markaziy Kengashi raisi ochib berdi va olib borishga mas’ul boldi. Shundan so’ng, rejelashtirilgan 7 ta loyiha haqida ma’sul tashkilotlar vakillari ma’lumot berib o’tdilar.

Brifing so’nggida OAV, mehmonlar va talabalar tomonidan berilgan 20 dan ortiq savollarga mutasaddi tashkilot vakillari javob berdi. Haftalik ishiga omad tilandi.