Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

“Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” 2015 yil respublika tanlovi

Hurmatli "Yilning eng yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti muallifi"
2015 yil respublika tanlovi g‘oliblari

Sizlarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi «Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 5-sonli Qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish «Iste’dod» jamg‘armasi ta’sischiligida «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi» 2015 yil respublika tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash tadbirida qatnashishga taklif etamiz.
Tantana joriy yilning 27 noyabr kuni soat 11:00 da O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o‘quv teatri zalida o‘tkaziladi.
Manzil: Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani, Yolong‘och dahasi, 127a-uy, tel.: 230-28-03.
Tashkiliy guruh