Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

“Iste’dod” jamg'armasida «Research Management» mavzusida o'quv seminar o'tkazilmoqda

Shu yilning 25-29 yanvar kunlarida «Iste’dod» jamg'armasida O’zbekistondagi Britaniya Kengashi vakolatxonasi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda "Iste'dod" jamg'armasi bilan hamkorlikda «Research Management» mavzusida besh kunlik o'quv seminar o'tkazilmoqda. Seminar Oliy ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan dastur doirasida o'tkazilib, tadqiqot ishlarini xalqaro standartlarlga mos ravishda hamda ularni rejalashtirish va amalga oshirish bo’yicha zamonaviy talablarga binoan yangi yondashuvlarni o’rganishga yo’naltirilgan.

 

Seminarda 40 taga yaqin, turli xil ilm-fan vakillari, xususan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti, O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti, Buxoro Davlat Universiteti, Bank va Moliya Akademiyasi, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, Iqtisodiy Tadqiqotlar Markazi, Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari bo’lmish yosh tadqiqotchilar ishtirok etadilar.

 

Seminar Britaniya Kengashining «Researcher Connect» deb nomlangan, universitetlarning olimlari va rahbarlari uchun ishlab chiqilgan hamda ilmiy muloqot mahoratlarini rivojlantirishga qaratilgan global ta’lim dasturining qismi hisoblanadi. Ushbu dastur o’zbek olimlari va tadqiqotchilariga jahon ilmiy jamiyatida o’z o’rnini mustahkam egallashga yordam berishga yo’naltirilgan. Jahon ilmiy jamiatida xalqaro hamkorlikni to'g'ri va samarali qurish, hamkasblar bilan o’zaro muloqot qilish va tadqiqotlar natijalarini namoyon qilish kabi qobiliyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, dastur bir qator treninglardan iborat bo’lib quyidagi sohalar bo’yicha o’tkazilmoqda:

 

- xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish;

- konferentsiyalarda samarali taqdimotlar qilish;

- milliy va xalqaro jamg'armalarga ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun arizalar tayyorlash va topshirish;

- xalqaro ilmiy aloqalarni yaxshilash;

- olimlarning jamiyat va davlat bilan aloqasi.