Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Toshkent temir yo`l muhandislari instituti professor-o`qituvchilari uchun amaliy kurslar tashkil etildi

Toshkent temir yo`l muhandislari instituti professor-o`qituvchilariga zamonaviy ta`lim-tarbiya texnologiyalarini o`rgatish va pedagogika fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash, ularga pedagogik mahorat sirlarini ochib berish va olgan bilimlarini o`quv-tarbiya jarayoniga qo`llay olishga o`rgatish maqsadida 2013 yilning 26 avgustidan 31 avgustigacha «Barkamol avlodga yo`naltirilgan milliy tarbiya texnologiyasi» mavzusi bo`yicha Jamg`arma qoshida malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Ushbu kurslarda Toshkent temir yo`l muhandislari institutining 20 nafar professor-o`qituvchilari faol qatnashdilar. Kurslar davomiyligi 40 soatga mo`ljallangan bo`lib, besh kunlik kunduzgi jadallashtirilgan-trening tarzida, o`quv jarayonidan ajralgan holda amalga oshirildi. Kurs «Barkamol avlod – kelajak poydevori», «Xalq an`analari va urf-odatlari – yoshlar tarbiyasining asosi», «Hozirgi zamon global muammolari», «Tarbiya psixologiyasi», «Ijodiy ishlar festivali» kabi kun mavzularini o`z ichiga olgan.