O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

14 nafar tanlov g‘oliblari Buyuk Britaniyada malaka oshirmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875 sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2016 yil 27 yanvardagi 35-sonli buyrug‘iga asosan, O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ingliz tili o‘qituvchilari o‘rtasida «Eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi» tanlovi «Iste’dod» jamg‘armasida tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar ingliz tili o‘qituvchilari mazkur tanlovning g‘oliblari hisoblanib, joriy yilning 9 – 23 avgust kunlari Buyuk Britaniyaning Norvich til o‘qitish institutiga qisqa muddatli malaka oshirish kursida qatnshishmoqda va o‘z bilim va malakalarini yanada takomillashtirishmoqda.

Ushbu malaka oshirish kursi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan moliyalashtirilib, ayni paytda ingliz tili o‘qituvchilarimiz uchun Norvich til o‘qitish institutida «Material Design», «Trainer Development» va «Language awareness» kabi mavzu yo‘nalishlarida institutning professorlari va malakali trenerlari tomonidan mashg‘ulotlar jarayoni qizg‘in davom etmoqda.