Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Ma'rifat gazetasi



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahqamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi hamda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining

 

AXBOROT XATI

 

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015 yil 31 martdagi majlisining 40-sonli Bayonnomasi bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi»ning «Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish» nomli IV bo‘limidagi « Yosh olimlar va talabalar ishtirokida «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostida hududiy va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarni o‘tkazish»ga qaratilgan 39-sonli bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida yosh olimlar va talabalarning «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi hududiy va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari o‘tkaziladi.

Hududiy konferensiyalarni o‘tkazish manzili va vaqti quyidagicha:

- O’zbekiston Milliy universitetida (Toshkent viloyati va Toshkent shahri uchun) – 2015 yil 25-26 may kunlari;

- Andijon davlat universitetida (Andijon viloyati uchun) – 2015 yil 27-28 may kunlari;

- Farg‘ona davlat universitetida (Farg‘ona viloyati uchun) – 2015 yil 28-29 may kunlari;

- Namangan davlat universitetida (Namangan viloyati uchun) – 2015 yil 29-30 may kunlari;

- Guliston davlat universitetida (Sirdaryo viloyati uchun) – 2015 yil 1-2 iyun kunlari;

- Jizzax davlat pedagogika institutida (Jizzax viloyati uchun) – 2015 yil 2-3 iyun kunlari;

- Samarqand iqtisodiyot va servis institutida (Samarqand viloyati unun) – 2015 yil 3-4 iyun kunlari;

- Navoiy davlat pedagogika institutida (Navoiy viloyati uchun) – 2015 yil 4-5 iyun kunlari;

- Buxoro muhandislik-texnologiya institutida (Buxoro viloyati uchun) – 2015 yil 5-6 iyun kunlari;

- Qarshi davlat universitetida (Qashqadaryo viloyati uchun) – 2015 yil 1-2 iyun kunlari;

- Termiz davlat universitetida (Surxondaryo viloyati uchun) – 2015 yil 2-3 iyun kunlari;

- Urgench davlat universitetida (Xorazm viloyati uchun) – 2015 yil 4-5 iyun kunlari;

- Qoraqalpoq davlat universitetida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun) – 2015 yil 5-6 iyun kunlari.

 «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2015 yil 26-27 noyabr kunlarida Samarqand davlat universitetida o‘tkaziladi va unda hududiy konferensiyalarda sovrinli 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan yosh olimlar va talabalarning ma’ruzalari muhokama etiladi.

Konferensiyaning maqsadi:

O’zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, respublika hayotining har bir sohasi va jabhasini rivojlantirishga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish, mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish hamda zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsion madaniyatini puxta o‘zlashtirgan, murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalashga ko‘maklashish, ular o‘rtasida hamkorlik muhitini rivojlantirish, ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.

Hududiy va respublika konferensiyalarida quyidagi yo‘nalishlar (seksiyalar) bo‘yicha ish olib boriladi:

1-seksiya: Ijtimoiy-gumanitar fanlar.

2-seksiya: Tabiiy fanlar.

3-seksiya: Aniq fanlar.

4-seksiya: Texnika fanlari.

Konferensiyada ishtirok etish uchun talabnoma va konferensiya materiallari to‘plamiga ilmiy maqola taqdim etish zarur.

Hududiy konferensiyalarda ilmiy maqolalar quyidagi muddatlargacha qabul qilinadi:

- O’zbekiston Milliy universiteti - 2015 yil 12 may kunigacha;

- Andijon davlat universiteti - 2015 yil 15 may kunigacha;

- Farg‘ona davlat universiteti - 2015 yil 16 may kunigacha;

- Namangan davlat universiteti - 2015 yil 18 may kunigacha;

- Guliston davlat universiteti - 2015 yil 18 may kunigacha;

- Jizzax davlat pedagogika instituti - 2015 yil 15 may kunigacha;

- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti - 2015 yil 18 may kunigacha;

- Navoiy davlat pedagogika instituti - 2015 yil 22 may kunigacha;

- Buxoro muhandislik-texnologiya instituti - 2015 yil 23 may kunigacha;

- Qarshi davlat universiteti - 2015 yil 18 may kunigacha;

- Termiz davlat universiteti - 2015 yil 18 may kunigacha;

- Urgench davlat universiteti - 2015 yil 21 may kunigacha;

- Qoraqalpoq davlat universiteti - 2015 yil 23 may kunigacha.

Konferensiya materiallari to‘plamiga ilmiy maqolalar uchun talablar:

- ilmiy maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;

- taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo‘yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi;

- muallif haqidagi ma’lumotnoma (ob’yektivka) va muallifning pasport nusxasi taqdim etiladi;

- hududiy ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashish bo‘yicha muallifning familiya, ismi va sharifi, maqola nomi, konferensiya yo‘nalishi (seksiya), tashkilot nomi, lavozimi, xizmat manzili, telefon, faks hamda elektron pochta manzillari ko‘rsatilgan Talabnoma bo‘lishi zarur;

konferensiya materiallari o‘zbek, ingliz va rus tillarida taqdim etilishi mumkin;

- ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A-4 kattalikdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1 sm. joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi va otasining ismi hamda familiyasi bosh harflarda yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,0 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 12 kegel kattaligida bo‘lishi va 5 betdan oshmasligi lozim. Elektron nusxasi disk yoki fleshkaga yozilgan holda yuboriladi yoki elektron pochtadan jo‘natiladi.

Konferensiya Tashkiliy qo‘mitasi ilmiy maqolalarni tahrir qilish va saralash huquqiga ega.

 

Konferensiya materiallarini yuborish hamda ma’lumot olish manzillari:

 

O’zbeksiton Milliy universiteti

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi

Tel: (371) 227-10-34, 227-12-24, faks: (371) 246-02-24

E-mail: info@nuu.uz, rector@nuu.uz

 

Andijon davlat universiteti

Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy.

Tel: (374) 223-88-30, (590) 216-72-60, faks: (374) 223-88-30

E-mail: alievuz@umail.uz

 

Farg‘ona davlat universiteti

Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy

Tel: (373) 244-44-29, faks: (373) 244-44-93

E-mail: fardu_info@umail.uz

 

Namangan davlat universiteti

Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316-uy.

Tel: (369) 227-06-12, faks: (369) 227-07-61

E-mail: urinov.bahrom@inbox.uz

 

Guliston davlat universiteti

Guliston shahri, 4-mavze.

Tel: (367) 225-38-01, faks: (367) 225-39-25

E-mail: gulmira_94@inbox.uz

 

Jizzax davlat pedagogika instituti

Jizzax shahri, Sh.Rashidov shox ko‘chasi, 4-uy

Tel: (372) 226-25-51, 226-13-57, faks: (372) 226-59-94

E-mail: jdpiok@edu.uz

 

Samarqand iktisodiyot va servis instituti

Samarkand shahri, A.Temur ko‘chasi, 9-uy.

Tel: (366) 233-28-38, faks: (366) 223-38-72

E-mail: prorector_nauka@sies.uz

 

Navoiy davlat pedagogika instituti

Navoiy shahri, Ibn-Sino ko‘chasi, 45-uy

Tel: (+99879) 225-19-23, faks: (+99879) 225-19-23

E-mail: sodiq2014@umail.uz

 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Buxoro shahri, K.Murtazoyev ko‘chasi, 15-uy.

Tel: (365) 223-78-84, faks: (365) 223-78-84

E-mail: bmti-nis@umail.uz

 

Qarshi davlat universiteti

Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy.

Tel: (375) 221-21-15, faks: (375) 221-21-15

E-mail: yoziyevl@umail.uz

 

Termiz davlat universiteti

Termiz shahri, F.Xo‘jayev ko‘chasi, 43-uy.

Tel: (376) 224-18-95, faks: (376) 222-87-16

E-mail: termizdu@umail.uz

 

Urganch davlat universiteti

Urgan shahri, X.Olimjon ko‘chasi, 14-uy

Tel: (362) 224-67-00, faks: (362) 224-66-80

E-mail: mansurbek84@umail.uz

 

Qoraqalpoq davlat universiteti

Nukus shahri, Ch.Abdirov ko‘chasi, 1-uy

Tel: (361) 223-60-19, Faks: (361) 223-60-47

E-mail: m_tagaev@karsu.uz