Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Yoshlarga oid davlat siyosati - amalda

Kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida «O’zbekiston Respublikasida yoshdar siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalari» mavzuida II ilmiy-amaliy respublika konferensiyasi boshlandi.

Izlanish, kuch-g‘ayrat va qat’iyatyoshlarimizning har bir ezgu ishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda

 

Ushbu tadbir «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish «Iste’dod» jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Halq ta’limi vazirliklari, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan tashkil etildi.

Anjumanda O’zbekiston Respublikasi parlamenti a’zolari, vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari rahbarlari, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy muassasalar mutaxassislari, barcha turdagi o‘quv yurtlaripedagoglari, mamlakatimizning iqtidorli yoshlarivakillari – davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan yigit-qizlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasilar o‘amda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotisohibvlaribo‘lgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, kasb-xunar kollejlari, akademik litsey va maktab o‘quvchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy asoslarini tahlil etish, bilimli, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yuksaltirish, yigit-qizlarning demokratik huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonidagi keng ishtirokini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan masalalarni muhokama qilish, katta tajribaga ega ekspertlarning taklif-mulohazalari asosida, barkamol avlodni tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadbirda mustaqillik yillarida mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli» asosida yoshlar huquq va manfaatlarini ta’minlashning mustahkam asoslari yaratilgani, ularning salohiyati, iste’dodini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning o‘ziga xos mexanizmi shakllantirilgani alohida ta’kidlandi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, sohaga oid 20 dan ortiq qonunlar hamda boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlari ushbu maqsadlar ro‘yobida poydevor bo‘lib xizmat qilayotir. Ayniqsa, 1991 yilda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi Qonun farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, istiqlol g‘oyasi, o‘z Vatani va xalqiga mehr-muhabbatda hamda sadoqat ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan.

Darhaqiqat yoshlar masalasi mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda alohida o‘rin tutadi.

Har yili parlamentimiz tomonidan tasdiqlanadigan ish o‘rinlari tashkil qilish va aholi bandligini ta’minlash dasturlari esa, eng avvalo, yoshlar, xususan, kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarining jamiyatga faol integratsiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etayapti.         

Konferensiya ishtirokchilari shuni alohida ta’kidlashdiki, o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha qulay shart-sharoitni yaratib berish borasida olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlar xalqimizga xos xususiyat bo‘lib, milliy qadriyatimizning uzviy qismiga aylangan. Har bir oilada, har bir mahallada, eng avvalo, yoshlarning salomatligini ta’minlash, ularga yaxshi bilim berish, ayni paytda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega munosib shaxslar etib voyaga yetkazishazaldan muhim masala bo‘lib kelgan. Mustaqillik yillarida ushbu vazifalar O’zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va bu hamma sohada yuksak yutuqlarga erishish imkonini berayotir.

Uzluksiz ta’lim va barkamol avlodni tarbiyalash bo‘yicha mamlakatimizda yaratilgan milliy modellar butun dunyoda yuksak baholanmoqda. Jumladan, 2012 yilning fevralida poytaxtimizda o‘tgan «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzuidagi xalqaro konferensiyada O’zbekistonda yaratilgan uzluksiz ta’lim va tarbiya tizimi boshqa davlatlar uchun etalon sifatida qayd qilindi. Bularning barchasi, deb ta’kidlandi anjumanda, O’zbekiston bolalar va yoshlarning kelajagi, demakki, mamlakat istiqboli haqida yuksak g‘amxo‘rlik qilinadigan davlat ekanidan dalolatdir.

Konferensiyada jahon tajribasi hisobga olgani holda, ta’limning barcha bosqichi uchun davr talablariga mos davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar ishlab chiqilib, joriy qilingani aytib o‘tildi. Shuningdek, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning interfaol usullaridan keng foydalanilayotir.

Anjumanda ta’kidlanganidek, mamlakatimizning jahon maydonidagi nufuzi va raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan farzandlarimizning intellektual hamda ijodiy salohiyatini yuksaltirishga bog‘liq. Shu sababli, iqtidorlilarni aniqlash va rag‘batlantirishga, yosh avlodning zamonavaiy dunyoqarashini, ijodiy va shaxsiy xususiyatlarini milliy va umuinsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga alohida e’tibor qaratilyapti. Jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan bo‘lib, unga o‘qishda, ijodiy va jamoat ishlarida katta yutuqlarga erishayotgan qizlar munosib ko‘riladi. San’at sohasidagi yutuqlari uchun eng iqtidorli yigit-qizlarga «Nihol» mukofoti beriladi. Shuningdek, «Yurt kelajagi» va «Kamalak yulduzlari» respublika tanlovlari ham o‘tkazilmoqda.

Yurtimizdagi yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalariga o‘qishda va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar sazovor bo‘lmoqda. Shuningdek, bir qator maxsus stipendiyalar ta’sis etilgan. Yoshlar salohiyatini rivojlantirish borasidagi bunday g‘amho‘rlik o‘z samarasini berayotir. Bu jumladan, har yili o‘tkaziladigan Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida yosh olimlar va talabalar tomonidan taqdim qilinayotgan istiqbolli yangiliklar soni tobora ortib borayotganida yaqqol namoyon bo‘layapti.

Konferensiyada e’tirof etilganidek, o‘quv yurtlari, birinchi navbatda, kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muayyan ishlab chiqarish korxonalariva tarmoqlar uchun maqsadli ravishda kadrlar tayyorlash keng qo‘llanilayotir, o‘quv yurtlari, korxonalar hamda o‘quvchilar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar imzolanmoqda va bu bitiruvchilarning kelgusida ish bilan ta’minlanishini kafolatlaydi. Shu maqsadda kasb-xunar kollejlarining ish beruvchi korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarining boshqa shakllaridan ham foydalanilayapti. Mamlakatimizda har yili minglab ish o‘rinlari tashkil qilinadi, bunda kichik biznes va xususiy  tadbirkorlikning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar vujudga keladi.

Yil sayin yoshlarning har tomonlama rivojlanishi uchun yanada qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunda davlatimiz rahbarining 2007 yil 18 maydagi «Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni muhim dasturiamal bo‘lib xizmat qilayotir. Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi «Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida ulkan orzular bilan oila qurgan, katta hayot ostonasida turgan yigit-qizlarni ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi sa’y-harakatlar izchil davom ettirilayapti. Ya’ni yurtimizning barcha hududida «Kamolot» uylari barpo qilinib, yosh oilalarga topshirilayotgani davlatimizning farzandlarimizga bo‘lgan g‘amxo‘rligi ifodasi sifatidaqalblarga cheksiz faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otmoqda.

Umuman olganda, konferensiyada ta’kidlanganidek, Vatanimiz kelajagi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi o‘g‘il-qizlarimizning qanday ta’lim-tarbiya olishi, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liq. Shuning uchun ham yurtimizda bilimli, sog‘lom, dunyoqarashi keng, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan avlodni voyaga yetkazish masalasi muhim va ustuvor vazifa, deb belgilab olingan. Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘rt yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zida yoshlarga qarata «Ishonaman, barcha-barchangiz sizga mansub bo‘lgan kuch-g‘ayrat va qat’iyat, izlanish va yana bir bor izlanish, zamonaviy bilim va tajribalarni o‘zlashtirish bilan o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadlarga albatta erishasiz, jamiyatimizda munosib va mustahkam o‘rin egallaysiz. Hech qachon bo‘sh kelmang, aziz bolalarim, ertangi kun – kelajak sizniki!» deya ta’kidlagani zamirida ham ularga bo‘lgan beqiyos e’tibor va g‘amxo‘rlik mujassam.

Ilmiy-amaliy konferensiyada «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashining raisi B.G’aniyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori M. Aliyev, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari A. Mavrulov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari B.Usmonov va boshqalar ana shular xususida so‘z yuritdi.

Anjuman ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil qilingan ko‘rgazma orqali mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining natijalari bilan tanishdi.

 

Omonulla Fayziyev

«Xalq so‘zi» muxbiri