Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

YOSHLAR HAFTALIGI

Poytaxtimizda «Ertangi kun bizniki, marra bizniki» shiori ostida o‘tkazilayotgan «Yoshlar haftaligi» oldidan OAV xodimlari uchun matbuot-konferensiya tashkil etildi.

«Yoshlar haftaligi» «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, «O’zbekkino» Milliy agentligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi tomonidan o‘tkazildi.

Unda oliy o‘quv yurtlarida fan, ta’lim, madaniyat va san’at yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar, davlat mukofoti, nomdor stipendiya sohiblari, ijtimoiy faol yoshlar, san’at va madaniyat namoyondalari, taniqli ilm-fan arboblari, kino va moda yo‘nalishida ijod qilayotgan xorijiy ekspertlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etadilar.

Anjuman davomida haftalik talaba-yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga, mustaqil fikrlashga, o‘z hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega barkamol avlodni shakllantirishga, yosh avlodning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish va rag‘batlantirishga, talabalar o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhiti, do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirishga, yoshlarni mamlakatimizdagi islohotlarda yetakchi kuch sifatida o‘zini namoyon etish va yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Joriy yilda ilk marotaba tashkil etilayotgan «Yoshlar haftaligi» doirasida: qisqa metrajli filmlar festivali, moda va dizayn festivali, talabalar teatr studiyalari festivali, «Quvnoqlar va zukkolar» tanlovi, «Tafakkur sinovlari» tanlovining final bosqichi, «XXI asr-intellektual avlod asri» shiori ostidagi ilmiy-amaliy konferensiya, «Yangi nigoh» videoroliklar tanlovi sovrindorlarini taqdirlash marosimi kabi tadbirlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

O’ylaymizki, bu kabi tadbirlar yoshlarning har jihatdan kamol topishida muhim o‘rin tutadi. Tanlov g‘oliblari haftalik davomida internet foydalanuvchilari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlab, ularni taqdirlash rejalashtirilgan.

Oila va jamiyat gazetasi muxbiri.