Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Mahorat va iste’dod namoyishi

Poytaxtimizda joriy yil 16-22 noyabr kunlari «Ertangi kun bizniki, marra bizniki!» shiori ostida bo‘lib o‘tadigan «Yoshlar haftaligi» oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk avlodni voyaga yetkazish, ularni ona-Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, iste’dodini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2014 yil 6 fevralidagi «O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish «Iste’dod» jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida uyushtirilayotgan «Yoshlar haftaligi» ham navqiron avlodning jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishini ta’minlash, o‘z bilimlarini mustahkamlashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Haftalik doirasida kino, modda va dizayn, teatr, turizm, ekologiya kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan bilimli yoshlar o‘z mahoratini namoyish etadi. Shuningdek, «Quvnoqlar va zukkolar», «Tafakkur sinovlari» ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi, «XXI asr – intellekutal avlod asri» shiori ostidagi ilmiy-amaliy konferensiya va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mavjuda Xolmatova