Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Tashabbuskor va navqiron avlod

«Yoshlar haftaligi»da o‘z bilim va salohiyatini namoyon etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harkati tomonidan «Ertagni kun bizniki – marra bizniki!» shiori ostida «Yoshlar haftaligi» o‘tkazilmoqda. Haftalikning navbatdagi tadbirlari ham yuksak saviyada bo‘lib o‘tdi.
«XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi yosh olim va talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasida turli soha va yo‘nalishlarda mehnat qilayotgan tadqiqotchilar ishtirok etdi. Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti I. Bobojonov «O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy – siyosiy islohotlarda yoshlarning o‘rni», Toshkent davlat texnika universiteti katta ilmiy xodimi I. Xoliddinov «Past kuchlanishli elektr tarmoqlardagi yuklamalar nosimmetriyaligida qo‘shimcha isrof va elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini qayd qiluvchi «Malika» deb nomlangan qurilmani ishlab chiqish», Buxoro davlat universiteti talabasi S. Ibrohimov «Ingliz tilini o‘rgatuvchi dastur», Moliya vazirligi g‘aznachiligining amaliyot boshqarmasi 1-toifali inspektori E. Turdiyev «Korxonalarda strategik boshqaruv hisobini tashkil qilishning nazariy jihatlari», Toshkent tibbiyot akademiyasi magistranti B. Egamov «Ichki uyqu arteriyalari okklyuziyasi bilan kasallangan bemorlarda tashqi uyqu aretriyalarida rekonstruktiv amaliyotlar» mavzularida yaratgan loyihalarni amaliyotga tatbiq etish borasida o‘z taklif va tavsiyalarni berdi.