O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Monitoring bo`limi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 1 iyuldagi F-1798-sonli Farmoyishining ijrosini ta`minlash maqsadida bo`lim nufuzli chet el oliy o`quv yurtlarini bitirib kelgan «Umid» jamg`armasi granti sovrindorlarining mehnat faoliyati monitoringini olib boradi:

  • Stipendiatlarni ishga taqsimlash bo`yicha Maxsus ishchi guruhiga kerakli ma`lumotlarni tayyorlaydi, stipendiatlarning ishga joylashtirilishi rejalashtirilayotgan korxona va tashkilotlar bilan aloqa o`rnatadi, ularga yosh mutaxassislar to`g`risida ma`lumotlar beradi. Ularning ishga taqsimoti va qayta taqsimoti bo`yicha Maxsus ishchi guruhiga hujjatlarni tayyorlab beradi.
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus ishchi guruhi tahlili uchun materiallar tayyorlaydi, bayonnoma tayyorlashda ishtirok etadi.
  • Yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati monitoringini bevosita ular ishlayotgan tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o`tkazadi. Ishdagi yutuq va kamchiliklar, mavjud muammolarni maxsus tayyorlangan so`rovnomalar va suhbatlar orqali o`rganadi, ularning rahbarlari va hamkasabalaridan yaratilgan shart-sharoitlar, yosh mutaxassislarning ish faoliyatlaridagi samaradorlik, jamoat orasidagi mavqeyini ham maxsus so`rovnomalar yordamida o`rganadi. Ma`lumotlarni jamlaydi, tahlil qiladi va natijalarni Jamg`arma boshqaruviga taqdim etadi.
  • Yosh mutaxassislarning ilmiy-amaliy konferensiyasini o`tkazadi. Ularning ma`ruzalari tezislarini jamlab to`plam shaklida nashrga tayyorlaydi. Konfyeryensiyani yuqori saviyada o`tkazish uchun tashkiliy qo`mita bilan birgalikda barcha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.

Monitoring bo`limi xodimlari haqida ma`lumot

1. Obidov Doniyor Tojiyevich
Bo`lim boshlig`i
Tel: 232-62-18, 232-62-42, ichki tel. 106
E-mail: obidov@istedod.uz

2. Nasritdinova Ma`mura Karimovna
Bosh mutaxassis
Tel: 232-62-40, ichki tel. 131
E-mail: mamura@istedod.uz

3. Otajonova Muborak Turdibayevna
Huquqshunos
Tel: 232-62-40, ichki tel. 226
E-mail: muborak@istedod.uz

4. Ismailov Baxtiyor Abdusattorovich
Yetakchi mutaxassis
Tel: 232-62-40, ichki tel. 225
E-mail: bakhtiyor@istedod.uz