O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

O`qish va malaka oshirishni tashkil etish bo`limi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 1 iyuldagi PF-3272 sonli Farmoni hamda 2004 yil 12 martdagi Jamg`arma Boshqaruvining 2-sonli qarori asosida Jamg`armaning 4 funksional tashkiliy tuzilmasidan biri sifatida «O`quv va malaka oshirishni tashkil etish» bo`limi faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda bo`limda 4 nafar mutaxassis ishlab kelmoqda. Bo`limning tarkibiy tuzilishi quyidagicha: bo`lim boshlig`i (ijrochi direktor o`rinbosari), bosh mutaxassis va 2 yetakchi mutaxassis.

Hozirda bo`lim tomonidan dunyoning Harvard, Cambridge, Sorbonne, Waseda, Maryland kabi nufuzli ta`lim muassasalari va British Council, EUROPA HOUSE, DAAD, JICA kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o`rnatilmoqda va o`zaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni tashkil etish orqali istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar iste`dodining ochilishiga va yuksalishiga ko`mak berib kelinmoqda. 2004-2005 o`quv yilida jami 420 kishi O`zbyekiston Respublikasi Oliy ta`lim muassasalari iqtidorli yosh pedagog-o`qituvchilari Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya, Bolgariya, Rossiya Federasiyasi, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya, Malayziya kabi davlatlarning nufuzli ta`lim mussasalari va ilmiy markazlarida malaka oshirib qaytishdi.

Bo`lim vazifalari

 

  • O`zbyekiston Respublikasi Oliy ta`lim muassasalari iqtidorli yosh pedagog-o`qituvchilarining ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar olib borishlarini rivojlantirish maqsadida chet ellarda malaka oshirib qaytishlari uchun Jamg`arma grantlariga tanlov jarayonini tashkillashtirish va o`tkazish.
  • Jamg`arma granti sovrindorlarini rivojlangan chet mamlakatlarning nufuzli ta`lim va ilmiy markazlariga jo`natishdan oldin tayyorlov ishlarini amalga oshirish va seminarlar tashkil etish.
  • Grant sovrindorlari chet el mamlakatlarida malaka oshirib qaytganlaridan so`ng, malaka oshirish natijalari asosida grant sovrindorlari bilan birgalikda o`quv va metodik qo`llanmalarni yaratish va Respublika Oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilari uchun Jamg`arma bazasida, hamda Respublikamizning barcha viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida o`quv-seminarlarini tashkil qilish.
  • Ilg`or ta`lim va ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar va jamg`armalar bilan o`zaro hamkorlik aloqalarini o`rnatish, rivojlantirish va grantlarda ishtirok etish.
  • O`zbekistondagi chet el va O`zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari bilan ishlash.
  • Chet ellik hamkorlar bilan ilmiy malaka oshirish xarajatlari ro`yxatini tuzish va kelishish, shartnomalar loyihasini tuzishni tashkillashtirish.
  • Matbuot, televideniye, radio va boshqa shularga o`xshash ommaviy-axborot vositalari bilan Jamg`armaning doimiy aloqasini o`rnatish.
  • «Iste`dod» jamg`armasining viloyatlardagi bo`limlari bilan hamkorlik qilish.
  • Chet mamlakatlarning nufuzli oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan «Umid» jamg`armasi grant sovrindorlari monitoringini olib borish.

Bo`lim xodimlari haqida ma`lumotlar

 

1. Mamatova Zulfiya Bafoyevna
Ijrochi direktor o'rinbosari - bo'lim boshlig'i
Tel: 232-62-40, ichki tel. 107
E-mail: 


2. Muxrumbayev Zafar Marupdjanovich
Bosh mutaxassis
Tel: 232-62-40, ichki tel. 111
E-mail: zafar@istedod.uz

3. Khalilova Zukhra Polatovna
Etakchi mutaxassis
Tel: 232-62-40, ichki tel. 111
E-mail: zukhra@istedod.uz