O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Jamg`armaning boshqaruvi


Jamg`armaning rahbar organi Boshqaruv hisoblanadi.

Jamg`arma boshqaruvining tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, mas`ul xodimlari, ta`lim, tashqi ishlar, mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirlaridan iborat. Boshqaruv raisi oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri bo`lib, u Boshqaruvning yig`ilishlariga raislik qiladi.

Boshqaruv yig`ilishlari, zaruratga ko`ra, (kamida 6 oyda bir marta) o`tkaziladi. Boshqaruv qarorlari rais imzolagan buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

Boshqaruvning vazifalari quyidagilardan iborat:

- Jamg`arma faoliyati yo`nalishlarini amalga oshirish;

- har yili Jamg`arma byudjeti va grantlarining malaka oshirish hamda tajriba almashish yo`nalishlari bo`yicha kvotalarini belgilash;

- tanlov asosida Jamg`arma grantlariga loyiq nomzodlarni yosh pedagog va ilmiy kadrlarning o`z sohalarida iste`dodini ko`rsatib, amaliyotda o`zining ilk ijobiy natijalariga erisha olgan istiqbolli mutaxassis bo`lganligini hisobga olgan holda aniqlash;

- xalqaro konferentsiyalar va anjumanlarda ishtirok etish, ishtirokchilar sonini, ularni moliyalash tartibi va mablag`larini belgilash;

- Jamg`arma faoliyatining har yillik rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

- Jamg`arma faoliyatini nazorat qilish va umumiy rahbarlikni amalga oshirish;

- Jamg`arma homiylari bilan aloqalar o`rnatish va hamkorlik qilish, moliyaviy mablag`larni topish va jalb qilish;

- Jamg`arma vazifalarini amalga oshirish uchun tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruhlari tuzish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

- malaka oshirish va tajriba almashuv davrida yosh pedagog va ilmiy kadrlar bilan doimiy aloqa o`rnatish hamda ularning faoliyati monitoringini olib borishni tashkil qilish.