O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Jamg`armaning maqsadi va asosiy vazifalari

       Jamg`armaning maqsadi kadrlar tayyorlashda istiqbolli yosh pedagog va ilmiy xodimlar iste`dodining ochilishiga va yuksalishiga ko`maklashish, ularni jahon amaliyotida qo`llanayotgan yuqori texnologiyalar va ilg`or fan yutuqlari asosida shakllantirish, malakasini oshirish va tajriba almashuvini, xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli xorijiy ta`lim va ilmiy markazlarida Ozbekistonning barqaror rivojlanishi uchun ustuvor yo`nalishlar bo`yicha bilimlarini chuqurlashtirish va ilg`or tajriba orttirishini ta`minlashdir.

        Jamg`armaning vazifalari:

  • mamlakatimizning intellektual salohiyatini, fan, pedagogika va iqtisodiyotimiz tarmoqlarining rivojlanishi darajasini jahonning eng ilg`or ilmiy izlanishlar va yuqori texnologiya yutuqlari darajasiga ko`tarish, O`zbekistonda chuqur tarixiy ildizlarga ega va mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim bo`lgan ilm-fan yo`nalishlarining barqaror rivojlanishini ta`minlashda faol ishtirok etish;
  • dunyoda e`tirof etilgan nufuzli oliy ta`lim va ilmiy markazlar bilan amaliy hamkorlik o`rnatish, o`zaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni tashkil etish orqali istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar iste`dodining ochilishi va yuksalishiga ko`mak berish;
  • mamlakat oliy ta`lim va ilmiy muassasalarida pedagogik va ilmiy faoliyat borasida muayyan erishgan, ilmiy izlanishlarni boshlagan, yuksak ijodiy salohiyat va qobiliyat sohiblari bo`lgan istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning iste`dodini rivojlantirish, ularning Jamg`arma grantlari asosida taraqqiy topgan davlatlarning ilg`or ta`lim va ilmiy muassasalarida nazariya va amaliyotning zamonaviy yo`nalishlari bo`yicha malaka oshirishi hamda maqsadli tajriba orttirishiga, O`zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun ustuvor yo`nalishlar bo`yicha bilimini chuqurlashtirishiga, progressiv ilmiy izlanishlarda ishtirok etishiga ko`maklashish;
  • homiylar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va jamg`armalar bilan o`zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarning investitsiyalarini yosh pedagog va ilmiy kadrlar bilimlarini chuqurlashtirish va malakasini oshirish jarayoniga faol jalb qilish;
  • iste`dodli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning zamonaviy ilg`or bilimlari, jahon darajasidagi ilmiy va texnologik tajribasini mamlakatimiz amaliyotiga tadbiq etishni ta`minlash, ularning pedagogik va ilmiy faoliyati monitoringini uzluksiz olib borish.