O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Mehmonxona boshqaruvi va turizm

«Turizm va mehmonxona servisi» kursining mavzulari


I. TURIZM ASOSLARI


1-mavzu. O`zbekistonda turizm servisini rivojlantirish borasida davlat siyosati (2 soat)
O`zbekistonning turizm resurslari. Turizm faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik. Turizmni rivojlantirish borasida davlat siyosati. O`zbekistonda turizm rivojlanishining yangi an`analari. Turizmga invistisiyalarni jalb qilish yo`nalishlari va istiqbollari. O`zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malaka oshirishlarini tashkil qilish.

2-mavzu. O`zbekistonda xududiy turizmning rivojlanishi (2 soat)
O`zbekistonda turizmni rivojlantirish dasturlari. Turistik tashkilotlarning xududiy rivojlanish dinamikasi. O`zbekistonda mahalliy turizmni rivojlantirish istiqbollari. O`zbekiston xududiylarining turizm resurslari.

3-mavzu. Turizmning milliy iqtisodiyotdagi o`rni (2 soat)
Turizmning milliy iqtisodiyotga bevosita va bilvosita ta`siri. Turizm multiplikatori va uning yuzaga kelish jarayoni. Turizmning davlat byudjetiga ta`siri. Turizm infratuzilmasi. Turizm va xalqaro savdo. Turizmning to`lov balansiga ta`siri. Xalqaro turizm va bandlik. Turizmning ekologik va ijtimoiy - madaniy ta`siri. Turizmning huquqiy asoslari.

4-mavzu. Turizm menejmenti (2 soat)
Xususiy turistik tashkilotlarni boshqarish. Mehmonxonalarning boshqaruv tizimi, boshqaruv turlari, uslublari va shakllari. Korporativ boshqaruv.Turistik korxonalarda xizmat ko`rsatish va mehnat sarflari sifatini boshqarish. Xizmat sifatini boshqarishda standartlashtirish va sertifikasiyalash.

5-Mavzu. Turizm marketingi (2 soat)
Turizm marketingi moxiyati va asosiy tushunchalar Turistik mahsulot tushunchasi. Yangi maxsulot ishlab chiqishning asosiy bosqichlari. Yangi turmahsulotni bozorga tatbiq etish. Baho-marketing strategiyasi. Narx strategiyasini aniqlash va amalga oshirish. Turizm bozorni segmentlash. Segmentlash belgilari. Maqsadli bozorni tanlash. Turistik tashkilotning sotish strategiyasini shakllantirish. Turmaxsulotni sotish tartibi. Marshrutlarni loyihalashtirish va turlarini yaratish jarayonida boshqa korxonalar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish tartiblari.

6-mavzu. Turizmda transport xizmatlarini tashkil etish (2 soat)
Aviatashuvlar va ularda xizmat turlarini takomillashtirish. Turistik charter safarlarini tashkil etish. Temir yo`l va avtomobil transportlarida turistlarga xizmat ko`rsatish. Transfer. Turistlarni qabul qilish va jo`natish.

7-mavzu. Milliy va xalqaro turistik tashkilotlar. Xalqaro turistik yarmarkalar (2 soat)
Milliy va xalqaro turistik tashkilotlar, ularning vazifalari, roli. Xalqaro turistik yarmarkalar. Turizmda reklama.

8-mavzu. Amaliy mashg`ulot (2 soat - turistik tashkilotda)

II. MEHMONXONA SERVISI VA MEHMONDO`STLIK

9-mavzu. O`zbekiston turizm bozorida mehmonxona xizmatlarining o`rni va istiqbollari. Mehmonxonalarning tasniflanish tizimi (2 soat)
Mulk shakliga ko`ra mehmonxonalarning guruhlanishi. Mehmonxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida tutgan o`rni. Xususiy mehmonxonalar. O`zbekistonda mehmonxona xizmatlari bozorining ahvoli. Iste`molchi va xizmat ko`rsatuvchi o`rtasidagi munosabatlar. Turistlar uchun menyu turlari va uni tuzish uslubiyoti.
Mehmonxonalarning toifalari (kategoriyalari). Mehmonxonalarning toifalari bo`yicha tasniflanishi. Nomerlar fondi. Mehmonxonaga standart bo`yicha qo`yiladigan talablar. Xalqaro mehmonxona zanjiri.

10-mavzu. Mehmonxona biznesida mulkchilik munosabatlari (2 soat)
Mehmonxonadagi xizmat turlari. Asosiy va qo`shimcha xizmatlar. Mehmonxonalarning tashkiliy tuzilmalari va ularni boshqarish.

11-mavzu. Mehmonxona biznesi sohasida sifat boshqaruvi (2 soat)
Mehmonxona biznesida sifat tushunchasi. Mehmonxona korxonalarining o`z asosiy maqsadiga erishishida sifatning ahamiyati. Mehmonxonalarda ko`rsatiladigan xizmatlarning sifatiga ta`sir etuvchi omillar.
Yuzaga kelayotgan kamchiliklarning sabablarini aniqlash. Sifatsiz boshqaruv natijasida kelib chiqadigan zarar yoki xatarlar. Daromadni oshirishga ta`sir etuvchi omillar.

12-mavzu. Xizmat ko`rsatish va mehmondo`stlik etikasi (2 soat)
Mehmonxona biznesida mehmondo`stlik. Sifatli xizmat ko`rsatishda mehmondo`stlikning ahamiyati. Mehmondo`stlikka putur yetkazishi mumkin bo`lgan sabablar. Xizmat ko`rsatish standartlari. Xizmat ko`rsatish etikasi. Chet el turistlariga xizmat ko`rsatish qoidalari. Turistlarga xizmat ko`rsatishga qo`yiladigan sanitariya, estetik va gigiena talablari. Mehmonxona biznesida raqobatning roli va ahamiyati.

13-mavzu. Mehmonxona marketingi (2 soat)
Mehmonxonada marketingning roli va ahamiyati. Sifatli xizmat ko`rsatish maqsadida marketing strategiyasini o`rganib chiqish. Mehmonxonalarda marketing bo`limining vazifalari. Mehmonxonalardagi marketing jarayonining bosqichlari.

14-mavzu. Turizm va mehmonxona industriyasida axborot texnologiyalari (2 soat)
Axborot texnologiyalari va turizmning o`zaro bog`liqligi. Turizmda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va kompyuter tizimlarini joriy etish. Global tarqatish va bron qilish tizimlari. Turizmni rivojlantirishda Internetning o`rni.

15-mavzu. Xodimning o`zini tutish madaniyati (2 soat)
Servis xodimlarining o`zini tutish qoidalari. Xodimning mijoz bilan aloqada bo`lish qoidalari. Xodimning boshqa xodimlar bilan o`zaro aloqada o`zini tutishi. Telefonda gaplashish madaniyati. Xodimning tashqi ko`rinishi va shaxsiy gigiyenasiga qo`yiladigan talablar.
16-mavzu. Amaliy mashg`ulot (2 soat - mehmonlarni kutib olish, joylashtirish va kuzatish)

III. TURISTLARGA XIZMAT KO`RSATISH VA SERVIS JARAYONLARINI TASHKIL ETISH

17-mavzu. Turizmda ovqatlanish tarmog`i va marketingi (2 soat)
Mehmonxonalarda ovqatlanish tarmoqlari. Mehmonxona biznesida restoranlar va barlarning o`rni. Ovqatlanish tarmoqlarining toifalanishi. Ovqatlanish sohasida marketing xizmati samarasi oshirish yo`llari. Turistlarni marshrut yo`llarida ovqatlantirishni tashkil etish xususiyatlari.

18-mavzu. Ovqatlanish korxonalariga qo`yiladigan talablar (2 soat)
Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo`yiladigan talablar haqida tushuncha. Ovqatlanish korxonalari toifasini aniqlashdagi xususiyatlar. Korxonadagi mikroiqlim xaqida ma`lumot berish. Oshxona idish anjomlari to`g`risida va ularga qo`yiladigan talablar.

19-mavzu. Zamonaviy restoranlarning interer va jihozlanishi (2 soat)
Restoranlarning joylashuvi haqida. Restoranlarda yoritish tizimlarining ahamiyati. Restoran jihozlari haqida ma`lumot. Restoran jixozlariga qo`yiladigan talablar. Asosiy jixozlar. Stol turlari haqida tushuncha. Restoranlarni jihozlashda milliylikka e`tibor berish masalalari.

20-mavzu. «Prezident oteli»da amaliy mashg`ulot (2 soat)