O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Axborot-ruhiy xavfsizlik

II. «Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik» kursining mavzulari

1-ma`ruza. Kursning predmeti va vazifalari. Asosiy tushuncha va tamoyillar (2 soat).

 


Axborot-psixologik xavfsizlik - fan va ijtimoiy amaliyotning mustaqil hamda muhim yo`nalishi sifatida. Kursning predmeti va vazifalari. Axborot-psixologik xavfsizlik muammosining metodologik, g`oyaviy va uslubiy ko`lamda asoslanishi. «Kalit» tushunchalar izohi: axborot, ommaviy axborot, globallashuv, axborot globallashuvi, ommaviy axborot vositalari (OAV), axborot tizimining ochiqligi, Internet, axborot bosimi, milliy xavfsizlik, axborot xavfsizligi, axborot-psixologik xavfsizlik, auditoriya psixologiyasi, axborot psixologik xavfsizlikning turlari va manbalari. «Axborot-psixologik xavfsizlik»ning kalit tushunchalari va tuzilishi, ob`ekti, uni ta`minlashning muayyan yondoshuvlari (ajralmaslik, uzluksizlik, maqsadga yo`naltirilganlik, rejalilik, yaxlitlik), ijtimoiy immunitet va xavfsizlik yo`nalishlari. Axborot psixologik xavfsizlikni ta`minlovchi uslub va faoliyat yo`nalishlarining asosiy xususiyatlari: siyosiy-huquqiy, me`yoriy-uslubiy, tashkiliy, axboriy, matematik, lingvistik, axloqiy dasturlar.

1-seminar. Kursning predmeti va vazifalari. Asosiy tushuncha va tamoyillar (2 soat).
2- ma`ruza. Axborot va jamiyat taraqqiyoti (2-soat).

Axborot-ma`lumot, ishonch, namoyish etish va insonni anglashdagi bilim sifatida. Shaxs va axborotni takomillashtirish zarurati, ular o`rtasidagi bog`liqlikni uzilish xavfi. Axborotni qabul qilish va undan foydalanishdagi mustahkam yondashuvlar. Axborot shakllari, xususiyatlari va bajariladigan asosiy vazifalar. Axborot - insonning aqliy takomili va yashash tarzi, jamoatchilik va madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlovchi vosita sifatida. Axborot - insonning anglash, madaniy aloqalarni izdan chiqarish, shaxs, jamiyat va davlatni bilishdagi buzuvchi vosita sifatida. Insoniyat taraqqiyotdagi yangi bosqich-axborot asriga o`tish. Axborotning jamiyat, shaxs, davlatni rivojlantirish, hayot va muomaladagi fundamental ahamiyati. Axborotlashgan jamiyatning mezon va me`yorlari. Axborot tizimining hozirgi zamondagi ahamiyati va o`rni.

2-seminar. Axborot va jamiyat taraqqiyoti (2-soat).
3-ma`ruza. Axborot sohasida globallashuv. Ochiq axborot tizimlarining xususiyatlari (2 soat).

Globallashuv - XXI asr dunyo hamjamiyati ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim hodisasi sifatida. Axborot sohasidagi globallashuv. Hozirgi bosqichda axborot globallashuvining mohiyati va asosiy jihatlari. Halqaro axborot ko`lami, uning zamonaviy xususiyatlari va o`ziga xos masshtablari. Zamonaviy xalqaro munosabatlarda axborot ko`lamining oldingi safga chiqishi. Zamonaviy axborot davrining chaqiriqlari, geosiyosiy qarama-qarshiliklar maydonida axborotning xavfga aylanishi. Axborot globallashuvi jarayonida milliy xavfsizlik masalasi. Mass-media va davlat suvereniteti. Jamiyatning axborot infratuzilmasi. Axborot texnologiyasi, axborot resurslari va axborot texnologiyasi, axborot resurslari va axborot markazi. Ochiq axborot tizimlarining tuzilishi. Ommaviy axborot vositalarining zamonaviy tizimi. Hozirgi bosqichda ommaviy axborotning evolyuцiyasi. Interfaol bosqich va uning takomili. Rejalashtirilgan axborot ta`sirlari sharoitida dunyo hamjamiyatining kelajagi. Internet-universal ommaviy kommunikaцiya vositasi sifatida. Virtual tizimda ishlashning shakl va uslublari. Internet-hamjamiyat: uning afzalliklari va xavfi. Axloqqa zid, mavhum, xavfli milliy hamjamiyatlar jarayonlarni boshqarishdagi muammolar undan keladigan xavflarni bartaraf etish. Turli ko`rinishdagi milliy va siyosiy madaniyatlar sharoitida axborotga bo`lgan ehtiyojni tartibga solish. Ob`ektiv axborot ko`lamini shakllantirish imkoniyatlari.

3-seminar. Axborot sohasida globallashuv. Ochiq axborot tizimlarining xususiyatlari (2 soat).
4-ma`ruza. Shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik xavfsizligi-dagi manbalar va ularning turlari (2 soat).

Tahdidlar tasnifi: ob`ekt va unga munosabat, kelib chiqishi, ta`sir xususiyati, zarar ko`lami va miqdori bo`yicha tasnif. Shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari, jamoatchilik fikri va mamlakat ma`naviy yuksalishiga axborot tahdidi. Davlat siyosatini ta`minlashdagi axboriy tahdid. Mamlakat axborot takomilidagi tahdidlar; ichki bozorni axborot bilan ta`minlash; milliy axborot texnologiyalari va resurslaridan foydalanish hamda uni to`plash. Axborot va telekommunikaцiya vosita va tizimlari xavfsizligiga tahdidlar. Axborot - psixologik ta`sir vositasi sifatida. Shaxs axborot-psixologik xavfsizligiga tahdidning manbalari va umumiy tavsifi: tashqi va ichki tahdid, uning tuzilishi hamda mohiyati. Shaxs ruhiyatining bioijtimoiy tabiati, uning xususiyati, shakllanishi va boshqariluvi, kishining shaxsiy tavsifi va axborot-psixologik xavfsizlik tahdidi tizimida uning ahamiyati. Jamiyat axborot-psixologik xavfsizligiga tahdidning manbalari. Axborotda hududiy munosabatlar: axborot olish hududini ta`minlash; shaxsiy hayot va oila siri, sirli yozishmalar daxlsizligini ta`minlash. Axborot ko`lamini shakllantirish, ichki va xalqaro miqyosidagi axborot almashinuvida davlat siyosatidan foydalanish; axborot texnologiyalari oqimiga iqtidorli dasturchilar va boshqa mutaxassislarni yo`naltirish. Axborot-psixologik xavfsizlikni shaxsga ta`sir etuvchi vosita va usullari. Axborotni qabul qilish, qayta ishlash, tarqatish mexanizmlari, jamiyatdagi transformaцiya va qaytalanishi. Shaxs axborot - psixologik xavfsizligiga tahdidning shakllanish omillari, uning ta`sir doirasi kengayishi.

4-seminar. Shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik xavfsizligidagi manbalar va ularning turlari (2 soat).
5-ma`ruza. Ommaviy axborot vositalari va axborot qarama - qarshiligi (2 soat).

Dunyoda axborot o`lchovlarining o`rganilishi. Ba`zi bir davlatlarning axborot bozoridagi hukumronligining oshish tendenцiyasi, xalqlar, davlatlar va madaniyatlar xususida ularning shaxsiy qarashlarini shakllantirishga intilishi. «Birinchi darajali» va «rivojlanmagan» davlatlar haqidagi afsonaning yaratilish ehtimolini mavjudligi. OAV axborot-psixologik urushni olib borish vositasi sifatida. Turli OAV (televidenie, radio, davriy matbuot)ning o`ziga xos psixologik ta`siri. Psixologik ta`sir texnologiyasi. Yuqori texnologiya va ommaviy kommunikaцiya. Internetning paydo bo`lishi va internet jurnalistikasining takomili. Neyrolingvistik dasturlash va doimiy, uzluksiz efirga uzatiladigan televizion xabarlar natijasida turli millat va xalqlar ongiga ta`sirning o`sishi. «Madaniy bosqich» va «inson huquqi»lari ekspanцiyasi tushunchasining mohiyati va uning paydo bo`lish shakllari. Yangilik, uning ko`rinishi va shakllari. Chegaralanmagan jurnalistika; yangiliklarni tiklash yo`llari, faktlarni tartiblash va tahlil etish, yangiliklar blokining tartibi. Axborot urushini aniqlash. Axborot urushi tarkibi: psixologik, elektron va dezinformaцion; axborot hujumi va uning turlari (to`g`ridan-to`g`ri, aylanma), axborot tizimining ishdan chiqishi. Axborot quroli, uning o`ziga xosligi, zamonaviy dunyoda uni qo`llash imkoniyati va ko`lami. Axboriy qarama-qarshilikning maqsadi, vosita va shakllari, uni nazorat etish, jamiyatning umumiy holatiga keltiradigan psixologik zararlari. Ommaviy kommunikaцiya - xorij OAVda axborot ekspansiyasidan himoyalanish, fikrlash va o`zini tutish vositasi sifatida. OAV doirasida xalqaro korporakцiya; dunyo hamjamiyati va ayrim davlatlarda jamoatchilik fikrini shakllantirish mexanizmi sifatidagi o`rni. Xorij matuboti, televidenie, radio va Internetning asosiy qadriyatlari. Xorij OAVning aholiga ta`sir ko`rsatish yo`li, shakl va uslublari. Jamoa ruhiyati va uning o`ziga xos xususiyatlari. Axborot manipulyaцiyasi, uning maqsad va vazifalari, qoida, usul va shakllari Jamoatchilik fikriga ta`sir etuvchi axborotning ijtimioy fenomeni. Ommaviy auditoriyaga psixologik ta`sirning usul va shakllari. Axborotdan foydalanish madaniyati tushunchasi, tuzilishi va mohiyati.

5-seminar. Omaviy axborot vositalari va axborot qarama - qarshiligi (2 soat).
6-ma`ruza. Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta`minlash tizimining mohiyati va unsurlari (2 soat).

O`zbekistonning dunyo axborot tizimiga kirishi: imkoniyatlar, muammo va kamchiliklar, ularni hal etish yo`llari, taraqqiyot istiqbollari. Axborot tizimida O`zbekisonning hayotiy muhim milliy qiziqishlari, mamlakat manfaatlari, dolzarb muammolar va vazifalari. Yagona axborot bozorini davlat ittifoqchilari va strategik hamkorlar ko`magida tashkil etish. Axborot, ommaviy kommunikaцiya sohasida milliy xavfsizlikni ta`minlash tizimining unsurlari: axborot olish va undan foydalanishda insonning huquq va erkinliklarini ta`minlash, davlat axborot tizimlariga fuqarolarning kirish imkoniyati, mamlakatning ma`naviy yuksalishi va jamiyat ma`naviyatining psixologik xavfsizligi, ma`naviy qadriyatlar, vatanparvarlik va xalqparvarlik, madaniy va ilmiy imkoniyatlarni ta`minlash; davlat siyosatiga oid axborotlarni yetkazishni ta`minlash, jamoatchilik, shuningdek, xorijliklarga davlatchilik hayoti va davlatning rasmiy mavqei, muhim ichki va xalqaro hayot muammolari xususida aniq ma`lumotlarni yetkazish. Zamonaviy axborot texnologiyalarni rivojlantirish va mukammallashtirish. Axborot takomili, axborotlashtirish, telekommunikaцiya va aloqa. Zamonaviy axborot resurslarini saqlash va unumli foydalanish, yangi texnologiyalar va yo`nalishilarni shakllantirish; zamonaviy axborot tizimlari xavfsizligi va saqlanganligini ta`minlash, jumladan, davlat hokimiyati organi, mudofaa, moliya-kredit va bank sohasi tizimi.

6-seminar. Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta`minlash tizimining mohiyati va unsurlari (2 soat).
7-ma`ruza. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta`minlashning vazifalari, asosiy faoliyat yo`nalishlari va uslublari (2 soat).

Shaxs, jamiyat, davlat va milliy manfaatlarning axborot-psixologik xavfsizligini ta`minlash bo`yicha vazifalar. Shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik xavfsizligi tahdidiga qarshi asosiy faoliyat yo`nalishi va usullari: siyosiy, huquqiy, ma`naviy-axloqiy, tashkiliy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-tahliliy. Shaxs, jamiyat va davlat axborot-psixologik xavfsizligining siyosiy-huquqiy asoslari. Davlat-jamiyat axborot-psixologik xavfsizlik ta`minotining kafolati. Ochiq axborot tizimi sharoitida axborot-psixologik himoyaning asosiy yo`nalish va foydalanish mexanizmlarini saqlashning majmuaviy choralarini ishlab chiqish va ta`minlash. Ochiq axborot tizimida jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy takomilida axborot-psixologik havfsizlikning ahamiyati. Jamiyatni boshqarish muammolari va asosiy usullari: siyosiy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va axboriy boshqaruv. Hokimiyat va unga ishonch -jamiyat va davlat takomili hamda axborot-psixologik xavfsizlikning asosi sifatida. Konstituцiyaviy tuzumni himoyalash, jamiyat ma`naviyatini mustahkamlash, fuqarolar sog`lig`ini saqlash - axborot-psixologik xavfsizlikning zaruriy sharti sifatida. Axborot olish kafoloti, axborot tarqatishni man etish, shaxsning ijtimioy guruh yoki hamjamiyatining psixologik holatiga salbiy ta`sir etuvchi, ijtimoiy, milliy, etnik, diniy tafovut va kelishmovchiliklarni kuchaytiruvchi, zo`ravonlik va urushni targ`ib etuvchi, pornografiya, maishiy buzuqlik, kishilar mavqeiga, obro`siga ta`sir qiluvchi axborotlarni chegaralash. Axborot-psixologik xavfsizlikning ma`naviy-ahloqiy yo`nalishi. Fuqarolik jamiyati va axborot-psixologik xavfsizlik institutlarini shakllantirish. OAV vakillarining ahloqiy-ma`naviy me`yorlarga rioya qilishi - shaxs, jamiyat, davlat axborot-psixologik xavfsizligini ta`minlashning zaruriy sharti sifatida. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta`minlashning tashkiliy-texnik yo`nalishi, uning asosiy unsurlari: kadrlar, dasturlar ta`minoti va ulardan foydalanish sharoitlari. Ilmiy-tahliliy va o`quv-uslubiy yo`nalish: tuzulishi, o`ziga xosligi, faoliyat yo`nalishlari, vosita bosqichlari.

7-seminar. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta`minlashning vazifalari, asosiy faoliyat yo`nalishlari va uslublari (2 soat).
8-ma`ruza. Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o`zini o`zi himoyalashi (2 soat).

Inson - ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy tizimning asosi. Inson holatining ishontirish, dunyoqarash, ishonch, g`oya, xissiyot, jamoatchilik, javobgarlik, moddiy manfaatdorlik, ehtiyojining qondirilishi, bog`liqlik kabi psixologik jarayonlarga vobastaligi. G`oya va uning paydo bo`lishi, asosiy xususiyati, shakl va turlari. Milliy mustaqillik g`oyasi tushunchasi. Mafkura va uning xususiyatlari, ildizlari, ko`rinishlari, asosiy maqsadlari. Mafkura va davlat, jamiyat, shaxs axborot-psixologik xavfsizligining o`qitish muammolari. Ochiq axborot-kommunikaцiya tizimi sharoitida shaxsda axborot-psixologik xavfsizlikning imkoniyatlari va tahdidini baholash, to`g`ri himoyalanish tartibini shakllantirish. Turli axborot-psixologik vaziyatlarda shaxsning hatti-harakati: psixologik himoyaning tuzilishi va asosiy unsurlari. Ochiq axborot tizimi sharoitida psixologik himoya vositalarining o`zaro bog`liqligi. Foydali va zararli axborot tushunchasi, axborotlarni ikki guruhga ajrata olish ko`nikamasi. Sog`lom munosabatlar, o`z imkoniyati va davlatning imkoniyatlariga nisbatan sog`lom tarbiya - psixologik muvozanatning poydevori. Shaxsning ma`naviy-ahloqiy takomili - axborot-psixologik xavfsizlikning kafolatidir. Ruhiy o`zini o`zi boshqarish.

8-seminar. Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o`zini o`zi himoyalashi (2 soat).
9-ma`ruza. Jamoatchilik fikri va jamiyat axborot-psixologik xavfsizligini ta`minlash (2 soat).

Jamoa fikri va uni psixologik boshqarish texnologiyasi. Jamiyat axboriy immuniteti tushunchasi, maqsadi va vazifalari. Milliy madaniyat, an`ana va urf-odat, fuqarolik mavqei va vatanparvarlik tuyg`usi - ijtimoiy immunitet asosi sifatida. Axborot xavfsizligining asosiy unsurlari: xalqaro munosabatlar va xalqaro xavfsizlik muammolariga mo`ljallangan kompьyuterli kutubxona jamg`armalari, xavfsizlik masalasi bo`yicha hujjat shaklidagi to`liq matnlarni tez topish xizmati tizimi, siyosiy inqiroz va ziddiyatlarni tavsiflovchi rasmiy hujjatlarga binoan tanlangan dunyo voqelarining sharhi, havfsizlik va halqaro munosabatlar ta`limi muammolariga oid xalqaro anjumanlar va uni yoritish. Aniq axborot: ma`lumotlar makoni va statistika. Jamoatchilik fikri - jamoa tafakkurining namoyon bo`lishi sifatida. Uning ijtimoiy faoliyatga munosabati. Jamoatchilik fikri - fuqarolik jamiyati holatining barometri sifatida. Jamaotchilik fikrini shakllantirish va o`rganish - mamlakat hayotidagi kundalik ijtimoiy-siyosiy ramzlar sifatida. Mamlakat takomilining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy masalalari bo`yicha jamoatchilik fikrini ijtimoiy tadqiqi va darajasi tahlili. Jamoatchilik fikri monitoringi va uning nisbiy kengligi. Jamoatchilik fikrini jalb etish va ehtiyoj. Ochiq axborot tizimida qabul qilinayotgan axborotni talqin etish va tushunish. Ijtimoiy tadqiqot - jamoatchilik fikrini shakllantirish mexanizmi sifatida. Axborot-psixologik xavfsizligini ta`minlashda tavakkal (risk) guruhi va uning omillari. Jamoatchilik fikri va ommaviy axborot vositalari. Ochiq axborot-kommunikaцiya sharoitida jamiyatni psixologik himoyalash tizimi: psixologik himoyaning asosiy daraja va yo`nilishi, tashkiliy himoya faoliyatining sub`ekti va texnologiyasi

9-seminar. Jamoatchilik fikri va jamiyat axborot-psixologik xavfsizligini ta`minlash (2 soat).
10-ma`ruza. O`zbekiston ommaviy axborot vositalari va jamiyat psixologik xavfsizligini ta`minlash (2 soat).

Axborot tizimida mamlakat milliy manfaatlari va uni ta`minlash. Respublikada axborot xavfsizligining bugungi holati va uning mustahkamlashdagi vazifalar. Jamiyatning turli qatlamlarida axborot psixologik xavfsizlikni ta`minlash chora-tadbirlari va o`ziga xos xususiyatlari. O`zbekiston Respublikasining axborot va axborot-psixologik xavfsizlikni ta`minlash borasidagi xalqaro hamkorligi. Mamlakat fuqarolari va jamiyatning axborot-psixologik xavfsizligini ta`minlash bo`yicha davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari, uni tadbiq etish tadbirlari. Axborot psixologik xavfsizlik muvaffaqqiyatlarining tashkiliy asoslari. O`zbekistonda axborot bozorini shakllantirish va rivojlantirish O`zbekiston Respublikasining OAV faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonunchiligi. Fuqarolarning davlat axborot tizimiga kirish imkoniyatini ta`minlash. Mahalliy OAV tomonidan mamlakat aholisi psixologiyasini hisobga olish, jamoatchilik fikrini o`ziga xosligi va ijtimoiy vazifalari, aholining milliy mentaliteti. Xorij ommaviy kommunikaцiya vositalarining ta`sir doirasi kuchayishi jarayonida mustahkam psixologik mo``tadillikning usul va vositalari. O`zbekiston xalqlarining tarixiy, madaniy, ma`naviy qadriyatlari - mahalliy OAV faoliyatining ustuvor yo`nalishi. Aholi va xorijliklar auditoriyasiga jamiyatdagi yangilanishlar va demokratlashtirish, islohotlar va mamlakatni modernizaцiyalash xususida ishonchli ma`lumotlarni yetkazish, davlat siyosati axborotini ta`minlash, O`zbekistonning ichki va tashqi hayotidagi muhim voqealar borasidagi rasmiy mavqeini yetkazish.

10-seminar. O`zbekiston ommaviy axborot vositalari va jamiyat psixologik xavfsizligini ta`minlash (2 soat).
III. «Ochiq axborot tizimida axborot – psixologik xavfsizlik» kursining o`quv – mavzuli rejasi

(TABLE)

IV. «Ochiq axborot tizimida axborot – psixologik xavfsizlik» kursi bo`yicha olingan bilimlarni mustahkamlash uchun
S A V O L L A R
(Mustaqil ta`lim 10 soat)


1. Asosiy atama va tushunchalar. 2. Ochiq axborot tizimida axborotlashgan jamiyatning o`ziga xos xususiyatlari. 3. Axborot xavfsizligining siyosiy –huquqiy aspektlari (xorij mamlakatlari tajribasi) 4. Axborot tizimida O`zbekistonning milliy manfaatlari. 5. Axborot – psixologik xavfsizlik tushunasi. 6. Axborot – psixologik xavfsizlik tahdidlari tasnifi. 7. Jamiyat, shaxs va davlatning axborot, axborot – psixologik xavfsizlikdan himoyalanish o`zini o`zi himoyalash) usul va yo`llari. 8. Axborot, axborot – psixologik xavfsizlikning xalqaro aspektlari (jihatlari) 9. OAV va jamoatchilik fikri. OAVning jamoatchilik fikrini shakllantirish jarayoniga ta`siri: O`zbekiston tajribasi.

V. «Ochiq axborot tizimida axborot – psixologik xavfsizlik» kursi bo`yicha yoziladigan referatlarning taxminiy mavzulari:

1.Axborot asri haqida tushuncha va uning xususiyatlari. 2.Axborotlashgan jamiyatning o`lchovi va o`ziga xosligi. Ochiq axborot tizimining tuzilishi. 3.Axborot – psixologik xavfsizlikning xalqaro va milliy aspektlari. Axborot tizimida O`zbekistonning milliy manfatlari. 4.Axborot glballashuvi sharoitida shaxs, jamiyat va davlat axborot – psixologik xavfsizligi himoyasining usul va yo`llari. Axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish. 5.Axborot qarama - qarshiligi va OAV. 6.O`zbekistonda axborot bozorini shakllantirish hamda rivojlantirish. Respublika OAV tizimi va tuzilishi, ular faoliyatining huquqiy asoslari. 7.«Ochiq axborot tizimlarida axboriy-psixologik xavfsizlik» fani zaruratining konцeptual, metodologik va metodik asoslab berish. 8.Axboriy-psixologik xavfsizlikning asosiy yo`nalishlari va ko`rinishlari. 9.Globallashuvning belgilari va turlari. 10.Virtual axborot makonining asosiy xususiyatlari. 11.Axborot makoni globallashuvi sharoitida milliy va axboriy xavfsizlik masalalari. 12.Axborot urushi, uning ko`rinishlari. 13.Axborot manipulyaцiyasining xususiyatlari, maqsad va vazifalari, qonuniyatlari, shakli va usullari. 14.Axborot tahdidi, uning sabablari, yo`llari va tahdidlar tasnifi. 15. Davlat siyosatining axboriy ta`minotiga tahdidlar. 16. Jamiyatning axborot-psixologik xavfsizligiga tahdidlarning ko`rinishlari, manbalari va oqibatlari. 17.Shaxsning axborot-psixologik xavfsizligiga tahdidlar tavsifi va manbalari. 18. Axborot sohasidagi huquqiy munosabatlar: axborot olish kafolatlari, shaxsiy hayotga aralashmaslik va boshq. 19. Destruktiv axborot bilan kurashish yo`llari. 20. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish – axborot xavfsizlik yo`li sifatida. 21. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta`minlashning ma`naviy-ma`rifiy xususiyatlari. 22. Psixologik o`zini o`zi boshqarish va psixologik barqarorlikka erishish masalasi. 23. Bugungi O`zbekistonda ommaviy axborot vositalari tizimi va uning rivojlanish tamoyillari. 24. OAV bo`yicha O`zbekiston qonunchiligi. 25. OAV va milliy mentalitet. 26. Har bir OAVning inson ongiga o`ziga xos psixologik ta`sir o`tkazish texnologiyasi. 27. Onlayn jurnalistikaning yutuqlari. 28. Onlayn jurnalistikaning kamchiliklari. 29.Jurnalistika erkinligi muammosi. Referatlar 12 betdan iborat bo`lishi va payshanba kunining ohirgi darsida malaka oshirish kursining rahbariga topshirilishi shart. Rahbar referatlarni 20 ballgacha baholaydi. Referatlar har bir tinglovchi tomonidan ochiq himoya qilinishi mumkin. Zarurat paydo bo`lganda referatlar tayyorlash va ularni himoya qilish boshqa mashg`ulot bilan almashtirilishi mumkin.