O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Innovatsion texnologiyalari

«Innovasion texnologiyalar» kursining dasturi va mavzulari

1-mavzu. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va o`qituvchiga qo`yiladigan talablar (2 soat)
Oliy maktab rivojining yangi bosqichi. Oliy maktab shakllanishining asosiy tamoyillari. Oliy maktabda ta'lim jarayoni. Davlat ta'lim standartlari, oliy maktabning o`quv rejalari. Oliy maktab o`qituvchisining kasbiy-pedagogik faoliyati. Oliy maktab o`qituvchisi shaxsiga qo`yilgan talablar. O`qituvchining pedagogik qobiliyati. Pedagogik qobiliyatlar guruhi. O`qish va o`qitish bo`yicha qobiliyatlar. Tarbiya jarayoniga yo`naltirilgan pedagogik qobiliyatlar.
Pedagogik muloqot qobiliyatlari. Kommunikativ qobiliyatlar. Oliy maktab o`qituvchisi faoliyati turlari. O`quv pedagogik faoliyatlar. O`qituvchining ilmiy tadqiqot faoliyatlari. Nazariy va amaliy faoliyat. O`qituvchi pedagogik faoliyatining tarkibiy qismlari: konstruktiv, tashkiliy, gnostik, kommunikativ. Oliy maktab o`qituvchisining faoliyatiga qo`yiladigan baho darajasi. Reproduktiv, adekvativ, lokal modullari. Modul tizimi. Modul tizimli faoliyat. Oliy maktab o`qituvchisi faoliyatining pedagogik masalalari. Dolzarb masalalar.

2-mavzu. Oliy maktab o`qituvchisi innovasion faoliyatining xususiyatlari va nazariyasi (2 soat)
Innovasion jarayonning hayot sikli konsepsiyasi. Innovasion jarayonlarning shakllari. Yangi pedagogik innovasion tushunchalar. Xususiy yangilik, shartli yangilik, mahalliy yangilik, subektiv yangilik. Innovasion jarayon tuzilmasi. Oliy maktab o`qituvchisi innovasion faoliyatiga akmeologik yondashuv.
O`qituvchining innovasion faoliyatini shakllantirish sharoitlari. Innovasion faoliyatning asosiy vazifalari. Innovasion faoliyatlarning mohiyatlari. Innovasion faoliyatlarga asosiy tavsiflar. O`qituvchining innovasion faoliyatga tayyorgarligi.

3-mavzu. Oliy maktab o`quv jarayonining o`ziga xos xususiyatlari (2 soat)
Oliy maktabda o`qishni tashkil qilishning shakl va metodlariga qo`yiladigan zamonaviy talablar. Oliy maktabda o`qitish shakli va metodlarini sinflarga ajratish. Ma'ruzalarning didaktik shakllari: amaliy mashg`ulot, mashq, seminar, laboratoriya mashg`uloti va mustaqil ishlar. Oliy maktabda o`qitish metodlari va ularni tasniflash. Ana'naviy va noana'naviy o`quv mashg`ulotlari.

4-mavzu . Talaba. Talaba shaxsi rivojlanishiga ilmiy yondashuv. Talaba shaxsi. Shaxs rivojining umumiy qonuniyatlari (4 soat)
Talaba shaxsi rivojining omillari, shaxsiy sifatlar darajasi.
Talaba shaxsiga sosiogenetik va psixogenetik yondashuvlar. Psixodinamik yondashuv. Kognivistik nazariya. Shaxsiy yo`nalganlik. Talabaning ongli faoliyati.
«Ongli faoliyat» tushunchasi. Ongli faoliyatning faollashuvi. Ongli qiziqish. Ongli faollik. Ongli mustaqillik.

5-mavzu. Pedagogik texnologiyaning ilmiy - nazariy asoslari (4 soat)
Pedagogik texnologiya tushunchasi. Pedagogik texnologiyaning asosiy vazifalari. Pedagogik texnologiya darajalari. Umumiy pedagogik texnologiya. Xususiy – metodologik texnologiya. Modul texnologiyasi. Pedagogik texnologiya tuzilmasi.

6-mavzu. Oliy maktabda muammoli ta'lim (4 soat)
Muammoli o`qitishning mohiyati. Muamolli vaziyat. Muammoli vaziyat belgilari va o`quv muammosi. Shartli muammoli o`qitish. Muammoli ta'limning asosiy metodi. Muammoli vaziyatlar. Muammoli seminarlar. Muammoli amaliy mashg`ulotlar. Ana'naviy va rivojlantiruvchi ta'lim.

7-mavzu. O`yin texnologiyalari (4 soat)
O`yinli faoliyat. O`yin tuzilmasi. O`yin modifikasiyasi. Imitasion O`yinlar. Rolli O`yinlar. Ishbilarmonlik O`yinlar. Psixodramma va sosiodramma o`yinlari. Bahs o`yinlari. Bahs-munozara turlari: evristik, mantiqiy, so`fiylik, avtoritar, tanqidiy, demogogik, pragmatik.

8-mavzu. Murakkab vaziyatlarni qo`llash texnologiyasi (4 soat)
Vaqtincha chegaralanganlik texnologiyasi. To`satdan to`xtatish texnologiyasi. Yangi variant turlari texnologiyasi. Axborot ta'minot texnologiyasi. Axborot yetishmovchilik texnologiyasi.

9-mavzu. «Aqliy hujum» texnologiyasi (4 soat)
To`g`ridan-to`g`ri jamoaviy «aqliy xujum» texnologiyasi. «Aqliy hujum» texnologiyasi. «Aql bilan ishg`ol qilish» texnologiyasi.

10-mavzu. Ijodiy masalalarni hal qilish texnologiyasi (2 soat)
Qora quti metodi. Kundaliklar metodi. «6-6» metodi.

11-mavzu. Sinetik texnologiya (2 soat)
Muammoning qo`yilishi. Izlanish maqsadi. Masalalarni hal qilish, analog. Izlanish: to`g`ridan- to`g`ri, shaxsiy, ramziy, xayoliy fantastik.

12-mavzu. Ta'limning interfaol strategiyalari (4 soat)
Tanqidiy tafakkur texnologiyalari. Tanqidiy jarayonning tahlili. Chaqiriq, fikrlash, tafakkur yuritish bosqichlari. Debatlar texnologiyasi.

13-mavzu. Mualliflik texnologiyasi (4 soat)
Pedagogik hamkorlik texnologiyasi. Ta'limning intensifikasion texnologiyasi. Ta'limning differensial texnologiyasi. Individual (yakkama-yakka) ta'lim texnologiyasi.