O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Yoshlarning boshqaruv mahorati

« Yoshlarda rahbarlik mahorati »
maxsus kursining dasturi va mavzulari

1-mavzu. Rahbar mehnatini tashkil etish. Jamoada nizolarning oldini olish va bartaraf etish usullari (2 soat).

 


Rahbarning ish kuni davomida bajaradigan vazifalari. Rahbarning ish kunini oqilona rejalashtirish. Uning ish vaqtini tejash yo`l-yo`riqlari. Tashrif buyurganlarni kengash raisi tomonidan qabul qilish tartibi. Rahbarning ishga munosabati. Nizolarning tarkibi va mazmuni. Nizolarning hayotda uchraydigan turlari va ularning oldini olish yo`llari. Nizolarni hal etish yo`llari. Rahbar va talabalar kengashi raisining madaniyati.

2-mavzu. Yosh mutaxassislarning tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyatlarini shakllantirish. Rahbarlik psixologiyasi (3 soat).

Shaxsda boshqaruv va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish. Ta`lim - tarbiya jarayonini boshqarish. Oliy o`quv yurtida sog`lom psixologik muhit yaratish. Tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatida individual uslub. Tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyatlarini shakllantirishning ijtimoiy - psixologik shart - sharoitlari. Psixologik bilimlarning rahbar faoliyatidagi o`rni va ahamiyati. Psixosotsiotiplar va ularning mohiyati. Liderlik va rahbarlik, rahbarlik jarayoni bosqichlari. Boshqaruv uslublari. Rahbarga qo`yiladigan psixologik talablar.

3-mavzu. Jamoa bo`lib ishlash. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish (2 soat).

Boshqaruvchilik jamoasi va uning xususiyatlari. Boshqaruvchilik jamoasining mehnat jamoasiga nisbatan afzalliklari. Jamoa rahbarining vazifallari. Axil boshqariladigan jamoa yaratish yo`llari. Qarorni qabul qilish jarayoni va shart-sharoitlari. Ma`muriy hujjatlar. Qaror qabul qilish usullari: ekspert baholash, hisoblash-tahliliy, mantiqiy va evrika usullari. Qaror qabul qilish algoritmi: qarorni tayyorlash, qabul qilish va joriy etish. Hozirgi zamon talabalar kengashlarining boshqaruvi muammolari. Boshqaruvda talabalar kengashlari rahbarlarning roli: faol va tashabbuskor munosabat. Boshqaruv faoliyatining samarasini oshirish yo`llari.

4-mavzu. Sport musobaqalarini tashkil etish va o`tkazish usullari (2 soat).

Ta`lim muassasalarida sport oyligi, sport haftaligi, sport kunlari tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish usullari. Sport ustalari, jahon va Osiyo chempionlari bilan talabalarning davra suhbatlarini tashkil etish orqali ularning sportga qiziqishini oshirib borish jarayoni to`g`risida. Talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish. Universiada musobaqalarida etakchilarning sport musobaqalaridagi tashkiliy ishtiroki, yakuniy qismida e`tibor beriladigan holatlar.

5-mavzu. «Kamolot» kecha, bugun va ertaga (2 soat).

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalaridagi boshlang`ich tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish. Respublika bo`yicha «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining ta`lim muassasalari, tashkilotlar va myohnat jamoalaridagi boshlang`ich tashkilotlari etakchilari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatish va ular bilan maqsadli loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish, o`quvchi-talabalarga amaliyotlarini mazmunli o`tkazishda yordam berish. O`quvchi-talabalarning o`qish va turar joylarida istiqomat qilishi jarayonilarida ularning qonuniy manfaatlarini va huquqlarini har tomonlama himoya qilishda, ijtimoiy himoyaga muhtoj o`quvchi-talabalarga moddiy yordam ko`rsatishda «Kamolot» faollarining roli.

6-mavzu. Talabalar turar joyi va unda ishlashning o`ziga xos tomonlari (2 soat).

Talabalar turar joylarida o`z-o`zini boshqarishni tashkil etish. Yotoqxonalarda yaratilgan sharoitdan to`g`ri foydalanish. Yotoqxona binolari va ulardagi jixozlarni asrash. Talabalar nomidan zarur hollarda yuqori tashkilotlarga muammolar bo`yicha bildirishlar tayërlash va kiritish yo`llari. Kursning o`quv - tematik rejasi (TABLE)