O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

«Ta'lim muassasasini boshqarish mahorati» maxsus kurs

«Ta'lim muassasasini boshqarish mahorati» maxsus kursining dasturi va mavzulari

 

1-mavzu. Ta'lim tizimida yoshlar tarbiyasi va «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» asaridan kelib chiqadigan vazifalar (2 soat).
Ma'naviy barkamollikka erishish zaruriyati, yoshlarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini yuksaltirish ahamiyati. Shaxs ma'naviyatini yuksaltirish, diniy bag'rikenglik madaniyati (diniy tolerantlik), siyosiy-huquqiy bilim va madaniyat, ekologik bilim va madaniyat, sog'lom turmush tarzi va jismoniy madaniyat, mafkuraviy immunitet va g'oyaviy kurashchanlikni shakllantirish mazmuni va vazifalar.


2-mavzu. «Barkamol avlod yili» Dasturi, unda ta'lim sohasiga quyilgan vazifalar va ularni amalga oshirish yo'llari (2 soat).
«Barkamol avlod yili» Dasturining mazmuni: - o'quvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish; - onalar va bolalar reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktikaga asoslangan sog'liqni saqlash tizimini ustivor rivojlantirish, tibbiy xizmat moddiy-texnika bazasini mustahkamlash asosida sog'lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish; - ta'lim sohasida moddiy-texnika bazasi shakllantirilishi va undan samarali foydalanishni ta'minlash, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarda talab qilinayotgan mutaxassislarni tayyorlash, davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish; - ta'lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ta'lim muassasalari o'quv-laboratoriyalar bazasini mustahkamlash, o'qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma'naviy rag'batlantirish-ning samarali tizimini shakllantirish hisobiga mamlakatimiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'qitish sifatini tubdan yaxshilash; - zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o'zlashtirish; - o'quvchilarni jismonan barkamol etib tarbiyalash, yoshlar sportini rivojlantirish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, o'quvchilarni sport bilan muntazam shug'ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini qurish va jihozlar, ularni yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan mustahkamlash; - akademik litsey va kasb-hunar kollej bitiruvchilarini, ayniqsa qishloq joylarida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish; - fanni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda iqtidorli o'quvchilarni faoliyatiga faol jalb etish; - ijodkor iste'dodlarni qobiliyatini aniqlashga ko'maklashish; - yosh oilalar to'g'risida g'amxo'rlikni kuchaytirish, ularning huquqiy va ijtimoiy muhofazasini ta'minlash, sog'lom va mustahkam oila qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish; - o'quvchilar o'rtasida sog'lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularning giyohvandlik, axloqsizlikdan, chetdan kirib keladigan ekstremistik markazlar hamda past saviyalik «ommaviy madaniyat» illatlarining zararli ta'sirlari, tahdididan muhofaza qilish; - «Barkamol avlod yili» Davlat dasturining maqsadi, mazmuni va ahamiyati to'g'risida ommaviy axborot-tushuntirish ishlarini tizimli asosda tashkil etish.


3-mavzu. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda muloqot psixologiyasi. Muammoli vaziyatlar va nizolarni bartaraf etish usullari (2 soat).
Muloqot psixologiyasi haqida tushuncha. Shaxslararo munosabat o'rnata olish qobiliyati. Muloqot madaniyati. Attraktsiya. Muammoli vaziyat tushunchasi. Permanent nizolar. Muammolarni avtoritar tarzda bartaraf etishning zarari. Avtoritet omilining o'rni. Rahbarning jamoatchilik e'tiboriga sazovor shaxslar fikriga tayana olish mahorati. Simpatiya va antipatiya omillarining boshqaruvdagi o'rni. Muammolar yechimining vaqt hukmiga qo'yilishi. Nizolarni bartaraf etishdagi yondashuvlar. Nizolarning sinflari. Akademik litsey va kasb-hunar kollej hayotida va shaxsiy munosabatlar asosida yuzaga keluvchi ziddiyatlar. Sog'lom raqobat ruhi. Nizolarni bartaraf etishda integrativ uslublar.


4-mavzu. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini boshqarishdagi huquqiy masalalar va ularni hal qilish yo'llari (2 soat).
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy – me'yoriy hujjatlar va ularni ijro etish har bir xodimning burchi ekanligi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'qituvchilarning mehnat kodeksiga amal qilish me'yorlari, ularni buzish hollari. Me'yoriy hujjatlar talablari buzulishining oldini olish chora-tadbirlari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining ichki tartibini rasmiylashtirish va unga rioya etilishini talab etish.


5-mavzu. Ta'lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish va boshqarish (2 soat).
Ta'lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish maqsadi, vazifasi, shakllari: ta'lim muassasalarida ichki nazoratni rejalashtirish va amalga oshirish bosqichlari, jarayonlarni baholash mezonlarini ishlab chiqish hamda nazorat qilish, kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish, tashqi nazorat- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o'tkazish maqsadi va vazifalari, mohiyati, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10-fevralidagi 21-son qarori bilan tasdiklangan «O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizom», O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim vazirligi, Xalq ta'lim vazirligining 2008 yil 12 iyundagi «O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o'tkazish mezonlari va texnologiyalari bo'yicha yo'riqnoma» 01-193.173.25-sonli Qo'shma qarori asosida ta'lim muassasalarida attestatsiya jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish texnologiyasi, attestatsiya natijalarini hujjatlarda rasmiylashtirish.


6-mavzu. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari rahbarlarini mehnatini tashkil etish (2 soat).
Akademik litsey va kasb-hunar kollej rahbarining ish kuni davomida bajaradigan vazifalari. Akademik litsey va kasb-hunar kollej rahbarining ish kunini oqilona rejalashtirish. Uning ish vaqtini tejash yo'l-yo'riqlari. Akademik litsey va kasb-hunar kollej rahbari faoliyatini tashkil etishda uning bioritmlaridan foydalanish. O'quvchilarning ota-onalari va xodimlarni rahbar tomonidan qabul qilish yo'llari. Rahbarning ishga munosabatining turlari. Rahbar qabulxonasining jihozlanishiga bo'lgan talablar.


7-mavzu. Akademik litsey va kasb-hunar kollejida boshqaruv psixologiyasi (2 soat).
Rahbar shaxsiga qo'yiladigan talablar. Boshqaruv uslublari. Rahbar imidji. Rahbarlik muloqoti va uning bosqichlari. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish. Guruhlar psixologiyasi. Muassasa faoliyatini va xodimlarni boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari. Xodimlar motivatsiyasini boshqarish. Boshqaruv texnologiyalari. Rahbarga qo'yiladigan psixologik talablar. Rasmiy va norasmiy munosabatlar. Shaxsga yo'naltirilgan yondoshuv.


8-mavzu. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ijtimoiy-psixologik xizmatni tashkil etish va boshqarish (2 soat).
Ijtimoiy-psixologik xizmat to'g'risida ma'lumot. Psixologik xizmat maqsad va vazifalari. Ijtimoiy-psixologik xizmatni tashkil etish tamoyillari. Psixologik xizmatni tashkil etish va boshqarish. Ta'lim muassasasidagi ijtimoiy-psixologik xizmatni samaradorligini oshirish uslublari. Talabga javob beradigan mutaxassisni tanlash, mutaxassisga to'g'ri talab qo'yish, unda mehnat faoliyatiga ijobiy hamda ijodiy motivatsiyasini shakllantirish. Ijtimoiy-psixologik xizmatni tashkil etish va boshqarishning asosiy yo'nalishlari.


9-mavzu. Iste'dodli o'quvchilar psixologiyasi. Iste'dodli o'quvchilar bilan ishlash (2 soat).
Iste'dod va faoliyat. Ko'p qirrali qobiliyatlar va ehtiyojlarni aniqlash usullari. Iste'dodli o'quvchilar shaxsi, uning irodaviy va hissiy jihatlari. Iste'dod va ruhiy taraqqiyotda chekinishlar, iste'dodning shakliy va mazmuniy tarkibi. Ijodiy iste'dod va shaxs. Iste'dodda individuallik, shaxs daxlsizligi. Jamiyat nazari. Rivojlantiruvchi ta'lim dasturlari. Xalqaro tajribalar. Iste'dodli o'quvchilar psixologiyasi. Iste'dodli o'quvchilar bilan ishlash yo'llari.


10- mavzu. O'quv-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalar (2 soat).
Hozirgi zamon pedagogikasida pedagogik texnologiya, uning mohiyati va tizimi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejida o'qitishni tashkil qilishning shakl va uslublariga qo'yiladigan zamonaviy talablar. Akademik litsey va kasb-hunar kollejida o'qitish shakli va uslublari. Pedagogik hamkorlik texnologiyasi. O'quv jarayonida interfaol uslublar va ulardan foydalanish uslubiyoti. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tarbiyaviy jarayon va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.. O'quvchilarni bilish faoliyatini takomillashtirishga yo'naltirilgan tarbiyaviy ishlarni boshqarish.


11-mavzu. Moliyaviy menejment (2 soat).
Kasb–hunar ta'lim muassasalarini moliyalashtirish turlari. O'qituvchilar va ishlab chiqarish ta'limi ustalari ish vaqtini me'yorlashtirish, ularga ish haqi to'lash, tarifikatsiya qilish va pedagogik yuklamani rejalashtirish.O'rta maxsus, kasb – hunar ta'lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag' topish faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish. O'rta maxsus, kasb – hunar ta'lim muassasalarini moliyalash va byudjetdan tashqari mablag' topish faoliyatini tashkil etishdagi me'yoriy xujjatlarini rasmiylashtirish.


12-mavzu. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimida ijtimoiy hamkorlik bo'yicha (2 soat).
O'zbekiston Respublikasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida ijtimoiy hamkorlik to'g'risida Nizom. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi ta'lim muassasining Vasiylik Kengashini tashkil etish bo'yicha tavsiyalar. Ijtimoiy hamkorlik strategiyasi. Mehnat bozori to'g'risida axborotga ega bo'lish. Mutaxassislarni tayyorlash mazmuni bo'yicha ish beruvchilar talablarini hisobga olish. Ish beruvchilar talablariga javob beruvchi mutaxassislar tayyorlanishini ta'minlaydigan yangi o'quv ashyolari va dasturlarini ishlab chiqish, eskilariga esa o'zgartirishlar kiritish. O'quvchilar amaliyotini tashkil etish borasida keng imkoniyatlarga ega bo'lish. Eng yangi asbob-uskunalar turlari va texnologik jarayonlar bilan tanishtirish maqsadida o'qituvchilarning qisqa muddatli malaka oshirishlari (stajirovkasi)ni tashkil etish. Bitiruvchilarni ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish. Ijtimoiy hamkorlik bo'yicha kompleks shartnomalar.


13-mavzu. Ta'lim xizmatlari marketingi va ta'lim muassasasida kasb-hunarga yo'naltirish ishlarini tashkil etish (4 soat).
Marketing tushunchasi va uning ta'lim sohasidagi ahamiyati. Ta'lim sohasida marketing xizmatining vazifalari. Kasb-hunar kollejlarida marketing bo'liminig tuzilmasi. Kasb-hunar kollejlarida marketing bo'limidagi marketologlarning lavozim vazifalari Kasb-hunar kollejlarida marketing bo'limidagi marketologlarning lavozim vazifalari. Mehnat bozoriniig tarkibiy qismlari. Mehnat bozorining amal kilish shartlari. Mehnat bozorining sinflanuvi. Mehnat bozorining amal qilish mexanizmi va uni tahlil qilishga yondashuvlar. Mehnat bozori xususiyatlari va talablarini tadqiq etishdagi o'ziga xos xususiyatlar.


14-mavzu. Axborot va kompyuter texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etish yo'llari (2 soat).
Axborot texnologiyalari: tushuncha va ta'riflar. Kompyuter va uning asosiy qurilmalari vazifasi. Kompyuterning dasturiy ta'minoti. Internet va undan o'quv jarayonida foydalanish yo'llari. Internetdan foydalanib fanga oid qo'shimcha materiallar izlash va ulardan foydalanish.


15-mavzu. Yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosini ta'minlash (2 soat).
Vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo'limlarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomi ahvoli monitoringi. Ijro intizomini nazorat qilishga oid hujjatlar. Ijro intizomi monitoringini olib borish tartibi va uni joylarda tadbiq etish yo'llari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ijro intizomi va uni nazorat etish yo'llari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejida ijro intizomi bo'yicha ichki monitoring olib borish.