O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Zamonaviy pedagog

«Zamonaviy pedagog» kursining dasturi va mavzulari

1-mavzu. Huquqiy savodxonlik, qonunga itoatkorlik, davlat tizimiga hurmat va fuqarolik burchiga sadoqat shaxs ma'naviy barkamolligi mezonlari sifatida. Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari (2 soat).
Huquqiy savodxonlik. Qonunlar mohiyatini tushunish, ularga itoat etish, har bir shaxsning o`z fuqarolik burchini tushunib yetishi, o`z huquqlarini himoya qila bilishi - huquqiy savodxonlik va ma'naviyatlilik belgisi. Demokratiya va huquqiy savodxonlik.
Huquqiy savodxonlikni yuksaltirish, fuqarolarning davlat tizimiga hurmatini, qonunlarga itoatkorlik ruhiyatini va fuqarolik burchiga sadoqatini takomillashtirish -umummilliy ma'naviy taraqqiyot zarurati. Fuqarolar hamjihatligini ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish adolatli davlatning ma'naviy-ma'rifiy vazifasi sifatida.

2-mavzu. Komil inson tushunchasi. Uning sharqona ta`rifi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlarida ma`naviy barkamol insonni tarbiyalash g`oyalari. Vatanparvarlik, insonparvarlik va o`z eliga sadoqat shaxs ma`naviyati mezonlari sifatida (2 soat).
Komil inson ta`rifi. Tasavvuf ta`limotida komil inson g`oyasining mohiyati. Ma`naviy barkamollikka erishishi zaruriyati insonning aqliy, axloqiy, ma`naviy fazilatlarini yuksaltirish ahamiyati. Kishining chuqur va zamonaviy bilimga, keng dunyoqarash, mustaqil fikrlash salohiyatiga ega bo`lishi, yuksak ma`naviy kamolot sohibiga aylanishining asosiy sharti sifatida.
Ma`naviy barkamollikning qirralari va asosiy mezonlari. Barkamol insonning sharqona fazilatlari, Sharq xalqlari tarbiya tizimi va uslubining o`ziga xos xususiyatlari.
I. Karimov ilgari surgan: «Aql-zakovatli, yuksak ma`naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina oldimizga qo`ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi», - degan konseptual g`oyaning mazmuni, uni amalga oshirish yo`llari va vositalari.
Vatanparvarlik tushunchasi. Yagona zamin va yagona taqdir tushunchalarining ma`naviy ildizlari. «Vatanni sevmoq - imondandir» hikmatining mazmuni va unga amal qilish har bir shaxsning insoniy burchi ekani. I. Karimov o`rtaga tashlagan: «Biz fidoyi vatanparvarga tayanamiz», «Ozod va obod vatan, erkin, farovon hayot» va «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», - degan g`oyalarining mohiyati va ularni yoshlar ruhiyatiga singdirishning zarurati. Milliy mustaqillikni mustahkamlash - vatanparvarlik va insonparvarlikning muhim belgisi. Insonparvarlik tushunchasi. Insonparvarlikning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy-ma`rifiy qirralari. Millatning kelajagi yo`lida qayg`urish har bir ma`naviyatli insonning burchi ekani.

3-mavzu. Imon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, e`tiqod, poklik, halollik va vafodorlik - shaxs ma`naviy fazilatlari (2 soat).
Imon tushunchasi. Imonli shaxs ma`naviy qiyofasining mohiyati. E`tiqod tushunchasi. Uning kishi ongi va dunyoqarashidagi o`rni. Diyonat tushunchasi, diyonatlilik yuksak ma`naviy fazilat ekani, uning shaxs amaliy hayotidagi o`rni. Adolat tushunchasi. Odillik va to`g`rilik mezoni, uning ma`naviy qiymati. Mehr-shafqat tushunchasi. Diyonat va mehr-shafqat tushunchalarining o`zaro uzviy bog`liqligi va ma`naviyat tizimidagi ahamiyati.

4-mavzu. Milliy o`zlikni anglash, uni mustahkamlash va millatlararo totuvlikni ta`minlash - shaxs ma`naviyati belgilari (2 soat).
Milliy o`z-o`zini anglash millat abadiyligini ta`minlovchi omil sifatida. «Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak» g`oyasining milliy o`z-o`zini anglashni rivojlantirishdagi ahamiyati.
Ta`lim tizimi - shaxs ma`naviyatini shakllantirishning muhim omili. Adabiyot va san`at shaxs ma`naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi sifatida. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning talaba-yoshlar ma`naviyatini rivojlantirishdagi ahamiyati. Yoshlar ma`naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda mahallaning o`rni va mavqei. Radio, televidenie va matbuotning ma`naviyatni rivojlantirishdagi ahamiyati. Milliy teatr va milliy kinolarimizning tarbiyaviy roli.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining umummilliy ma`naviyatni rivojlantirishdagi ahamiyati. Shaxs ma`naviyatini shakllantirish omillari va vositalari.

5-mavzu. Davlat va din o`rtasidagi munosabatlar. Konstitusiya va qonunlarda bu masalaning yoritilishi. Diniy ma`rifat, dinning ezgu g`oyalari va axloqiy tarbiya. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi qonunga amal qilinishi (2 soat).
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida dinga aloqador moddalarning talqini. O`zbekiston Respublikasining din masalalari bo`yicha qonunlari. Xalqaro hujjatlar. Vijdon erkinligi va e`tiqod erkinligi tushunchalari. O`zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining qonun yo`li bilan kafolatlanishi. Diniy ekstremizmga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rish.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida vijdon erkinligining o`z ifodasini topgani, uning davlat, jamiyat va diniy tashkilotlar orasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi ahamiyati. Mustaqillik va din. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi tomonidan vijdon erkinligining kafolatlanishi. «Vijdon erkinligi va diniy tashilotlar to`g`risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilinishi. O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan turli diniy konfessiyalar. O`zbekistonda diniy bag`rikenglikning tarixiy ildizlari va hozirgi darajasi.
Milliy istiqlol va ma`naviyat - bir-biriga chambarchas bog`liq tushunchalar ekanligi. Ma`naviyatning tarixan qaror topib borishida madaniyat va dinning o`rni. Diniy dunyoqarashning insoniyat hayotidagi o`rni. Dindorlik madaniyati, islom qadriyatlari. Dunyoqarash erkinligini ta`minlash jarayonida har bir insonda shaxsiy fikr, mustaqil mavqening shakllanishi.

6-mavzu. Diniy ekstremizm, fundamentalizm va terrorizm: maqsadi, manfur qiyofasi, ularga qarshi kurash zarurati va mohiyati (2 soat).
Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omillar. Fundamentalizmning vujudga kelishi. Terrorizmga qarshi kurashda dinning ahamiyati. Radikal diniy oqimlar. Terrorchilikning maqsad va maslagi, ta`minot manbaalari. Terrorizm va xalqaro terrorizm tushunchalari, ularning mohiyati. Terrorizmning ijtimoiy ildizlari, uni qo`llab-quvvatlovchi kuchlar.Terrorizmga qarshi kurash zarurati. XXI asrda xalqaro terrorchilarning faollashuvi. O`zbekistonda amalga oshirilgan terroristik harakatlar, ularning og`ir oqibatlari. Mamlakatimizda terrorizmga qarshi kurashning ahamiyati. «Al-Qoida» tashkilotining dasturi va g`arazli maqsadlari. AQShda 2001 yil 11 sentyabrda va Rossiyada 2004 yil 1 sentyabrda yuz bergan fojialar va ularning og`ir oqibatlari. Xalqaro terrorizm - bashariyatga qarshi urush. Unga qarshi kurashning dolzarbligi, bu boradagi mamlakatimizda qilinayotgan amaliy ishlar.
Diniy ekstremizm, muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning g`arazli maqsadlari. Fanatizm - o`z aqidasining shak-shubhasiz to`g`riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik. Birinchi jahon xristian fundamentalistlari assosiasiyasiga asos solinishi. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar tuzishni taqiqlashdan ko`zlangan maqsad. Aqidaparastlikka berilib qolmaslik uchun din haqidagi bilimlarga ega bo`lishning zarurati. O`zbekistonda ma`rifiy islomni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar. Vahhobiylik - XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan diniy, siyosiy oqim. «Al Ixvon al muslimin» tashkiloti va uning bo`limlari. «Hizb ut-tahrir» diniy siyosiy partiyasi va uning g`arazli maqsadi. Bu partiyaning islom olimlari tomonidan rad etilishi «Akromiylar». «Nurchilar» guruhlari va ularning kelib chiqishi.

7-mavzu. Respublikadagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag`rikenglik - demokratik jamiyat qurishning sharti sifatida (2 soat).
Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik tushunchasining mohiyati, belgilari va zarurati. O`zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag`rikenglik, fuqarolar o`rtasida tinchlikni ta`minlashga erishilgani - mustaqillik yillaridagi asosiy yutuqlarimizdan biri. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ichki va tashqi omillari. Xalqning kundalik moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish uchun kurash - ichki omilning asosi. Barcha mamlakatlar bilan teng huquqlilik, hamjihatlilik asosida o`zaro hamkorlik, ayni paytda, mamlakat manfaati ustuvorligini ta`minlash - tashqi omilning bosh yo`nalishi.
Ommani yot g`oyalar, siyosiy buzg`unchilar, ekstremistlar ta`siridan saqlash. Nizolarni tinch, siyosiy yo`l bilan hal etishning muhimligi. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta`minlashda siyosiy ustqurmaning o`rni va mavqei. Iqtisodiy va siyosiy barqarorlikning o`zaro bog`liqligi. O`zbekistonda millatlararo munosabatlar. Respublika hukumatining milliy siyosati va uniing mohiyati. Baynalmilal madaniyat markazi, milliy madaniy markazlarning tashkil topishi, ularning millatlararo do`stlikni ta`minlashdagi o`rni va ahamiyati.

8-mavzu. Muloqot samaradorligi (2 soat).
Muloqot shakllari, turlari va xarakteri. Muloqot maqsadlari. Verbal va noverbal muloqotlar. Og`zaki va yozma muloqotlar. Boshqaruv muloqoti qonuniyatlari. Boshqaruv muloqoti texnologiyasi: texnikasi va taktikasi. Xodimlarga ta`sir o`tkazish usullari. Vaziyat tahlili.

9-mavzu. Jamoada nizolarning oldini olish va bartaraf etish (2 soat).
Nizolarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati. Ularning tarkibi va mazmuni. Nizolarning hayotda uchraydigan turlari va oldini olish yo`llari. Nizolarni hal etish yo`llari va algoritmi.

10-mavzu. Rahbarlik psixologiyasi (2 soat).
Psixologik bilimlarning rahbar faoliyatidagi o`rni va ahamiyati. Psixososiotiplar va ularning mohiyati. Liderlik va rahbarlik, rahbarlik jarayoni bosqichlari. Boshqaruv uslublari. Rahbarga qo`yiladigan psixologik talablar.

11-mavzu. O`qituvchi faoliyatining psixologik xususiyatlari (2 soat).
Ta`lim muassasasalari rahbarlariga qo`yiladigan talablar, ularning ish faoliyatini samaradorligini ko`rsatuvchi omillar. Ma`ruza, seminar, amaliy mashg`ulot, konsultasiya va reyting sinovlariga tayyorlanish va ularni o`tkazishning psixologik tamoyillari. Ishchanlik va uni faollashtirish, ilmiy va pedagogik faoliyatni o`zaro birgalikda tashkil etish. «Professor-o`qituvchilar talabalar nigohida» testini o`tkazish.

12-mavzu. Talaba va o`qituvchi o`zaro munosabatlarining psixologik xususiyatlari (2-soat).
Hamkorlik psixologiyasi, hamkorlik xususiyatlarini aniqlashning hozirgi zamon metodlari. Kommunikativ xususiyatlar va o`qituvchi mavqei masalasi. O`qituvchining muomalaviy qobiliyatlari tarkibi.

13-mavzu. Milliy g`oya va mafkura. Milliy istiqlol mafkurasi (2 soat).
G`oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati, tarixiy shakllari va ko`rinishlari. Xalqlar va davlatlar taqdiriga ta`siri. Uning falsafiy, dunyoviy va diniy ildizlari. Fikrlar va qarashlar rang-barangligi. Insoniyat tarixida mafkuradan ko`zlangan maqsadlar. Mohiyat va mazmuni. Tarixiy va falsafiy asoslari. Milliy va umuminsoniy tamoyillari. Ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. Milliy mafkuramizning bosh g`oyasi, asosiy g`oyalari. Vatan ravnaqi. Yurt tinchligi. Xalq farovonligi. Ijtimoiy hamkorlik. Millatlararo totuvlik.

14-mavzu. Axborot texnologiyalari va ularning ta`limda foydalanish usullari (2 soat).
Axborot texnologiyalari turlari, usul va vositalari. Axborot texnologiyalari o`quv-tarbiya jarayonida foydalanish uslublari. Power Point dasturi va undan foydalanish uslubiyoti.

Amaliy mashg`ulot (2 soat): 1-mashg`ulot.
Elektron pochta ochish va undan foydalanish.

15-mavzu. Internet axborot resurslari va ulardan ta`limda foydalanish (2 soat).
Elektron pochta. Axborot izlash tizimlari. Uzoqlashtirilgan ochiq o`qish kataloglari, virtual kutubxonalar, onlaynli jurnallar.Ta`limga oid resurs izlash va foydalanish.

16-mavzu. Masofali o`qitish texnologiyasi (2 soat).
Ta`lim maqsadi. Zamonaviy ta`lim shakllanishining yutuq va kamchiliklari. Masofali ta`limning zarurati. Masofali o`qitish ta`rifi, modellari. O`zbekistonda masofali o`qitish uslubidan foydalanish holati.

Amaliy mashg`ulot (2 soat): 2-mashg`ulot.
www.intuit.ru - saytidagi masofali kursda ishlash.

17-mavzu. Pedagogik texnologiyalarning ilmiy - nazariy asoslari (2 soat).
Pedagogik texnologiya tushunchasi. Pedagogik texnologiyaning asosiy vazifalari. Pedagogik texnologiya darajalari. Umumiy pedagogik texnologiya. Xususiy - metodologik texnologiya. Modul texnologiyasi. Pedagogik texnologiya tuzilmasi.

18-mavzu. Ta`limning interfaol usullari (2 soat).
Tanqidiy tafakkur texnologiyalari. Tanqidiy jarayonning tahlili. Chaqiriq, fikrlash, tafakkur yuritish bosqichlari. Debatlar texnologiyasi.