O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish

«Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish» kursining dasturi va mavzulari

1-mavzu. «Tanishuv treningi» (2 soat).
«Muzyorar» mashqlardan foydalanib o`quv jamoasi ishtirokchilarini bir-biri bilan uch bosqich bo`yicha tanishtirish: o`zim, men va do`stim, guruhim. Do`stona munosabat va ijodiy muhitni yuzaga keltirish.
Guruh dinamikasini jadallashtirish, qatnashchilarning ijodiy imkoniyati va shaxsiy sifatlarini ochish.
Auditoriyaning ishlashi uchun qulay sharoit vujudga keltirish.
Natija: guruh qatnashchilari bir-birlari bilan yaqinroq tanishadi, ismlarini bilib oladi, o`quv jamoasi vujudga keladi.

2-mavzu. TMT - Treningga muhtojlik tahlili (2 soat).
«Oliy ta'lim muassasalari o`qituvchilari uchun trening o`tkazish foydalidir!» iborasiga tinglovchilarning munosabatini FSMU (fikr, sabab, misol, umumlashtirish) texnologiyasi yordamida aniqlash.
Treningga muhtojlikni aniqlash: xohlangan holat va hozirgi holat o`rtasidagi tafovut. Treningga muhtojlik belgilari. Treningga muhtojlik tahlilining jarayoni: muammoni aniqlash, ma'lumot yig`ish va ularni tahlil qilish, muammo hal etish yo`llarini tavsiya etish, treningli yoki treningsiz hal etish yo`li. Ma'lumot yig`ish uslublari. «Bilishi shart, bilishi kerak, bilib qo`ygani yaxshi» formulasi yordamida muammo darajasini aniqlash.
Natija: Muammoni aniqlash, munozara mavzusi. O`z g`oyasini himoya etish. Umumlashtirish, yakunlash. Yakka va guruhli ishlar. Himoya. Tinglovchilar ushbu kursga kelganlari tasodifan emasligiga ishonch hosil qilishadi.

3-mavzu. «Murabbiylik soati»ning ahamiyati. Mavzu tanlash, reja tuzish va tashkil etish (2 soat).
Aqliy hujum. «Murabbiylik soati» tushunchasini aniqlash.
«Murabbiylik soatlariga» alohida e'tibor. Mashg`ulotni tashkil etish.
Ushbu jarayonga sardor talabalarni faol jalb etish. Ular bilan «Murabbiylik soati»dan oldin yo`llanma berish uchun uslubiy mashg`ulot o`tkazish. Monitoring muhimligi. Tadbir natijalari muhokamasi.
«Murabbiylik soat» mavzusiga qarab pedagogik texnologiyalarning mos uslublarini qo`llash. Murabbiylarga maslahatlar.
Natija: «Murabbiylik soati»ga munosabat o`zgaradi. «Murabbiylik soati» yoki darsdan tashqari tadbir o`tkazishda talabalarning yoshi, qiziqishlari, ularga kerakli bo`lgan ko`nikma va malakalar, kalendarning «qizil» sanalari hisobga olinadi; qo`llanadigan uslub va shakllar o`zgaradi, mashg`ulot o`tkazuvchilarning fikr almashishlari tashkil etiladi.

4-mavzu. Tarbiya psixologiyasi (2 soat).
Psixologik bilimlarning o`rni va ahamiyati. Hamkorlik psixologiyasi. Tarbiya jarayonida hamkorlik xususiyatlarini aniqlashning hozirgi zamon uslublari.
Jamoaviy muhokama.

5- mavzu. Tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining shaxsiyati. «Namunali murabbiy» (2 soat).
Ta`lim va tarbiya. Tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining shaxsiga qo`yiladigan zamonaviy talablar.
Namunali murabbiy imidjini guruh bo`lib aniqlash. Kichik guruhlarda "Klaster" texnologiyasi yordamida namunali murabbiyga ta`rif berish. Guruhlar taqdimoti. Jamoaviy munozara.
Natija: tinglovchilar o`zlarining tarbiyachi-murabbiylik saviyalarini tahlil qilishadi va kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilishadi.

6-mavzu. Qadriyatlar. Qadriyatlarga ta'sir etuvchi omillar (2 soat).
Qadriyatlar, ularga ta`sir etuvchi omillar. Qadriyatlar ketma-ketligini aniqlashga qaratilgan mashqlar. Xulosa: qadriyatlar har kim uchun har xil ahamiyatga ega.
Qadriyatlar - munosabat - hulq-atvor
Qadriyatlar deyarli mustahkam va ularni o`zgartirish qiyin. Munosabat - qadriyat natijasi, hozirjavoblik holati. Hulq-atvor - munosabat natijasi.
Qadriyatlar manbalari. «Odamlarni jarlikdan qutqar» intellektual ishchan o`yin.
Natija: Tinglovchilar guruh qatnashchilarining rollarini aniqlashadi, jamoa hulq-atvorini kuzatib, qatnashchilar o`z fikrlarini o`tkazishlarini va o`zgalar fikriga bo`ysinishlarini kuzatishadi, jamoa bo`lib ishlashda asosiy qadriyatlar aniqlanadi.

7-mavzu. Nizolar va ularni barataraf etish yo`llari (2 soat).
Nizolarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati. Ularning tarkibi va mazmuni. Nizolarning hayotda uchraydigan turlari va oldini olish yo`llari. Nizolarni hal etish yo`llari va algoritmi.

8-mavzu. Strategik fikrlash (2 soat).
Fikrlash - bu harakatlarning ketma-ketligini aniqlovchi jarayon. Fikrlash muammo paydo bo`lganda boshlanadi va hal etilganda tugaydi.
Strategik fikrlash - uzoqni ko`zlovchi fikrlash jarayoni.
Fikrlashning eng oson shakli:
1. Bu nima?
2. Nima uchun ?
3. Qanday qilib?
4. Xulosa.
Intuisiya - his etish. Bilim - odamzod uchun foydali ma`lumot.
Fikrlashga yordam beruvchi usullar: muzyorar mashqlari (fikrlarni erkin bayon etishga yordam beradi); aqliy hujum (turli fikrlarni jamlash), fikrlarni birma-bir ro`yxatga olish, aniqlash va toifalash; hayoliy xarita tuzish (mind-mapping); diagramma (hayoliy xaritani sxemalashtirish); tashhis qo`yish (kamchiliklarni aniqlash uslubi); tekshiruv varaqasi.
Tinglovchilar kichik guruhlarga bo`linib, olgan ma`lumotlarga asoslanib strategik rejalar tuzishadi (masalan: fakultet, universitet, O`zbekiston Respublikasi va hokazolarni kelgusi bir necha yilga tuzilgan rivojlanish rejasi).
Natija: Tinglovchilar uzoqni ko`zlab reja tuzish malakasiga ega bo`ladilar.

9-mavzu. Men - tadbir tashkilotchisiman (Blis-o`yin) (2 soat).
Murabbiy albatta tadbirlar tashabbuskori va tashkilotchisidir. Ushbu trening murabbiylarga tadbir tayyorlash jarayonida harakatlar ketma-ketligigini to`g`ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, tadbirga oid ko`p xilma-xil fikrlardan, ma`lumotlardan kerakligini tanlab olishni o`rgatishga qaratilgan.
Trening davomida murabbiylar o`zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o`tqaza oladilar, va fikrlash natijalarini bilib oladilar.
Natija: murabbiylar tadbir tayyorlash haqida olgan bilim va ko`nikmalarini amalda qo`llashadi.

10- mavzu. Muvaffaqiyat sirlari (2 soat).
«Muvaffaqiyat» kalitlari: paradigma (qoliplar) siljishi, fikrlash, strategik reja tuzish, madaniyat, oilaviy hayot, kasbiy mohirlik, jamoa.
«Reja tuzmaslik muvaffaqiyatsizlikni rejalashtirmoq demakdir».
Kichik guruh bo`lib ishlash, guruhlar taqdimoti, jamoaviy munozara.
Natija: tinglovchilar muvaffaqiyat «sirlarini» tushunib yetadilar va muvaffaqiyat qozonish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladilar.

11- mavzu. Muammo. Muammo yechish formulasi. Qaror qabul qilish (2 soat).
Muammo. Muammoli vaziyat. Muammo yechish formulasi: muammoni tahlil qilish, bir necha faraz (gipoteza) ishlab chiqarish va qaror qabul qilish. «Rezyume» texnologiyasi. «Qarorlar shajarasi» usuli.
Natija: tinglovchilar ma`lum masalalarni puxta, har tomonlama tahlil etish asosida muayan hulosalarga kelishga, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosadan eng maqbul hamda to`g`risini topishga o`rganishadi.

12- mavzu. Vaqt menejmenti (2 soat).
Aqliy hujum. Vaqt ta`rifini aniqlash. Murabbiylar uchun vaqt menejmentining muhimligi. Jamoaviy munozara.
Parkinson qoidasi. Paret tamoyili. Vaqtning auditi. Kichik guruhlarda muhokama va umumiy xulosa. Vaqtni rejalashtirish. «Vaqt top …» usuli.
Natija: Murabbiylar o`z vaqtlarini unumli rejalashtirish malakasiga ega bo`lishadi.

13-mavzu. O`yinlar texnologiyasi (2 soat).
O`yin texnologiyalari vazifalari: ko`ngilochar, kommunikativ, qobiliyatlarni yuzaga chiqarish, o`yin bilan davolash, tashhis, xalqaro kommunikasiya, jamoalashtirish.
O`yin texnologiyalari tarkibi.
O`yin texnologiyalarining tarbiyalovchilik maqsadi.
Ish o`yinlari. Texnologik yondashuv. Ish o`yinlarining takomillashtirilgan usullari: taqlid o`yinlari, harakatli o`yinlar, rolli o`yinlar, ishchan teatr. Tarqatma material. Mustaqil o`rganish. Jamoaviy muhokama. Natijalarni e`lon qilish.
Natija: Murabbiylar mashg`ulot uchun texnologiya tanlashda «O`yinlar texnologiyasi»ni qaerda, qachon va qanday me`yorda ishlatishni aniqlashadi.

14- mavzu. Murabbiy - ijodkor shaxs (2 soat).
Murabbiylarning «ochilmagan» qirralarini ochishga qaratilgan trening.
Relaktiv muhitda tinglovchilar mustaqil ijod qilib «Men…» so`zi ishlatilishi shart bo`lgan she`r yaratadilar.
Natija: individual taqdimotlar va do`stlar olqishi murabbiylarga ko`tarinki ruh bag`ishlab, o`zlarining ochilmagan imkoniyatlari ko`pligiga ishonch hosil qildiradi.

15- mavzu. Komillik (2 soat).
Muayan faoliyat doirasida eng yaxshi, birinchi, yetakchi bo`lish. Xarakter, talant, ko`nikma, malaka va intellektual saviyani tinimsiz yaxshilash. Kayzenning «Bugun kechadan yaxshiroq, ertaga - bugundan yaxshiroq», - tamoyiliga amal qilish.
Maqsad: muvaffaqiyat, hurmat-ehtiromga erishish, kelajak tasavvurini yaqinlashtirish.
Vazifa:

  • Kuch, kuchsiz tomonlar, imkoniyat va tahdidni (SWOT-analysis) tahlil qilish va kuchsiz tomonlarni kamaytirish;
  • Kelgusi ishlar rejasini tuzish;
  • O`zga insonlar komilligiga intilish (ulug` ajdodlar, qahramonlar, rahbarlar);
  • Vaqt menejmenti; barcha fanlarni o`zlashtirish;
  • Har tomonlama rivojlanish;
  • Hech qachon o`zidan qoniqmaslik;
  • O`z kasbini ustasi bo`lish va hokazo.

Natija: tinglovchilar erishgan yutuqlari bilan qoniqmay yanada har tomonlama rivojlanishga harakat qilishadi.

 

16-mavzu. «Agar men…» texnologiyasi. Davra suhbati (2 soat).
Guruhlar turli rahbarlik rollarga bo`linadi: guruh sardori, fakultet dekani, universitet rektori va Oliy ta`lim vaziri. Har bir «rahbar» o`zi uchun «dolzarb» bo`lgan savolni o`zga rahbarga berib javob olishga harakat qiladi.
Natija: qatnashchilar turli rahbarlik lavozimlarni vaqtincha «egallab» bu vazifa ma`suliyatini, qiyinligini va qanday bilim, malaka va ko`nikmalar talab etishini anglab yetishadi.

17-mavzu. Tinglovchi-murabbiylar tomonidan tayyorlangan tadbir yoki «Murabbiylik soati» namunalarining taqdimoti (2 soat).
Kichkina guruh ijodiy ishlarini himoya qilishni tashkil etish.

18- mavzu. Anketa to`ldirish. Kursni yakunlash. (2 soat).
Seminar natijalarini e`lon qilish. Davra suhbati. Anketa o`tkazish.
Seminar ishini yakunlash