O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Rektor

«Zamonaviy rektor»
maxsus kursining dasturi va mavzulari

1- mavzu: Ma`naviy-ma`rifiy sohada davlat siyosatining dolzarb masalalari.

 


O`zbekistonda ma`naviy-ma`rifiy sohadagi davlat siyosati asoslari. Jamiyatni ma`naviy-axloqiy yangilashning milliy taraqqiyot uchun ahamiyati. Prezident Islom Karimov asarlarida shaxs ma`naviyati va barkamol inson haqida ilgari surilgan g`oyalarning hayotda amaliy ifodasining topib borishi. «Jaholatga qarshi ma`rifat» tamoyilining mohiyati. Ma`naviy-ma`rifiy ishlar metodologiyasi. Davlat va jamoatchilik tashkilotlarining ma`naviy-ma`rifiy ishlaridagi hamkorligining asosiy yo`nalishlari. Ma`naviy-ma`rifiy ishlarning uzluksiz ta`lim tizimida tutgan o`rni. Ma`naviy-ma`rifiy targ`ibotning asosiy vazifalari. Ma`naviy-ma`rifiy ishlarni boshqarish.

2-mavzu: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta`lim muassasasida qo`llash yo`llari.

Pedagogik texnologiya tushunchasi. Pedagogik texnologiyaning asosiy vazifalari. Pedagogik texnologiya darajalari. Umumiy pedagogik texnologiya. Xususiy-metodologik texnologiya. Modul texnologiyasi. Pedagogik texnologiya tuzilmasi. Asosiy texnologiyalar.

3-mavzu: Oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimida sotsiologik tadqiqotlarning o`rni.

Barcha sohalarda sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish ehtiyoji va zarurligi. Sotsiologiyaning oliy ta`lim tizimida o`qitiladigan gumanitar fanlar majmuidagi o`rni. Professor-o`qituvchilar reytingini aniqlash. Yoshlarning ijtimoiy manfaatlarini o`rganish kontseptsiyasi. Yoshlar sotsiologiyasining tasnifiy bosqichlari. Yoshlar potentsiali va ularning sotsiologik tadqiqotini o`rganish ijtimoiy ehtiyoj sifatida. Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodikasi va texnikasi, ularni ta`lim tizimida qo`llashning o`ziga xos jihatlari. Ta`lim va tarbiya sotsiologiyasi, yoshlar sotsiologiyasi. Talabalar ijtimoiy muxitini o`rganish holati: monitoring tadqiqotlar, pozitiv o`zgarishlar dinamikasi, muammolar va echimlar. Oliy ta`lim muassasalari rahbarlari faoliyatini sotsiologik o`rganish metodikasi, bu borada o`tkazilgan tadqiqot natijalarining xulosalari.

4-mavzu: Ta`lim muassasalarini boshqarishda huquqiy muammolar va ularni hal qilish yo`llari.

Oliy ta`lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy – me`yoriy xujjatlar va ularni ijro etish har bir hodimning burchi ekanligi. Ta`lim muassasalarida talabalar, shuningdek, professor-o`qituvchilarning mehnat kodeksiga amal qilish me`yorlari, ularni buzish hollari. Me`yoriy hujjatlar talablari buzulishining oldini olish chora-tadbirlari. Oliy ta`lim muassasalarining ichki tartibini rasmiylashtirish va unga rioya etilishini talab etish.

5-mavzu: Rahbar faoliyatida muammoli vaziyatlar va nizolarni bartaraf etish.

Muammoli vaziyatlar tushunchasi. Permanent konfliktlar nazariyasi. Muammolarni avtoritar tarzda bartaraf etishning zarari. Avtoritet omilining o`rni. Jamoatchilik e`tiboriga sazovor shaxslar fikriga tayana olish mahorati. Simpatiya va antipatiya omillarining boshqaruvdagi o`rni. Muammolar echimining vaqt hukmiga quyilishi. Nizolarni bartaraf etishda ierarxik yondoshuv. Nizolarni klssifikatsiya qilish. Ishlab chiqarish va shaxsiy munosabatlar asosida yuzaga keluvchi ziddiyatlar. Sog`lom raqobat ruhi. Nizolarni bartaraf etishda integrativ uslublar.

6-mavzu: Oliy ta`lim muassasalarini moliyalashtirish tartiblari, moliyaviy-xo`jalik faoliyatini yuritishdagi muammolar va kamchiliklar .

Oliy ta`lim muassasalari byudjeti, byudjetdan tashqari mablag`lar va ularni ishlatish tartibi. Oliy ta`lim muassasalarida mablag`lar tushumi, ularni ishlatish, soliq, soliqqa tortish va moliyaviy-xo`jalik faoliyatini olib borishda yo`l qo`yiladigan xato-kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo`llari. Ta`lim muassasalarining moliyaviy-xo`jalik faoliyatida xatolik va kamchiliklarga yo`l qo`ymaslik chora-tadbirlari.

7-mavzu: «Iqtisod» yo`nalishidagi ta`lim dasturlarini rivojlantirish va yo`nalganligining raqobatdosh strategiyalari.

Jahon ta`lim fazosi va Boloniya jarayonini rivojlantirishning xususiyatlari. Rossiya va O`zbekiston davlat ta`lim standartlarining qiyosiy tahlili. Ta`limni takomillashtirish kontseptsiyasi. Oliy ta`lim muassasalarini boshqarishning yangi tendentsiyalari. O`quv – uslubiy faoliyatning asosiy yo`nalishlari.

8-mavzu: Эkstremizm va terrorizmga qarshi kurash: diniy-ma`rifiy ishlarni tashkil etishning dolzarb masalalari.

Diniy ekstremizm tahdidiga qarshi kurashda tarbiyaviy ishlarning dolzarb vazifalari. Diniy-ma`rifiy ishlarni tashkil etish usullari. Ogohlik va hushyorlik tarbiyasi. Ahloqsizlik g`oyasini yoyib, xalqni ma`naviy jihatdan buzishga intilayotgan qora kuchlarga qarshi kurashda yoshlar faolligini oshirishda diniy ma`rifatning o`rni. Yoshlarni begona mafkura: diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tazyiqlaridan himoya qilishda dinshunos olimlar va din vakillari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish. Terrorizm xavfining oldini olish imkoniyatlari va istiqbollari. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma`naviy-ma`rifiy asoslari va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish va uni nazorat qilish tizimi. Diniy ekstremizm tahdididan yoshlarni himoya qilishda professor-o`qituvchi, tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifalari.

9-mavzu: O`quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va ularning uyg`unligini ta`minlash borasida yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo`llari.

Ta`lim va tarbiya jarayonining maqsad va vazifalari. Ta`lim va tarbiya uyg`unligi tamoyilining mohiyati. Talabalar tarbiyasiga zamon talablari. Talabalar tarbiyasiga ta`sir etayotgan ijobiy (oliy ta`lim mazmuni, ma`naviy-ma`rifiy ishlar, OAV, oila, davlat va jamoatchilik tashkilotlari, san`at, madaniyat va h.k.) va ayrim salbiy (diniy ekstremizm, terrorizm mafkurasi, missionerlik, prozeletizm, loqaydlik, befarqlik, tarbiyaviy ishlarda uchrayotgan kamchiliklar va h.k.) omillar. Ijobiy omillar samaradorligini oshirish, faoliyatini muvofiqlashtirish, salbiy omillar ta`sirini bartaraf etishning yo`nalishlari, metod va vositalari, tavsiyalar.

10-mavzu: Kadrlar tanlash, ishga qabul qilish va baholash.

Xodimlarni kasb mahorati va malakalarini baholash usullari. Faoliyat hajmiga ko`ra xodimlarning optimal sonini belgilash. Xodimlarning ma`suliyat va javobgarlik darajalarini aniqlash, ularni ichki attestatsiya jarayonlaridan o`tkazish. Xodimlarni tashqaridan yonlash yoki saylov orqali vazifalarga qo`yish. Xodimlar zaxirasini maxsus tayyorlash. Xodimlarni vertikal rivoji va gorizontal takomillashuvini ta`minlash. Xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo`yishda milliy va umuminsoniy tamoyillar mutanosibligi. Xodimlarni yangi lavozimga qo`yishda yosh, jins, millat, tajriba, malaka, ma`naviy va ruhiy sifatlar mutanosibligi. Xodimning tashkilotchilik sifatlari (ishchanlik, harakatchanlik va tadbirkorlik).

11-mavzu: Oliy maktab zamonaviy psixologiyasining muammolari va vazifalari.

Shaxsda boshqaruv va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish. Ta`lim-tarbiya jarayonini boshqarish. Oliy o`quv yurtida sog`lom psixologik muhit yaratish. Tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatida individual uslub. Tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyatlarni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari. Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishning asosiy psixologik shart-sharoitlari, oliy o`quv yurtidagi sog`lom psixologik muhit. Oliy ta`lim muassasalari rahbariyatining shaxsiy fazilatlari va nufuzi. Oliy ta`lim muassasalarida turli bo`g`in rahbarlarining individual ish uslubini aniqlash.

12-mavzu: Oliy ta`lim muassasalarida yangi tashkiliy va tarkibiy shakllar tajribasi.

2-Toshkent davlat tibbiyot institutida kafedralarni shakllantirish tamoyillari. Kafedra-metodologik yo`nalishda faoliyat yuritayotgan tashkilot ekanligi. Ta`lim jarayonida zamonaviy vositalar (mulyaj, fontom, texnikaviy usullar)dan foydalanish yo`llari. Talabalarni o`z ustida ishlashini tashkil etish. Talabalar uylarida kompьyuter sinflari. Ma`ruza va amaliy mashg`ulotlarda internetdan foydalanish tajribasi. Umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash samaradorligini oshirishda oilaviy poliklinikalarning roli. Talabalar bilimlarini baholashda reyting tizimidan foydalanish tajribasi.