O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Rektorlik mahorati

«Rektorlik mahorati»
maxsus kursining dasturi va mavzulari

1-mavzu. Ta`lim tizimida yoshlar tarbiyasi va «Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch» asaridan kelib chiqadigan vazifalar (2 soat).

 

Ma`naviy barkamollikka erishish zaruriyati, yoshlarning ma`naviy va axloqiy fazilatlarini yuksaltirish ahamiyati. Yuksak ma`naviyatli shaxsni shakllantirishga mo`ljallangan mustaqil ta`lim-tarbiya jadvalining mazmuni. Shaxs ma`naviyatini yuksaltirish, diniy bag`rikenglik madaniyati (diniy tolerantlik), siyosiy-huquqiy bilim va madaniyat, ekologik bilim va madaniyat, sog`lom turmush tarzi va jismoniy madaniyat, mafkuraviy immunitet va g`oyaviy kurashchanlikni shakllantirish mazmuni va vazifalar. Foydalaniladigan uslublar: ma`ruza, suhbat, munozara, ustoz shogird va mustaqil ta`lim-tarbiya uslublari.

2-mavzu. «Barkamol avlod yili» Dasturi, unda ta`lim sohasiga quyilgan vazifalar va ularni amalga oshirish yo`llari (2 soat)

. «Barkamol avlod yili» Dasturining mazmuni: - bolalar va ëshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me`ëriy-huquqiy bazani takomillashtirish; - onalar va bolalar reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktikaga asoslangan sog`liqni saqlash tizimini ustivor rivojlantirish, tibbiy xizmat moddiy-texnika bazasini mustahkamlash asosida sog`lom avlodni voyaga etkazish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish; - ta`lim sohasida moddiy-texnika bazasi shakllantirilishi va undan samarali foydlanishni ta`minlash, real iqtisodiët tarmoqlari va sohalarda talab qilinaëtgan mutaxassislarni tayërlash, davlat ta`lim standartlari, o`quv dastrulari va o`quv-uslubiy adabiëtlarni takomillashtirish; - ta`lim jaraëniga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ta`lim muassasalari o`quv-laboratoriyalar bazasini mustahkamlash, o`qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma`naviy rag`batlantirish-ning samarali tizimini shakllantirish hisobiga mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o`quv yurtlarida o`qitish sifatini tubdan yaxshilash; - zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila haëtiga joriy etish va keng o`zlashtirish; - yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, yoshlarni sport bilan muntazam shug`ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini qurish va jihozlar, ularni yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan mustahkamlash; - yoshlarni, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarini, ayniqsa qishloq joylarida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish; - fanni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda iqtidorli yoshlarni faoliyatiga faol jalb etish; - ijodkor iste`dodlarni hamda bolalar va o`smirlar qobiliyatini aniqlashga ko`maklashish; - yosh oilalar to`g`risida g`amxo`rlikni kuchaytirish, ularning huquqiy va ijtimoiy muhofazasini ta`minlash, sog`lom va mustahkam oila qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish; - yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularning giyohvandlik, axloqsizlikdan, chetdan kirib keladigan ekstremistik markazlar hamda past saviyalik «ommaviy madaniyat» illatlarining zararli ta`sirlari, tahdididan muhofaza qilish; - «Barkamol avlod yili» Davlat dasturining maqsadi, mazmuni va ahamiyati to`g`risida ommaviy axborot-tushuntirish ishlarini tizimli asosda tashkil etish

3-mavzu. Prezident I.Karimovning O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida «2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim ustivor yo`nalishlari» va 2010 yil 27 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida qilgan «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimiz» mavzularidagi ma`ruzalaridan kelib chiqadigan vazifalar (2 soat).

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi chuqur tus olgan bir sharoitda o`tgan 2009 yil yakunlarini tanqidiy bahosi. O`tgan yilda ta`lim va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlar. Xalqaro ekspertlar va iqtisodchilarning ayrim umumiy xulosalari va ularning 2010 yilda jahon iqtisodiëtining rivojlanish tendentsiyalari bo`yicha prognozlari. 2010 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim maqsadi va asosiy ustivor vazifalari. Bu vazifalarning ta`lim muassasalarida o`z aksini topishi. Siësiy partiyalarning mamlakatimiz oliy qonunchilik organi, joylardagi hokimiyat vakillik organlari faoliyatidagi roli va ta`sirining ortib borishi. Fuqorolik jamiyati institutlarini mustahkamlash va rivojlantirish. Qonunchilik palatasi faoliyatida yo`l quyilgan kamchiliklar va uni bartaraf etish yo`llari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etaëtgan sharoitda iqtisodiëtimizning yanada barqaror rivojlanishini ta`minlash, diversifikatsiya va modernizatsiya qilish. Qonunlarning sifatini oshirishga qaratilgan eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan vazifalar.

4-mavzu. Oliy ta`lim muassasalari ishini tashkil etish va boshqarish (2-soat).

Oliy ta`lim muassasalari faoliyatini rejalashtirish. Rektorat, fakulьtet va kafedralar faoliyatini rejalashtirish. Oliy ta`lim muassasalari bo`limlari faoliyatlarini rejalashtirish. Oliy ta`lim muassasasida tadbirlar turlari, ularni o`tkazish texnologiyalari. Xo`jalik ishini yuritish usullari. Ijroni tashkil etish, nazorati va monitoringi. Xorijiy ta`lim muassasalari tajribasi.

5-mavzu. Ta`lim muassasalarini boshqarishda huquqiy muammolar va ularni hal qilish yo`llari (2 soat).

Oliy ta`lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy – me`yoriy hujjatlar va ularni ijro etish har bir xodimning burchi ekanligi. Ta`lim muassasalarida talabalar, shuningdek, professor-o`qituvchilarning mehnat kodeksiga amal qilish me`yorlari, ularni buzish hollari. Me`yoriy hujjatlar talablari buzulishining oldini olish chora-tadbirlari. Oliy ta`lim muassasalarining ichki tartibini rasmiylashtirish va unga rioya etilishini talab etish.

6-mavzu. Oliy ta`lim muassasalarini moliyalashtirish tartiblari, moliyaviy-xo`jalik faoliyatini yuritishdagi muammolar va kamchiliklar (2 soat).

Oliy ta`lim muassasalari byudjeti, byudjetdan tashqari mablag`lar va ularni ishlatish tartibi. Oliy ta`lim muassasalarida mablag`lar tushumi, ularni ishlatish, soliq, soliqqa tortish va moliyaviy-xo`jalik faoliyatini olib borishda yo`l qo`yiladigan xato-kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo`llari. Ta`lim muassasalarining moliyaviy-xo`jalik faoliyatida xatolik va kamchiliklarga yo`l qo`ymaslik chora-tadbirlari. Ta`limda investitsiyalar. Professor-o`qituvchilar mehnatini me`yorlash va haq to`lash. Oliy ta`lim muassasasi moddiy-texnik bazasi. Tadbirkorlik va uni OTM da yo`lga qo`yish usullari. Tadbirkorlik yo`llariga OTM professor-o`qituvchilarini va talabalarni jalb etish yo`llari.

7-mavzu. Kadrlar siyosati va boshqaruvi (2 soat).

O`zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi. Kadrlarni izlash, tanlash va maqsadli tayyorlash. Kadrlar zahirasiini shakllantirish va tayyorlash. Professor-o`qituvchilar lavozimlari malakaviy talablari. Professor-o`qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ularning ijtimoiy himoyasi. Kadrlarni boshqarish usullari. Faoliyat hajmiga ko`ra xodimlarning optimal sonini belgilash. Kadrlarni vertikal rivoji va gorizontal takomillashuvini ta`minlash. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yishda milliy va umuminsoniy tamoyillar mutanosibligi. Kadrlarni yangi lavozimga qo`yishda yosh, jins, millat, tajriba, malaka, ma`naviy va ruhiy sifatlar mutanosibligi.

8-mavzu. OTMlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda ularga talaba va professor-o`qituvchilarni faol jalb etish, uni samarali tashkil etish yo`llari (2 soat).

OTM da ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishning maqsad va vazifalari. Tarbiya jarayonining maqsad va vazifalari. Fundamental tadqiqotlar. Amaliy va innovatsion loyihalar. Loyihalarda ishtirok etish. OTM ilmiy tadqiqot rejasi. Xo`jalik shartnomalari va ular orqali qo`shimcha mablag` tushurish yo`llari. Loyihalar va xo`jalik shartnomalariga professor-o`qituvchilarni jalb etish yo`llari. Ilmiy-amaliy, ilmiy-metodik anjuman va seminarlar o`tkazish. Anjuman va seminar natijalarini amaliëtga tadbiq etish yo`llari.

9-mavzu. OTM aspirantura va doktoranturasi hamda uni sifatli ishlatish (2-soat).

Aspirantura va doktorantura. Aspirantura va doktorantura ishini rejalashtirish. Aspirantura va doktorantura ësh pedagog-o`qituvchilarni jalb etish. Iqtidorli talabalarni izlash, tanlash va maqsadli tayyorlash. Kafedra va fakulьtetlarda ilmiy seminarlar tashkil etish. OTM ilmiy kengashi tarkibi va uni o`tkazish tartibi. Ilmiy kengashda ko`riladigan masalalarning dolzarbligi. Ilmiy kengashga masalalar tayërlash. Ilmiy tadqiqot natijalarini amaliëtga qo`llash chora-tadbirlari. OTM ilmiy ishlar to`plami. Ilmiy tadqiqot natijalari bo`yicha professor-o`qituvchilarni rag`batlaantirish chora tadbirlari. Ilmiy ishlar natijalari bo`yicha tanlovlar o`tkazish.

10-mavzu. Inson resurslarini boshqarish(2 soat).

Boshqaruv psixologiyasi. Ijtimoiy psixologiya. Rahbar va tashkilot madaniyati. Rahbar mehnatini tashkil etish. Liderlik. Jamoa bo`lib ishlash. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish. Majlisni tashkil etish va o`tkazish yo`llari. Muvofiqlashtirilgan kun tartibi. O`z vaqtida ishtirokchilarni xabardor qilish. Debatlarni tayyorlash. Reglamentga rioya qilish. «Jonli» baxs. Majlisga tayyorgarlik ko`rish. Boshqaruvda axborot tizimlari.

11-mavzu: Rahbar faoliyatida muammoli vaziyatlar va nizolarni bartaraf etish (2 soat).

Muammoli vaziyatlar tushunchasi. Permanent nizolar nazariyasi. Muammolarni avtoritar tarzda bartaraf etishning zarari. Avtoritet omilining o`rni. Jamoatchilik e`tiboriga sazovor shaxslar fikriga tayana olish mahorati. Simpatiya va antipatiya omillarining boshqaruvdagi o`rni. Muammolar echimining vaqt hukmiga quyilishi. Nizolarni bartaraf etishda ierarxik yondashuv. Nizolarning sinflari. Ishlab chiqarish va shaxsiy munosabatlar asosida yuzaga keluvchi ziddiyatlar. Sog`lom raqobat ruhi. Nizolarni bartaraf etishda integrativ uslublar

12-mavzu. Boshqaruv qarorlarni qabul qilish (2 soat).

Qarorni qabul qilish jarayoni va shart-sharoitlari. Ma`muriy hujjatlar. Qaror qabul qilish usullari: ekspert baholash, hisoblash-tahliliy, mantiqiy va evrika usullari. Qaror qabul qilish algoritmi: qarorni tayyorlash, qabul qilish va joriy etish.

13-mavzu. Oliy maktab zamonaviy psixologiyasining muammolari va vazifalari (2 soat).

Shaxsda boshqaruv va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish. Ta`lim-tarbiya jarayonini boshqarish. Oliy o`quv yurtida sog`lom psixologik muhit yaratish. Tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatida yakkalantirilgan uslub. Tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyatlarni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari. OTMda ta`lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishning asosiy psixologik shart-sharoitlari, udagi sog`lom psixologik muhit. Talabalarning ma`naviy qiëfasi, uning axborot va monitoring tizimi. Qobiliyat. Qiziqish. Talabalar ma`naviy qiëfasi, qobiliyati va qiziqishini aniqlaydigan testlar va ularni o`tkazish metodikasi.

14-mavzu. OTM professor-o`qituvchilarini uzluksiz malakasini oshirish va qayta tayërlash masalalari (2 soat).

Professor-o`qituvchining malakasini oshirishni mohiyati va zarurligi. O`qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayërlash rejasi va uni tuzish. OTM professor-o`qituvchilarini malakasini oshirish va qayta tayërlash muassasalari (institut va fakulьtet)lari. Malaka oshirish va qayta tayërlash rejasini sifatli amalga oshirish va uning samaradorligi. Malaka oshirish va qayta tayërlashdan olingan natijalari bo`yicha o`quv-uslubiy, kompьyuter va mulьtimedia materiallar yaratish. Malaka oshirish va qayta tayërlashdan olingan natijalarni o`quv jaraëniga qo`llash yo`llari. Oliy ta`lim muassasasi o`qituvchisini global fikrlash, global bilim va global kompetentlikni malaka oshirish orqali amalga oshirish yo`llari. Malaka oshirishda yangicha yondashuv. OTM professor-o`qituvchilar bilimlarini nazorat qilishning to`rt bosqichli tizimi va uning natijalariga ko`ra uzluksiz malaka oshirish tizimga o`tish yo`llari. Professor-o`qituvchilarni to`rt bosqichli – 6 x 4 sxemasi asosida malaka oshirish tizimi. Malaka oshirishda masofali ta`lim tizimidan foydalanish istiqbollari. Pedagogik mahorat maktabi, ularni hozirgi kunda zarurligi, vazifalari va oliy ta`lim muassasalarida tashkil etish yo`llari

15-mavzu. Yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosini ta`minlash va nazorat qilish yo`llari (4-soat).

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvaridagi «Ijro intizomin mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi 12-sonli Qarori mazmuni va mohiyati. Ijro intizomini nazorat qilishga oid hujjatlar. Vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo`limlarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini ahvoli monitoringi (2009 yil 30 avgust). Ijro intizomi monitoringini olib borish Tartibi va uni joylarda tadbiq etish yo`llari. Ta`lim muassasalarida ijro intizomi va uni nazorat etish yo`llari. Nazorat kartochkalari. Ta`lim muassasasida ijro intizomi bo`yicha ichki monitoring olib borish.