O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Ma’naviyat va ma’rifat

«Ma`naviyat va ma`rifat kursi»ning dasturi va mavzulari

1-mavzu. Milliy g`oya va mafkura (2 soat).
G`oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati, tarixiy shakllari va ko`rinishlari. Xalqlar va davlatlar taqdiriga ta`siri. Uning falsafiy, dunyoviy va diniy ildizlari. Fikrlar va qarashlar rang-barangligi. Insoniyat tarixida mafkuradan ko`zlangan maqsadlar.

2-mavzu. Milliy istiqlol mafkurasi (2 soat).
Mohiyat va mazmuni. Tarixiy va falsafiy asoslari. Milliy va umuminsoniy tamoyillari. Ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. Milliy mafkuramizning bosh g`oyasi, asosiy g`oyalari. Vatan ravnaqi. Yurt tinchligi. Xalq farovonligi. Komil inson. Ijtimoiy hamkorlik. Millatlararo totuvlik. Dinlararo bag`rikenglik (tolerantlik).

3-mavzu.Ma`naviyatasoslari fanining asosiytushunchalari, ularning o`zaro munosabati va rivojlanish xususiyatlari(2 soat).
Ma`naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o`zaro munosabati va rivojlanish hususiyatlari. Inson va jamiyat ma`naviy hayoti, uning maqsadi, komil inson, imon-e`tiqodi butun, irodasi mustahkam, erkin fuqaro ma`naviyatini shakllantirish va jamiyat ma`naviy salohiyatini rivojlantirish. Inson shaxsining shakllanishi ma`naviyatning paydo bo`lishi bilan uzviy bog`liqligi. Ma`naviyat, shaxs, millat va jamiyat. Ma`naviy taraqqiyotda milliy merosga, uning taraqqiyot tajribalariga tayanish. Ma`naviy ta`sir, millatlarning bir-birini o`zaro boyitishi va umuminsoniy o`zlashtirish qonuniyatlari.
Insonning o`zini o`zi anglashi, bilimdonlik, qalbi poklik, saxiylik, samimiylik, xayrixohlik, imonlilik, halollik, e`tiqodlilik, vatanparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, milliy g`urur, milliy manfaat ustuvorligini his etish, milliy til, tarix, adabiyot, san`at, urf-odatlar, diniy e`tiqodi, millatlararo totuvlik. Mamlakatda yashayotgan turli millat va elatlar vakillariga, ularning qadriyatlari, urf-odatlari, an`analari, tarixiy merosiga hurmat – yuksak ma`naviy fazilat sifatida.

1-seminar.Ma`naviyat va ma`rifat tushunchalari, uning tarkibiy qismlari, ularning o`zaro munosabati. Milliy ma`naviy tiklanish konsepsiyasi va uning ahamiyati (2 soat).

4-mavzu. Huquqiy savodxonlik, qonunga itoatkorlik, davlat tizimiga hurmat va fuqarolik burchiga sadoqat shaxs ma`naviy barkamolligi mezonlari sifatida. Shaxs ma`naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari (2 soat).
Huquqiy savodxonlik. Qonunlar mohiyatini tushunish, ularga itoat etish, har bir shaxsning o`z fuqarolik burchini tushunib yetishi, o`z huquqlarini himoya qila bilishi – huquqiy savodxonlik va ma`naviyatlilik belgisi. Demokratiya va huquqiy savodxonlik.
Huquqiy savodxonlikni yuksaltirish, fuqarolarning davlat tizimiga hurmatini, qonunlarga itoatkorlik ruhiyatini va fuqarolik burchiga sadoqatini takomillashtirish – umummilliy ma`naviy taraqqiyot zarurati.
Fuqarolar hamjihatligini ta`minlash, ularning huquqlarini himoya qilish adolatli davlatning ma`naviy-ma`rifiy vazifasi sifatida.

5-mavzu.Komilinson tushunchasi. Uningsharqonata`rifi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlarida ma`naviy barkamol insonni tarbiyalash g`oyalari. Vatanparvarlik, insonparvarlik va o`z eliga sadoqat shaxs ma`naviyati mezonlari sifatida (2 soat).
Komil inson ta`rifi. Tasavvuf ta`limotida komil inson g`oyasining mohiyati. Ma`naviy barkamollikka erishishi zaruriyati insonning aqliy, axloqiy, ma`naviy fazilatlarini yuksaltirish ahamiyati. Kishining chuqur va zamonaviy bilimga, keng dunyoqarash, mustaqil fikrlash salohiyatiga ega bo`lishi, yuksak ma`naviy kamolot sohibiga aylanishining asosiy sharti sifatida.
Ma`naviy barkamollikning qirralari va asosiy mezonlari . Barkamol insonning sharqona fazilatlari, Sharq xalqlari tarbiya tizimi va uslubining o`ziga xos xususiyatlari.
I. Karimov ilgari surgan: «Aql-zakovatli, yuksak ma`naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina oldimizga qo`ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi», – degan bu konseptual g`oyaning mazmuni, uni amalga oshirish yo`llari va vositalari.
Vatanparvarlik tushunchasi. Yagona zamin va yagona taqdir tushunchalarining ma`naviy ildizlari. «Vatanni sevmoq - imondandir» hikmatining mazmuni va unga amal qilish har bir shaxsning insoniy burchi ekani. I. Karimov o`rtaga tashlagan: «Biz fidoyi vatanparvarga tayanamiz», «Ozod va obod vatan, erkin, farovon hayot» va «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», - degan ushbu g`oyalarining mohiyati va ularni yoshlar ruhiyatiga singdirishning zarurati.
Milliy mustaqillikni mustahkamlash – vatanparvarlik va insonparvarlikning muhim belgisi.
Insonparvarlik tushunchasi. Insonparvarlikning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy-ma`rifiy qirralari.
Millatning kelajagi yo`lida qayg`urish har bir ma`naviyatli insonning burchi ekani.

2-seminar.Ma`naviy barkamol inson tushunchasi. Uning sharqona ta`rifi. Barkamol insonni tarbiyalash masalalari (2 soat).

6-mavzu. Imon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, e`tiqod, poklik, halollik va vafodorlik – shaxs ma`naviy fazilatlari (2 soat).
Imon tushunchasi. Imonli shaxs ma`naviy qiyofasining mohiyati. E`tiqod tushunchasi. Uning kishi ongi va dunyoqarashidagi o`rni.
Diyonat tushunchasi, diyonatlilik yuksak ma`naviy fazilat ekani, uning shaxs amaliy hayotidagi o`rni.
Adolat tushunchasi . Odillik va to`g`rilik mezoni, uning ma`naviy qiymati.
Mehr-shafqat tushunchasi. Diyonat va mehr-shafqat tushunchalarining o`zaro uzviy bog`liqligi va ma`naviyat tizimidagi ahamiyati.

7-mavzu. Milliy o`zlikni anglash, uni mustahkamlash va millatlararo totuvlikni ta`minlash – shaxs ma`naviyati belgilari (2 soat).
Milliy o`z - o`zini anglash millat abadiyligini ta`minlovchi omil sifatida . «Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak» g`oyasining milliy o`z-o`zini anglashni rivojlantirishdagi ahamiyati.
Ta`lim tizimi – shaxs ma`naviyatini shakllantirishning muhim omili.
Adabiyot va san`at shaxs ma`naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi sifatida. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning talaba-yoshlar ma`naviyatini rivojlantirishdagi ahamiyati.
Yoshlar ma`naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda mahallaning o`rni va mavqei. Radio, televideniye va matbuotning ma`naviyatni rivojlantirishdagi ahamiyati. Milliy teatr va milliy kinolarimizning tarbiyaviy roli.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining umummilliy ma`naviyatni rivojlantirishdagi ahamiyati.
Shaxs ma`naviyatini shakllantirish omillari va vositalari.

3-seminar.Vatanparvarlik, insonparvarlik va o`z millatiga sadoqat – shaxs ma`naviyatining muhim mezonlari. Milliy o`zlikni anglash – shaxs ma`naviyatini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida (2 soat).

8-mavzu. Davlat va din o`rtasidagi munosabatlar. Konstitusiya va qonunlarda bu masalaning yoritilishi. Diniy ma`rifat, dinning ezgu g`oyalari va axloqiy tarbiya. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi qonunga amal qilinishi (2 soat).
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida dinga aloqador moddalarning talqini. O`zbekiston Respublikasining din masalalari bo`yicha qonunlari. Xalqaro hujjatlar. Vijdon erkinligi va e`tiqod erkinligi tushunchalari. O`zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining qonun yo`li bilan kafolatlanishi. Diniy ekstremizmga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rish.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida vijdon erkinligining o`z ifodasini topgani, uning davlat, jamiyat va diniy tashkilotlar orasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi ahamiyati.
Mustaqillik va din. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi tomonidan vijdon erkinligining kafolatlanishi. «Vijdon erkinligi va diniy tashilotlar to`g`risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilinishi. O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan turli diniy konfessiyalar. O`zbekistonda diniy bag`rikenglikning tarixiy ildizlari va hozirgi darajasi.
Milliy istiqlol va ma`naviyat – bir-biriga chambarchas bog`liq tushunchalar ekanligi. Ma`naviyatning tarixan qaror topib borishida madaniyat va dinning o`rni. Diniy dunyoqarashning insoniyat hayotidagi o`rni.
Dindorlik madaniyati, islom qadriyatlari. Dunyoqarash erkinligini ta`minlash jarayonida har bir insonda shaxsiy fikr, mustaqil mavqening shakllanishi.

9-mavzu. Diniy ekstremizm, fundamentalizm va terrorizm: maqsadi, manfur qiyofasi, ularga qarshi kurash zarurati va mohiyati (2 soat).
Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omillar. Fundamentalizmning vujudga kelishi. Terrorizmga qarshi kurashda dinning ahamiyati. Radikal diniy oqimlar. Terrorchilikning maqsad va maslagi, ta`minot manbaalari. Terrorizm va xalqaro terrorizm tushunchalari, ularning mohiyati. Terrorizmning ijtimoiy ildizlari, uni qo`llab-quvvatlovchi kuchlar. Terrorizmga qarshi kurash zarurati.
XXI asrda xalqaro terrorchilarning faollashuvi. O`zbekistonda amalga oshirilgan terroristik harakatlar, ularning og`ir oqibatlari. Mamlakatimizda terrorizmga qarshi kurashning ahamiyati.
«Al-Qoida» tashkilotining dasturi va g`arazli maqsadlari. AQShda 2001 yil 11 sentyabrda va Rossiyada 2004 yil 1 sentyabrda yuz bergan fojialar va ularning og`ir oqibatlari. Xalqaro terrorizm – bashariyatga qarshi urush. Unga qarshi kurashning dolzarbligi, bu boradagi mamlakatimizda qilinayotgan amaliy ishlar.
Diniy ekstremizm, muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning g`arazli maqsadlari. Fanatizm – o`z aqidasining shak-shubhasiz to`g`riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik. Birinchi jahon xristian fundamentalistlari assosiasiyasiga asos solinishi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar tuzishni taqiqlashdan ko`zlangan maqsad. Aqidaparastlikka berilib qolmaslik uchun din haqidagi bilimlarga ega bo`lishning zarurati. O`zbekistonda ma`rifiy islomni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar. Vahhobiylik – XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan diniy, siyosiy oqim. «Al Ixvon al muslimin» tashkiloti va uning bo`limlari. «Hizb ut-tahrir» diniy siyosiy partiyasi va uning g`arazli maqsadi. Bu partiyaning islom olimlari tomonidan rad etilishi «Akromiylar». «Nurchilar» guruhlari va ularning kelib chiqishi.

4-seminar. Xalqaro terrorizmga qarshi kurash – asr talabi (2 soat).

10-mavzu.O`zbekistonda mustaqillik uchun kurashtarixi(2 soat).
Mustaqillikka erishish g`oyasining qadimiy ildizlari. Xalqimizning eron shohlari, grek-makedoniyalik istilochilari, arab bosqinchilari, mo`ngollar istilosiga, chorizm va sho`rolar mustamlakachiligiga qarshi olib borgan kurashi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida bo`lib o`tgan milliy-ozodlik harakati, xalq qo`zg`olonlari, ularning ahamiyati.
Jadidlarning milliy davlatchilik va mustaqillik uchun kurash g`oyalari . Kommunistlarning mustamlakachilik siyosati. Ular olib borgan adolatsiz milliy siyosat oqibatlari. «Yagona sovet xalqi» g`oyasining xavfli jihatlari va uning barbod bo`lishi.
«Qayta qurish» yillarida O`zbekistonning ijtimoiy, siyosiy hayoti. Moskvadan yuborilgan «kadrlar to`dasi», ular faoliyati va asoratlari.
«Paxta ishi» («o`zbeklar ishi»)ning uyushtirilishi va adolatsizlikning avj olishi. Sobiq markazning kadrlar siyosati va uning oqibatlari.

5-seminar. O`zbekistonning mustaqillikka erishishi. Mustaqillikni mustahkamlashuchun kurash zarurati. Milliy uyg`onishning asosiy bosqichlari (2 soat).

11-mavzu. Respublikadagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag`rikenglik – demokratik jamiyat qurishning sharti sifatida (2 soat).
Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik tushunchasining mohiyati, belgilari va zarurati. O`zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag`rikenglik, fuqarolar o`rtasida tinchlikni ta`minlashga erishilgani – mustaqillik yillaridagi asosiy yutuqlarimizdan biri.
Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ichki va tashqi omillari. Xalqning kundalik moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish uchun kurash – ichki omilning asosi. Barcha mamlakatlar bilan teng huquqlilik, hamjihatlilik asosida o`zaro hamkorlik, ayni paytda, mamlakat manfaati ustuvorligini ta`minlash – tashqi omilning bosh yo`nalishi.
Ommani o`t g`oyalar, siyosiy buzg`unchilar, ekstremistlar ta`siridan saqlash. Nizolarni tinch, siyosiy yo`l bilan hal etishning muhimligi.
Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta`minlashda siyosiy ustqurmaning o`rni va mavqei.
Iqtisodiy va siyosiy barqarorlikning o`zaro bog`liqligi. O`zbekistonda millatlararo munosabatlar. Respublika hukumatining milliy siyosati va uniing mohiyati. Baynalmilal madaniyat markazi, milliy madaniy markazlarning tashkil topishi, ularning millatlararo do`stlikni ta`minlashdagi o`rni va ahamiyati.

6-seminar. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik – demokratik jamiyat qurishning muhim sharti (2 soat).

12-mavzu. O`zbekxalqining ma`naviy merosi va milliy madaniyatining tiklanishi (2 soat).
Ma`naviy meros tushunchasi va uning mohiyati . Ma`naviy meros va milliy madaniyatimizning qadimiyligi hamda rang-barangligi.
Ma`naviyat, ma`rifat va madaniyatning bir-biridan farqi hamda o`zaro birligi.
Mustaqillik yillarida ma`naviy merosimiz hamda milliy madaniyatimizning qaytadan tiklanishi va boyitilishi.
Tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarish – ma`rifatning eng asosiy vazifasi. «Tarixiy xotirasiz – kelajak yo`q» shiorining mohiyati.
Respublika «Ma`naviyat va ma`rifat» markazining tashkil etilishi, uning faoliyati. Ma`naviyat va ma`rifatni rivojlantirish borasida hozirgi kunda olib borilayotgan amaliy ishlar. Vatan tarixi, tilimiz, adabiyotimiz, san`atimiz, moddiy va ma`naviy madaniyatni chuqur o`rganish – ijtimoiy ma`naviy yuksalishning asosiy yo`nalishlaridan biri.

7-seminar. Yuksak ma`naviyat – kelajak poydevori (2 soat).

13-mavzu: Markaziy Osiyo xalqlarining jahon sivilizasiyasi (tamadduni) ga qo`shgan hissasi.
Markaziy Osiyo, jumladan O`zbekiston - jahon tamaddunining uchoqlaridan biri. Q adimgi shaharlar madaniyati. Q adimgi yozuvlar va dinlar, asotirlar ma`rifati. Zardushtiylik vahdaniyatga asoslangan birinchi jaxon dini. «Avesto» ma`naviyati.
Arab-musulmon olamida uyg`onish davri. Unga O`zbekiston mutafakkirlari qo`shgan hissalari. Aniq fanlarda erishilgan yuksak cho`qqilar. Akademiya (bayt ul – hikma)lar, Muso Muhammad Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg`onniy, Abubakr Roziy, Mirzo Ulug`bek merosi. Bu merosning Yevropa uyg`onish davriga ta`siri. Ibn Rushd va Yevropadagi hurfikrlilik. Dante, Bokkachcho, Choser, Servantes ijodiga Sharqning ta`siri.
Imom Buxoriy, Imom Moturudiy, Zamaxshariy, Imom Termiziylarning hadis, kalom va fiqh ilmlarini rivojlantirgani. Tariqat pirlari Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abdulxoliq G`ijduvoniy, Aziziddin Nasafiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahrori Valilarning xizmati.