O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

«Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda rahbarlik mahorati». O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun

«Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda rahbarlik mahorati». O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun maxsus kursning dasturi va mavzulari

1-mavzu. Ta'lim tizimida yoshlar tarbiyasi va «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» asaridan kelib chiqadigan vazifalar (2 soat).
Ma'naviy barkamollikka erishish zaruriyati, yoshlarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini yuksaltirish ahamiyati. Yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllantirishga mo'ljallangan mustaqil ta'lim-tarbiya jadvalining mazmuni. Shaxs ma'naviyatini yuksaltirish, diniy bag'rikenglik madaniyati (diniy tolerantlik), siyosiy-huquqiy bilim va madaniyat, ekologik bilim va madaniyat, sog'lom turmush tarzi va jismoniy madaniyat, mafkuraviy immunitet va g'oyaviy kurashchanlikni shakllantirish mazmuni va vazifalar.


2-mavzu. «Barkamol avlod yili» Dasturi, unda ta'lim sohasiga quyilgan vazifalar va ularni amalga oshirish yo'llari (2 soat).
«Barkamol avlod yili» Dasturining mazmuni: - o'quvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish; - onalar va bolalar reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktikaga asoslangan sog'liqni saqlash tizimini ustivor rivojlantirish, tibbiy xizmat moddiy-texnika bazasini mustahkamlash asosida sog'lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish; - ta'lim sohasida moddiy-texnika bazasi shakllantirilishi va undan samarali foydalanishni ta'minlash, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarda talab qilinayotgan mutaxassislarni tayyorlash, davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish; - ta'lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ta'lim muassasalari o'quv-laboratoriyalar bazasini mustahkamlash, o'qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma'naviy rag'batlantirish-ning samarali tizimini shakllantirish hisobiga mamlakatimiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'qitish sifatini tubdan yaxshilash; - zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o'zlashtirish; - o'quvchilarni jismonan barkamol etib tarbiyalash, yoshlar sportini rivojlantirish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, o'quvchilarni sport bilan muntazam shug'ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini qurish va jihozlar, ularni yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan mustahkamlash; - akademik litsey va kasb-hunar kollej bitiruvchilarini, ayniqsa qishloq joylarida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish; - fanni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda iqtidorli o'quvchilarni faoliyatiga faol jalb etish; - ijodkor iste'dodlarni qobiliyatini aniqlashga ko'maklashish; - yosh oilalar to'g'risida g'amxo'rlikni kuchaytirish, ularning huquqiy va ijtimoiy muhofazasini ta'minlash, sog'lom va mustahkam oila qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish; - o'quvchilar o'rtasida sog'lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularning giyohvandlik, axloqsizlikdan, chetdan kirib keladigan ekstremistik markazlar hamda past saviyalik «ommaviy madaniyat» illatlarining zararli ta'sirlari, tahdididan muhofaza qilish; - «Barkamol avlod yili» Davlat dasturining maqsadi, mazmuni va ahamiyati to'g'risida ommaviy axborot-tushuntirish ishlarini tizimli asosda tashkil etish.


3-mavzu. Prezident I.Karimovning O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida «2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim ustivor yo'nalishlari» va 2010 yil 27 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida qilgan «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimiz» mavzularidagi ma'ruzalaridan kelib chiqadigan vazifalar (2 soat).
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi chuqur tus olgan bir sharoitda o'tgan 2009 yil yakunlarini tanqidiy bahosi. O'tgan yilda ta'lim va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlar. Xalqaro ekspertlar va iqtisodchilarning ayrim umumiy xulosalari va ularning 2010 yilda jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyalari bo'yicha prognozlari. 2010 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim maqsadi va asosiy ustivor vazifalari. Bu vazifalarning ta'lim muassasalarida o'z aksini topishi. Siyosiy partiyalarning mamlakatimiz oliy qonunchilik organi, joylardagi hokimiyat vakillik organlari faoliyatidagi roli va ta'sirining ortib borishi. Fuqorolik jamiyati institutlarini mustahkamlash va rivojlantirish. Qonunchilik palatasi faoliyatida yo'l quyilgan kamchiliklar va uni bartaraf etish yo'llari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan sharoitda iqtisodiyotimizning yanada barqaror rivojlanishini ta'minlash, diversifikatsiya va modernizatsiya qilish. Qonunlarning sifatini oshirishga qaratilgan eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan vazifalar.


4-mavzu. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda muloqot psixologiyasi. Muammoli vaziyatlar va nizolarni bartaraf etish usullari (2 soat).
Muloqot psixologiyasi haqida tushuncha. Shaxslararo munosabat o'rnata olish qobiliyati. Muloqot madaniyati. Attraktsiya. Muammoli vaziyat tushunchasi. Permanent nizolar. Muammolarni avtoritar tarzda bartaraf etishning zarari. Avtoritet omilining o'rni. Rahbarning jamoatchilik e'tiboriga sazovor shaxslar fikriga tayana olish mahorati. Simpatiya va antipatiya omillarining boshqaruvdagi o'rni. Muammolar yechimining vaqt hukmiga qo'yilishi. Nizolarni bartaraf etishdagi yondashuvlar. Nizolarning sinflari. Akademik litsey va kasb-hunar kollej hayotida va shaxsiy munosabatlar asosida yuzaga keluvchi ziddiyatlar. Sog'lom raqobat ruhi. Nizolarni bartaraf etishda integrativ uslublar.


5-mavzu. AL va KHKlarining o'quv me'yoriy hujjatlari, pedagogik kadrlar tarkibi, o'quv-metodik va ilmiy ishlarni tashkil etish (2 soat).
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlari. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimidagi Davlat ta'lim standarti, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan Prezidentning Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim Markazining buyruqlari va boshqa me'yoriy hujjatlari. AL va KHK Nizomi. Pedagogik kadr tarkibining dars berayotgan fanlariga mosligi va salohiyati. AL va KHK rahbari, rahbar o'rinbosarlari, pedagoglarni xizmat vazifalariga Nizomda qo'yilgan talablar. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalaridagi o'qituvchilarning o'quv-metodik va ilmiy ishlarga jalb etishni yo'lga qo'yish. Ilmiy-uslubiy kengash tashkil etish. Ta'lim muammolari, ilmiy-uslubiy yutuqlar va ilg'or tajribalar almashinish. Interfaol darslar uchun o'quv-uslubiy qo'llanma, darsliklar ishlab chiqishga o'qituvchilarni faol jalb etish. Hujjatlarda qo'yilgan talablarni bajarish va ularning mas'uliyati. AL va KHK o'quv jarayonini sifatini nazorat qilish va boshqarish. O'quvchilar davomat ko'rsatkichlari. Dars jadvali. Darslarning me'yoriy-uslubiy ta'minoti. O'zaro darsga kirish. Ochiq darslar. Darslarda axborot va pedagogik texnologiyalarni qo'llash zarurati.


6-mavzu. Ta'lim sifatini baholash (2 soat).
Ta'lim sifatini baholashning maqsadi, vazifalari va dolzarb muammolari. Ta'lim sifatini baholashning tamoyillari. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholashni loyihalashtirish usullari. Ta'lim sifatiga ta'sir qiluvchi omillar. O'zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholashda yo'l qo'yiladigan xatolik va kamchiliklar. Baholash shakllari va metodlari. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash o'quv paketlarini ishlab chiqish


7-mavzu. AL va KHK o'quvchilarini abiturientlikka tayyorlash tizimi. O'quv va ishlab chiqarish amaliyoti hamda uni tashkil etish (2 soat).
O'quvchilarni oliy ta'limga yo'naltirish. O'quvchilarni kasbiy yo'nalganligini taniqlash metodikasi. AL va KHK o'quvchilarini OTMga individual-maqsadli tayyorlash dasturi va uni ishlab chiqish. Dasturni bajarilishini nazorat qilish. O'quvchilarning tanlagan yo'nalishlari bo'yicha kasbiy imtixonlar tashkil etish. O'quvchilarni kompyuter savodxonligi va chet tillarga o'rgatishni tashkil etish. Buyurtmachilarni tanlash va ular bilan amaliyotni o'tkazish bo'yicha shartnomalar tuzish. O'quvchilar amaliyotining uslubiy ta'minoti.


8-mavzu. Buyurtmachilarning KHK tayyorlov yo'nalishlari bitiruvchilariga bo'lgan talablarni o'rganish, aniqlash va «buyurtmalar portfeli»ni shaklantirish (2 soat).
Buyurtmachilar talablarini o'rganish, marketing xizmatlarini olib borish. Buyurtmachilarga ommaviy axborot vositalari orqali bitiruvchilar to'g'risida ma'lumot berish. Ma'lumotlarni buyurtmachilarga yetkazish. «Buyurtmalar portfeli» va uni shaklantirish. Bitiruvchilar bilan ishlash. Bitiruvchilarni taqsimlash va joylashtirishda Nizom talablari. O'quvchilarni ishga taqsimlash. Bitiruvchilar bilan aloqa va ularning faoliyatlarini monitoringini olib borish. Bitiruvchilar haqida fikrlar to'plash va takliflar asosida ta'lim mazmuniga o'zgartirishlar kiritish.


9-mavzu. AL va KHK o'qituvchilarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifati (2 soat).
O'qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash rejasi va uni tuzish. AL va KHK o'qituvchilarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash institut va fakultetlari. Malaka oshirish va qayta tayyorlash rejasini sifatli amalga oshirish va uning samaradorligi. Malaka oshirish va qayta tayyorlashdan olingan natijalari bo'yicha o'quv – uslubiy, kompyuter va multimedia materiallar yaratish. Malaka oshirish va qayta tayyorlashdan olingan natijalarni o'quv jarayoniga qo'llash yo'llari.


10-mavzu. Akademik litsey va kasb-hunar kollejida boshqaruv psixologiyasi (2 soat).
Rahbar shaxsiga qo'yiladigan talablar. Boshqaruv uslublari. Rahbar imidji. Rahbarlik muloqoti va uning bosqichlari. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish. Guruhlar psixologiyasi. Muassasa faoliyatini va xodimlarni boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari. Xodimlar motivatsiyasini boshqarish. Boshqaruv texnologiyalari. Rahbarga qo'yiladigan psixologik talablar. Rasmiy va norasmiy munosabatlar. Shaxsga yo'naltirilgan yondoshuv.


11-mavzu. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ijtimoiy-psixologik xizmatni tashkil etish va boshqarish (2 soat).
Ijtimoiy-psixologik xizmat to'g'risida ma'lumot. Psixologik xizmat maqsad va vazifalari. Ijtimoiy-psixologik xizmatni tashkil etish tamoyillari. Psixologik xizmatni tashkil etish va boshqarish. Ta'lim muassasasidagi ijtimoiy-psixologik xizmatni samaradorligini oshirish uslublari. Talabga javob beradigan mutaxassisni tanlash, mutaxassisga to'g'ri talab qo'yish, unda mehnat faoliyatiga ijobiy hamda ijodiy motivatsiyasini shakllantirish. Ijtimoiy-psixologik xizmatni tashkil etish va boshqarishning asosiy yo'nalishlari.


12-13-mavzu. AL va KHKlarida axborot va kompyuter texnologiyalari, zamonaviy o'qitish shakllari va ularni joriy etish yo'llari (4 soat).
Axborot texnologiyalari: tushuncha va ta'riflar. Kompyuter va uning asosiy qurilmalari vazifasi. Kompyuterning dasturiy ta'minoti. Internet va undan o'quv jarayonida foydalanish yo'llari. Internetdan foydalanib fanga oid qo'shimcha materiallar izlash va ulardan foydalanish. O'qitish shakllari: passiv, faol, interfaol. Ta'lim tizimiga masofali o'qitish shaklini kirib kelishini asoslovchi holatlar. Rivojlangan davlatlarning masofali o'qitishni tashkil etish tajribasi. Masofali o'qitish Megauniversi-tetlari. Masofali o'qitish modellari: yagonalik, ikkilangan, aralash, konsortsium, franchayzing, validatsiya, uzoqlashtirilgan auditoriyalar va loyihalar. Masofali o'qitish texnologiyalari: radiotelevizion, korrespondentlik, keys, tarmoqlik, mobil. Respublika AL va KHKlariga masofali o'qitish shaklini joriy qilishda hal qilinish kerak bo'lgan vazifalar va muammolar. Respublikada masofali o'qitish holati va tajribasi. O'zbekiston va xorijiy davlatlarning portallaridan foydalanib masofali kurslarda o'qish.


14-mavzu. Darsni kuzatish va uni tahlil qilish texnikasi (2 soat).
Darsga kirish va tahlil etish zarurati. Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari. O'qituvchining dasrga tayyorgarligi. Darsning maqsad va vazifalarini qo'yilishi. Tashkiliy ishlar tahlili. Didaktik tahlil. Uslubiy tahlil. Metodologik tahlil. Psixologik tahlil. Pedagogik tahlil. O'qituvchining hamkorlikdagi vazifasi tahlili. Darsni tahlil qilish bo'yicha yordamchi materiallar.


15-mavzu. Iste'dodli o'quvchilar psixologiyasi. Iste'dodli o'quvchilar bilan ishlash (2 soat).
Iste'dod va faoliyat. Ko'p qirrali qobiliyatlar va ehtiyojlarni aniqlash usullari. Iste'dodli o'quvchilar shaxsi, uning irodaviy va hissiy jihatlari. Iste'dod va ruhiy taraqqiyotda chekinishlar, iste'dodning shakliy va mazmuniy tarkibi. Ijodiy iste'dod va shaxs. Iste'dodda individuallik, shaxs daxlsizligi. Jamiyat nazari. Rivojlantiruvchi ta'lim dasturlari. Xalqaro tajribalar. Iste'dodli o'quvchilar psixologiyasi. Iste'dodli o'quvchilar bilan ishlash yo'llari.


16-17-mavzu. Pedagogik jamoa va ota-onalar bilan ishlash (4 soat).
Pedagogik jamoa, ota-onalar va o'quvchilar psixologiyasiga doir bilimlar. Pedagogik jamoa va ota-ona, pedagogik jamoa va o'quvchi, ota-ona va o'quvchilar o'rtasidagi vujudga kelishi mumkin bo'lgan nizolar va ularni yechish yo'llari. Jamoa ruhiyatiga ta'sir etuvchi salbiy omillar va ularning psixologik jihatlarini bartaraf etish usullari. Tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar.


18-mavzu. AL va KHKlarni boshqarishda huquqiy masalalar va ularni tashkil etish yo'llari (2 soat).
AL va KHKlarni boshqarishda qonun ustuvorligi. Ijro intizomini ta'minlash tushunchasi va usullari. AL va KHKlarni boshqarishda qonuniylik va intizomni ta'minlash usullarining turlari. Huquqiy muammolar va ularni hal etish yo'llari. Sudlarda yuritiladigan ishlarning turlari. O'zbekiston Respublikasi sud tizimi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi.


19-mavzu. Yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosini ta'minlash (2 soat).
Vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo'limlarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomi ahvoli monitoringi. Ijro intizomini nazorat qilishga oid hujjatlar. Ijro intizomi monitoringini olib borish tartibi va uni joylarda tadbiq etish yo'llari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ijro intizomi va uni nazorat etish yo'llari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejida ijro intizomi bo'yicha ichki monitoring olib borish.