O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Iste`dod jamg`armasi

Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Masofali o`qitish va tinglovchilarning o`zlashtirish darajasini baholash tartibi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti "Iste`dod" jamg’armasi Boshqaruvi yig’ilishining 2007 yil kungi 11-sonli bayoni bilan tasdiqlangan


Jamg’arma portalida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida masofali o`qitish va tinglovchilarning o`zlashtirish darajasini baholash
T A R T I B I


1. Umumiy Qoidalar
1.1. Jamg’arma portalidagi masofali o`qitish kurslari Jamg’arma boshqaruvi yig’ilishining 2003 yil avgust oyidagi qarori, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga binoan, mamlakatimiz ta`lim tizimida faoliyat yuritayotgan yosh istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida kasbiy mahoratlarini oshirish, ularni ma`naviy barkamolligini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan.
1.2. Mazkur Tartib O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g’risida"gi va "Kadrlar tayyorlash millié dasturi to`g’risida"gi qonunlariga, Jamg’arma Nizomiga va boshqa tegishli qonunchilik xujjatlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan.
1.3. Jamg’arma portalida tashkil etilgan masofali o`qitish kurslari quyidagi ustuvor masalalarni o`z ichiga qamrab oladi:
1.3.1. tinglovchilarning shaxsiy malaka oshirishidagi faollik o`rnini kuchaytirish;
1.3.2. foydalanish imkoniyati erkin bo`lgan ta`lim saytlari va kurslarining hajmini keskin ko`paytirish;
1.3.3. o`quv jarayonini interfaol mashg’ulot shakllari, mul'timedia o`qitish vosita(dastur)laridan foydalanib, samarali tashkil etish;
1.3.4. tinglovchilarning mustaqil ta`lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning olgan bilimlarini joylarda targ’ib qilinishini ta`minlashga ko`maklashish;
1.3.5. tinglovchilarni portaldagi kurslarni o`qiyotganliklari va qay darajada o`zlashtirilayotganliklarini nazorat qilib borish.
2. Masofali malaka oshirish kurslarini tashkil etishning maqsadi va uni o`tkazish bosqichlari
2.1. Jamg’arma portalida tashkil etilgan masofali malaka oshirish kurslarining dasturi Jamg’arma Boshqaruvi qarori asosida tasdiqlanadi;
2.2. "Iste`dod" jamg’armasi portalida masofali o`qitishni tashkil etishdan ko`zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
2.2.1. zamonaviy komp'yuter asosidagi o`qitish texnologiyasini takomillashtirish;
2.2.2. Jamg’armaning axborot ta`lim muhitini yaratish;
2.2.3. ta`lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat ko`rsatayotgan yosh istiqbolli pedagog va ilmiy xodimlar (shu jumladan, boshqa xohlovchilar)ga maxsus kurslar bo`yicha masofali malaka oshirish imkoniyatini yaratib berish;
2.3. Jamg’arma portalida tashkil etilgan masofali kurslar ochiq ta`lim tizimi shaklidagi o`qish turi hisoblanadi. Kurslar mazmun jihatidan oliy ma`lumotli tinglovchilar uchun mo`ljallangan, ularda o`qish bepul ravishda amalga oshiriladi. Har bir kurs bo`yicha alohida dastur tuzilib, unda foydalanuvchilarning ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan zaruriy talablar ko`rsatiladi;
2.4. Jamg’arma portalidagi masofali kurslar o`zbek, rus va ingliz tillarida tashkil etilishi mumkin;
2.5. Jamg’arma portalidagi masofali o`qitish kurslari qo`yidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
2.5.1. masofali malaka oshirish kurslarida o`qish istagini bildirgan tinglovchilar Jamg’arma portalida login va parolga ega bo`lib, maxsus ro`yxatidan o`tish;
2.5.2. malaka oshirishni tashkil etish va tinglovchilarning bilimlarini joriy attestatsiya qilish;
2.5.3. tinglovchilarning kurs doirasida o`zlashtirganlik darajasini yakuniy attestatsiyadan o`tkazish;
2.5.4. tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasidagi bilim, ko`nikma va malakalarini test sinovi (yoki suhbat) asosida aniqlash;
2.5.5. kurslarni tugatgan tinglovchilarga Jamg’armaning tegishli tartibdagi sertifikatining asl nusxasini taqdim etish;
2.5.6. sertifikatning asl nusxasini olgan tinglovchilar uchun Jamg’arma tomonidan imtiyozlar yaratish.
3. Jamg’arma portalining maxsus ro`yxatidan o`tish tartibi
3.1. Masofali kurslarda o`qish uchun internet brauzeri yordamida "Iste`dod" jamg’armasi saytiga kiriladi, sahifada namoyon bo`lgan menyudan "Masofali talim" bo`limiga kiriladi;
3.2. Jamg’arma portalining maxsus ro`yxatidan o`tish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
3.2.1. masofali ta`lim sahifasidan "Ro'yxatdan o'tish" bo`limiga kiriladi va tinglovchi o`zi haqidagi to`liq ma`lumotlarni tegishli joylarda ifoda etadi. Belgilangan tartibdagi barcha ma`lumotlar kiritilganidan so`ng tinglovchiga tizimda akkaunt yaratiladi;
3.2.2. tinglovchi o`z akkauntini faollashtirishi uchun ro`yxatdan o`tish jarayonida ko`rsatgan elektron pochtasiga jo`natilgan gipermurojatni faollashtiradi;
3.2.3. tinglovchi ro`yxatdan o`tish bo`limida tanlagan login va parol yordamida tizimga kirish imkoniyatiga ega bo`ladi.
4. Masofali kurslarda malaka oshirish tartibi
4.1. Tanlangan login va parol yordamida "Masofali talim" tizimiga kiriladi va tegishli kurs tanlanib, "Kursga yozilish" tugmasi orqali kursga yoziladi;
4.2. Kurslar ro`yxatini ko`rsatuvchi "Reyting daftarchasi" bo`limidagi mavzularni o`qish và joriy attestatsiyani o`tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
4.2.1. birinchi mavzuga mo`ljallangan barcha sahifalar o`qiladi va mavzuga mo`ljallangan testlar topshiriladi;
4.2.2. mavzuga mo`ljallangan joriy nazorat testlari muvaffaqiyatli topshirilgan (o`zlashtiriø darajasi 75 va undan yuqori foiz)dan so`ng navbatdagi mavzuga o`tishga ruxsat beriladi;
4.2.3. joriy nazorat testlari natijasiga ko`ra o`zlashtirish darajasi 75 foizdan kam bo`lgan taqdirda navbatdagi mavzuni o`qish va undan test topshiriqlarini bajarishga ruxsat berilmaydi;
4.3. Kursga mo`ljallangan barcha mavzular muvaffaqiyatli topshirilgandan so`ng, komp'yuter joriy attestatsiyadan olgan jami ballarni umumiy ro`yxatga joylashtiradi va kurs bo`yicha yakuniy imtihon topshirishga rusxat beriladi.
5. Yakuniy nazorat attestatsiyasidan o`tkazish va sertifikat berish tartibi
5.1. Masofali kurslarda o`qigan tinglovchilarni yakuniy attestatsiya (test sinovi)dan o`tkazishninã maqsadi tinglovchining kurslarni haqqoniy o`zlashtirganlik darajasini aniqlash bilan belgilanadi;
5.2. Barcha oraliq testlarni o`tib, yakuniy test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga elektron ko`rinishdagi sertifikat taqdim etiladi. Ushbu sertifikatni "Diplomlar" bo`limidagi "ko'rish" tugmasi yordamida ko`rish mumkin;
5.3. Masofali malaka oshirish kurslari bo`yicha tegishli elektron sertifikatga ega bo`lgan tinglovchilar Jamg’arma bazasida belgilangan tartibda ko`shimcha test sinovlarini topshirib, 75 va undan yuqori foiz ballga erishgan taqdirda ularga asl nusxadagi Jamg’arma sertifikati topshiriladi;
5.4. Masofali kurslardagi yakuniy test sinovlarini eksternat tartibda topshirgan tinglovchilar qo`shimcha test sinovlariga kiritilmaydilar.
6. Jamg’arma sertifikatining asl nusxasini taqdim etish va rag’batlantirish tizimi
6.1. Masofali kurslarni muvaffaqiyatli tugatib, Jamg’arma bazasida tashkil etilgan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tgan (o`zlashtirish natijasi 75 foiz va undan yuqorilari) tinglovchilarga Jamg’armaning kunduzgi maqsadli malaka oshirish kurslari sertifikatlariga tenglashtirilgan ko`rinishdagi añë nusxadagi Jamg’arma sertifikati taqdim etiladi;
6.2. Jamg’arma bazasida tashkil etilgan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tgan tinglovchilarga sariq rangli qog’ozda asl nusxadagi Jamg’arma sertifikati taqdim etiladi;
6.3. Jamg’armada tashkil etilgan test sinovlaridan o`zlashtirish natijasiga ko`ra sertifikat olmagan tinglovchilar uchun Markaz direktori tomonidan test sinovlarini qayta topshirish imkoniyati 6 oy mobaynida 1 marotaba beriladi;
6.4. Jamg’arma sertifikatining asl nusxasini olgan tinglovchilar Jamg’armada o`rnatilgan tartib doirasida tegishli imtiyozlarga ega bo`ladi.
7. Jamg’arma sertifikatining asl nusxasini olgan tinglovchilar uchun mavjud imtiyozlar
7.1. Masofali malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli o`zlashtirib, bitta sertifikatiga ega bo`lgan tinglovchilar rivojlangan mamlakatlarning etakchi ta`lim muassasalari va ilmiy markazlarida malaka oshirish uchun Jamg’arma tomonidan e`lon qilingan grant sovrindorlari tanlovida qatnashishi mumkin va u boshqa talabgor bilan bir xil natijaga erishgan taqdirda ustunlikka ega bo`ladi;
7.2. Ikkita sertifikat olgan tinglovchilar Jamg’armaning grant sovrindorlari tanlovining ikkinchi bosqichida o`tkaziladigan suhbatdan ozod qilinadi;
7.3. Maqsadli malaka oshirish kurslarining uchta sertifikatiga ega bo`lgan tinglovchilar Jamg’armaning grant sovrindorlari ro`yxatiga kiritilib, guruh tarkibida rivojlangan xorijiy mamlakatlarning etakchi ta`lim muassasalari va ilmiy markazlarida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
7.4. Masofali malaka oshirish kurslarini (kamida 144 soat) muvaffaqiyatli tugatgan ta`lim muassasalari pedagog kadrlariga berilgan Jamg’arma sertifikatining asl nusxalari tegishli vazirliklar tomonidan tan olinadi va bu pedagog 3 yildan keyin navbatdagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kursida o`tishi mumkin.



Kelishilgan:
O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
O`rta maxsus va kasb-hunar ta`lim markazi
Xalq ta`lim vazirligi